Mamlakatimiz siyosiy hayotida o’tgan yil davomida amalga oshirilgan ishlar, joriy yil va kelgusi yillarga mo’ljallangan ustivor yo’nalishlarning dasturiy ma’ruzasini o’z ichiga olgan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisiga navbatdagi Murojaatnomasida 2020-yil yurtimizda “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”, deb e’lon qildi.
Yurtboshimiz “ - O’zbekistonni rivojlangan mamlakatga aylantirishni maqsad qilib qo’ygan ekanmiz, bunga faqat jadal islohotlar, ilm-ma’rifat va innovatsiya bilan erisha olamiz. Buning uchun, avvalambor, tashabbuskor islohotchi bo’lib maydonga chiqadigan, strategik fikr yuritadigan, bilimli va malakali yangi avlod kadrlarini tarbiyalashimiz zarur” deya biz yoshlarga katta ishonch va umid bildirdi. Ilm-ma’rifat, yuksak mahnaviyat kerakligini va ilm yo’q joyda qoloqlik, jaholat va albatta, to’g’ri yo’ldan adashish bo’ladi deya ta’kidladi.
Shu sababli hammamiz uchun zamonaviy bilimlarni o’zlashtirish, chinakam ma’rifat va yuksak madaniyat egasi bo’lish uzluksiz hayotiy ehtiyojga aylanishi kerakligini tushuntirdi. Mamlakatimizda ilm-fanni yanada ravnaq toptirish, yoshlarni chuqur bilim, yuksak ma’naviyat va madaniyat egasi etib tarbiyalash yuzasidan quyidagi islohotlarni amalga oshirishini ko’zda tutdi.
Endilikda oliy ma’lumot olaman, o’z ustimda ishlab, ilmli bo’laman, degan, yuragida o’ti bor, jo’shqin yoshlarimizning tahsil olishi uchun hamma qulayliklar yaratiladi. Shuningdek, maktab bitiruvchilarini oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasini 2020-yilda kamid 25 foizga va kelgusida 50-60 foizga yetkaziladi. Bu borada oliy ta’lim qamrovini oshirish to’lov kontraktiga bog’liq bo’lib qolmasligini hisobga olib, oliy o’quv yurtlariga talabalar qabul qilish davlat grantlarini 2 barobar ko’paytirilishi ayniqsa abiturientlar va ularning ota onalariga katta xushxabar bo’ldi.
Bundan tashqari qizlar uchun alohida grantlar ham ajratilishi belgilandi. Xotin-qizlar qo’mitasiga ushbu grantlar asosida o’qitishga nomzodlarni tanlash va saralash mezonlarini ishlab chiqishi bo’yicha ko’rsatmalar berildi. Oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarini ham optimallashtirish zarurligini ta’kidlandi. Bu borada asosiy e’tiborni o’qishga kirish jarayonlarini soddalashtirish, ona tili bo’yicha bilimni baholashning milliy test tizimini yaratish, yoshlar istalgan vaqtda imtihon topshirib, tegishli guvohnoma olsa, oliy o’quv yurtiga o’qishga kirayotgan paytda ona tili bo’yicha qayta sinovdan o’tishga hech qanday ehtiyoj qolmaydi deb ta’kidladi.
Oliy ta’lim standartlari xorijiy tajriba asosida takomillashtirish, ta’lim yo’nalishlari va o’qitiladigan fanlarni qayta ko’rib chiqish, mutaxassislikka aloqasi bo’lmagan fanlar soni 2 barobar qisqartirilishi talabalar uchun haqli takliflaridan biri bo’ldi.
Joriy yildan pedagogik ta’limning 6 ta yo’nalishi (Musiqa ta’limi, Jismoniy madaniyat, Texnologik ta’lim, Chaqiriqqacha xarbiy ta’lim, Tasviriy san’at, Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim) bo’yicha o’qish muddati 3 yil qilib belgilandi. Ilm-fanning bir nechta ustuvor yo’nalishini shu yilning o’zida rivojlantirish maqsadida matematika, kimyo-biologiya, geologiya kabi yo’nalishlarda fundamental va amaliy tadqiqotlar faollashtirilib, olimlarga barcha shart-sharoitlar yaratib berilishi shu soha vakillari va talaba yoshlarning kelgusidagi tadqiqotlarini mamnuniyat bilan amalga oshirishga asos bo’ldi.
Shuningdek, har bir oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot dargohi nufuzli chet el universitetlari va ilmiy markazlari bilan hamkorlikni yo’lga qo’yishi zarurligi haqida ta’kidladi. Shu o’rinda bizning Andijon davlat universiteti ham bugungi kunda Rossiya, Janubiy Koreya, Xitoy, Germaniya va boshqa yetakchi xorijiy mamlakatlarning nufuzli universitetlari bilan keng hamkorlikni yo’lga qo’ygan bo’lib, talabalarning ta’lim olishi uchun barcha shart-sharoitlar yetarli. Buning amaliy ifodasi sifatida joriy yilda men ham Biologiya yo’nalishi bo’yicha amaliy tajriba orttirish uchun Janubiy Koreyaga borib o’qishim rejalashtirildi. Bu kabi imkoniyatlar biz talaba yoshlarni yanada chuqur bilim olishimizga va albatta vatanimiz ravnaqiga munosib hissa qo’shishimizga ishonchni anglatadi. Zero jamiyatimizda oliy ma’lumotga ega, yuksak malakali mutaxassislar qancha ko’p bo’lsa, rivojlanish shuncha tez va samarali bo’ladi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI