Andijon Davlat
Universiteti
YOSHLAR O‘RTASIDA JINOYATCHILIK VA HUQUQBUZARLIKLARNI OLDINI OLISH DOLZARB MASALA
2020-01-17    6866

Kuni kecha, 16-yanvar kuni universitetimizda “Yoshlar va OTM talabalari o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi. Ochiq muloqotda Andijon shahar IIB xodimlari – M.Xusanov, H.Rahimov, M.Hasanov hamda universitetning 320 nafar professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlari ishtirok etdi.

Tadbirni yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor A’zamjon Hamraqulov ochib, davlatimiz rahbarining “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoni yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar va jinoyatchiliklarning oldini olishda muhim qadam bo‘lganini ta’kidlab o‘tar ekan, qarorda yosh avlodning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishga doir sa’y-harakatlar samaradorligini takomillashtirish, yoshlarni zararli axborotlardan himoya qilish bo‘yicha mustahkam immunitetni shakllantirish masalalariga e’tibor qaratilganini tushuntirdi. Shundan so‘ng Andijon viloyati IIB boshliq o‘rinbosari, polkovnik Abdulhaqov Yahyo Artiqboevich o‘z nutqi davomida talabalarga jamiyatda huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi kurashishda eng muhim jihatlarni tushuntirib o‘tdi.

Suhbat davomida Andijon viloyati IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik Ma’mirjonov Mirzohid Ma’mirjonovich so‘zga chiqib, “Firibgarlik”, “O‘zgalar mulkini o‘g‘irlash”, “O‘zlashtirish yo‘li bilan talon-taroj qilish”, “Diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa ta’qiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish”, “O‘z joniga suiqasd qilish”, “Qasddan odam o‘ldirish”, “Qonunga xilof ravishda chet elga chiqish yoki O‘zbekiston Respublikasiga kirish”, “Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish”, “Taqiqlangan o‘simlik yetishtirish” va shu kabi holatlar bo‘yicha sodir etilgan jinoyatlar va qonunbuzarliklar to‘g‘risida talabalarga aniq faktlar asosida to‘liq ma’lumotlar berib o‘tdi.

Andijon viloyati IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi xodimi, podpolkovnik Mo‘minov Eldorbek Abdusamatovich esa mazkur profilaktik tadbir talaba-yoshlarni turli yot g‘oyalar ta’siridan asrash, ularda “ommaviy madaniyat”ga qarshi immunitetni mustahkamlash, yoshlar orasida jinoyatchilikning oldini olishda tarbiya va xarakterning uzviy bog‘liqligi, har qanday salbiy xarakter ildiz otmasligi uchun zudlik bilan korreksion tarbiyaviy ishlarni olib borish zarurligini tushuntirdi.

“Yoshlar va OTM talabalari o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish” mavzusida IIB xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan profilaktik tadbirda ishtirok etgan talabalar mamlakatimizda yosh avlodni barkamol voyaga yetishi uchun yaratilayotgan sharoitlardan unumli foydalanib, jinoyatchilik va huquqbuzarlik holatlariga birgalikda kurashish zarurligini anglab yetganliklarini ifodaladilar. Ko‘tarilgan masalalar yuzasidan talabalar o‘z mustaqil fikr-mulohazalari bildirib, o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat etdilar.

Tadbirda IIB xodimlari tomonidan taqdim etilgan yoshlarda jinoyatchilik va huquqbuzarlikka qarshi immunitetni shakllantirishga qaratilgan videorolik namoyishi barchada katta taassurot qoldirdi.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.