2020 yilda mamlakatimizda yoshlar siyosatida tub burilish bo‘lishi aytilmoqda. Turli darajadagi rahbarlar o‘z faoliyatlarida yoshlarga aloxida e’tibor ko‘rsatishni, ularni muammolarini o‘rganib, bartaraf etishni asosiy me’zonga aylantirmoqdalar. Bu borada yoshlar bilan uchrashuvlarni tashkil etish, birinchi navbatda ularni ish bilan ta’minlash, ularga munosib mehnat sharoitlarini yaratish eng muhim masaladir.
Bugun, 18-yanvar kuni Qo‘rg‘ontepa tumani hokimi Ergashev Avazxon Yakubjonovich Andijon davlat universitetida tahsil olayotgan qo‘rg‘ontepalik talabalar bilan uchrashdi. Uchrashuvda universitetda o‘qiyotgan barcha yo‘nalishlardagi qo‘rg‘ontepalik talabalar, Qo‘rg‘ontepa tumani xalq ta’limi bo‘limi mudiri va tuman miqyosidagi boshqa rahbar xodimlar ishtirok etdilar.
Uchrashuvda tuman hokimi talabalarga murojaat qilib, hozir ularining ta’lim oladigan, kerakli ko‘nikma va malakalarini shakllantiradigan davr ekanini, bundan unumli foydalanish lozim ekanini, ularni oldida muammolar paydo bo‘lsa tuman hokimi vakolatlari doirasida yechib berishini bildirdi.
Shundan so‘ng talabalar tuman hokimi va boshqa rahbar xodimlariga o‘zlarini qiynayotgan muammolarni aytib o‘tdilar. Bitiruvchi bosqich talabalari esa ishga joylashish bo‘yicha murojaat qildilar. Muloqot davomida talabalar tomonidan murojaatlar tahlil qilinib, tegishli javobdlar berildi.
Uchrashuv juda foydali va samarali o‘tdi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI