Andijon Davlat
Universiteti
VILOYAT HOKIMI O’RINBOSARI PROFESSOR-O’QITUVCHILAR VA TALABALAR BILAN UCHRASHDI
2020-01-21    2986

Joriy yilning 20-21 yanvar kunlari Andijon viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Shukurov O‘tkir Ilxamovich Andijon davlat universitetiga tashrif buyurdi.

O‘.Shukurov tashrif davomida universitetning yetakchi professor-o‘qituvchilari va iqtidorli talabalari bilan uchrashib, xalq ta’limi tizimidagi mavjud muammolarning hal etish yo‘llari bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvning dastlabki kuni hokim o'rinbosari ishtirokchilarga ko'tarilgan masala yuzasidan aniq taklif va uni amalga oshirish uchun mexanizmlarni ishlab chiqishlarini iltimos qildi va kelasi kungi uchrashuv erkin ruhda tashkil etilishi maqsadga muvofiq bo'lishini bildirdi. 

Uchrashuv davomida O‘.Shukurov masalaning eng dolzarb jihatlarini aytib, xalq ta’limi tizimida mavjud muammolar, ularning sabablarini aniqlash, ularni yechish bo‘yicha aniq amaliy takliflar tayyorlash lozimligini tushuntirdi. Unda akademik S.Zaynobiddinov, professor A.Zaynabidinov, talabalardan G.Zohidova, D.Olimjonova va boshqalar aniq takliflari bilan ishtirok etdilar.

Ishtirokchilar o‘zlarining takliflarini asoslab beruvchi mulohazalarini bildirib, amalga oshirish mexanizmlarini asoslab ko‘rsatib berdilar.Muloqot davmida istiqbolda amalga oshiriladigan ishlar rejalashtirib olindi.

Uchrashuv noan’anaviy tarzda, erkin va pragmatik ruhda kechdi. Muloqot yakunida bunday uchrashuvlarni doimiy ravishda o‘tkazib turishga kelishib olindi.    

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.