Andijon Davlat
Universiteti
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI TALABALARI TUMAN VA SHAHAR HOKIMI LAVOZIMIGA TAYINLANDILAR
2020-01-27    4240

Prezidentimiz qator ma’ruzalarida 2020-yil yoshlar siyosatida burilish bo’lishi haqida aytib o’tdi. Andijon viloyatida ham bu borada qator ishlar amalga oshirilmoqda. Viloyatimizda "Kelajak bugundan boshlanadi, biz yoshlarimizga ishonamiz!" shiori ostida "Andijonda yoshlar o‘n kunligi" o‘tkazilmoqda. Loyiha doirasida yoshlarni jamiyatdagi o’rnini oshirish, ularni g’oya va tashabbuslarini qo’llab-quvvatlash, kelajak egalarini rahbarlikka amaliy jihatdan tayyorlash maqsadida 16 nafar iqtidorli yoshlar viloyatning barcha tuman va shaharlariga o‘n kun muddatga hokim vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. Shuningdek, viloyat hokimining barcha o'rinbosarlari o'rniga ham yoshlar tayinlandi.

Ahamiyatlisi ularning safida 8 nafar Andijon davlat universiteti talabalari ham bor. Quyida ular bilan tanishtirib o’tamiz.

Viloyat hokimining investitsiyalar va tashqi savdo masalalari bo’yicha o’rinbosari v.v.b. Sobirjonov Shoxruxbek Shavkatjon o’g’li 

Xonobod shahar hokimi v.v.b: Qobiljonov Ulug‘bek Nodirjon o‘g‘li

Xonobod shahar hokimi v.v.b: Qobiljonov Ulug‘bek Nodirjon o‘g‘li. Filologiya va tillarni o'qitish: nemis tili ta'lim yo'nalishi ikkinchi bosqich talabasi.

Andijon tumani hokimi v.v.b: Olimov Omadbek Odiljon o‘g‘li

Andijon tumani hokimi v.v.b: Olimov Omadbek Odiljon o‘g‘li. Jismoniy tarbiya va sport mashg'ulotlari nazariyasi va metodikasi mutaxassisligi magistranti

Buloqboshi tumani hokimi v.v.b: Tursunov Olimbek Furqat o‘g‘li

Buloqboshi tumani hokimi v.v.b: Tursunov Olimbek Furqat o‘g‘li. Mexanika yo'nalishi 2-bosqich talabasi.

Bo'ston (Bo‘z) tumani hokimi v.v.b: Qodirov Doston To‘lqinbek o‘g‘li

Bo'ston (Bo‘z) tumani hokimi v.v.b: Qodirov Doston To‘lqinbek o‘g‘li. Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi yo'nalishi 3-bosqich talabasi.

Izboskan tumani hokimi v.v.b: Sharipov Islombek Sobitjonovich

Izboskan tumani hokimi v.v.b: Sharipov Islombek Sobitjonovich

Paxtaobod tumani hokimi v.v.b: Nodirbekov Furqatbek Umarjon o‘g‘li

Paxtaobod tumani hokimi v.v.b: Nodirbekov Furqatbek Umarjon o‘g‘li. Milliy g'oya, ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi yo'nalishi 3-bosqich talabasi.

Xo‘jaobod tumani hokimi v.v.b: Ahmadjonov To‘lqinbek Akromjon o‘g‘li

Xo‘jaobod tumani hokimi v.v.b: Ahmadjonov To‘lqinbek Akromjon o‘g‘li. Milliy g'oya, ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi yo'nalishi 4-bosqich talabasi. 

Yangi hokimlar faollarga tanishtirilib, yig‘ilishdan so‘ng o‘z xizmat mashinalarida tuman va shaharlarga jo‘nab ketdilar. Kun tartibida bugun tashkiliy kun. Hokimlarga tashkiliy-nazorat guruhi tomonidan boshlang‘ich ish rejalar topshirildi.  

Ma’lumot o’rnida, viloyat hokimining barcha o‘rinbosarlari, tuman va shahar hokimlari joriy yilning 27-yanvaridan boshlab 10 kun davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasida tahsil olishadi. Siyosiy o‘qish munosabati bilan ayni muddat ichida ularning o‘rnini tajriba tariqasida iqtidorli, ko‘zga ko‘ringan yoshlar egallab turishadi.

Yuqorida nomlari keltirilgan talabalar orasida universitetimiz Axborot xizmatining ikki nafar xodimi: Nodirbekov Furqatbek va Qodirov Dostonbeklarning borligi bizni juda xursand qildi. Talabalarimizga ushbu ishda omad tilab qolamiz.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.