Andijon Davlat
Universiteti
KORRUPSIYANI OLDINI OLISH MAVZUSIDA PROFESSOR-O’QITUVCHILAR UCHUN SEMINARLAR TASHKIL ETILMOQDA
2020-01-23    2718

Joriy yilning 18-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuroturasida Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha Idoralararo komissiyasining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Videoselektor shaklida o’tkazilgan yig’ilishda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida korrupsion holatlar va ularga qarshi kurash masalasi muhokama qilindi va istiqboldagi muhim vazifalar belgilandi.

Ushbu o‘tkazilgan yig‘ilishdan kelib chiqib, Andijon davlat universitetida ham korrupsiyaga qarshi kurashning yangicha tizimini joriy etish masalasi muhokama qilindi va bu bo’yicha qator chora-tadbirlar belgilandi. Xususan, yig’ilishda yetuk mutaxassislarni jalb qilgan holda barcha fakultetlar professor-o’qituvchilari uchun tushuntirish ishlari olib boorish ko’zda tutilgan. Kuni kecha universitetning Pedagogika, Maktabgacha ta’lim va San’atshunoslik fakultetlari professor-o’qituvchilari hamda Devonxona va arxiv bo'limi hodimlari uchun Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi bilan hamkorlikda tadbir tashkil etildi. Unda markazning Qonunchilik texnikasi va korrupsiyaga qarshi kurash ekspertizasi kafedrasi mudiri, yuridik fanlar doktori Boboqul Toshev hamda markazning Jinoyat huquqiy fanlar kafedrasi dotsenti Rafiq Shakurovlar korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashning eng muhim jihatlariga ishtirokchilarni e’tiborini tortishdi, bu bo’yicha muhim mexanizmlar haqida o’z fikrlari bilan o’rtoqlashdilar.

Xususan, professor Boboqul Toshev oliy ta’lim tizimidagi korrupsion holatlarni sodir bo’lishida shaxsiy va aralash sabablardan ko’ra tizimiy sabablar ko’p ekani va shuning uchun bugun bu masala juda ham avj olganini aniq dalillar bilan ko’rsatib berdi. Professor o’z so’zida ushbu sohada xalqaro va milliy qonunchiligimizning muhim jihatlarini tushuntirdi va so’zini davom ettirib quyidagi fikrlarni ilgari surdi “biz buyurtma bajaruvchimiz, bu jarayonda buyurtmachilar talablarini bajarishimiz lozim. Qo’shimcha imtihonlarni kamaytirish kerak, to’siqlar qancha ko’p bo’lsa korrupsiyaga yo’l shuncha ko’p bo’ladi. Bundan tashqari pora oluvchilar bilan shug’ullanishdan tashqari, beruvchilarchi? Bu holatda jazolashlardan tashqari ijtimoiy sanksiyalardan foydalanmas ekanmiz bu holatni kamaytira olmaymiz.”

Muloqot davomida dotsenti Rafiq Shakurov ham so’zga chiqib, o’z fikr-mulohazalari bilan o’rtoqlashdi.  Yig’ilish davomida korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurash faqatgina davlat tuzilmalarining emas, barchaning vazifasi ekanligi aytilib, odamlar o’zgarmas ekan har qanday qonun va qattiq javobgarlik buni kamaytirmasligi aytib o’tildi. Uchrashuv har tomonlama foydali va samarali o’tdi.

Shuni aytib lozimki, universitetda korrupsion holatni oldini olish va unga qarshi kurashishda yangicha tizimga o‘tilishi belgilandi. Barcha bo‘lim va kafedralar bu bo‘yicha o‘z dasturini ishlab chiqadi. Nazorat turlarini o‘tkazishga axborot texnologiyalarini keng jalb qilinadi, imtihonlarni kollegial tarzda olishga, jamoatchilik nazorati turlarini qo‘llashga o‘tiladi. Jumladan, endi talabalar professor-o‘qituvchilar tomonidan ta’magirlik, poraxo‘rlik holatlariga duch kelsa, @anddu_rektori_bot orqali Andijon davlat universiteti rektoriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilish imkoniyati yaratildi.

 

 

 

 

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.