Andijon Davlat
Universiteti
VATANPARVARLIK – MILLIY YUKSALISH KAFOLATI
2020-01-15    2832

Bugun, 15-yanvar kuni Andijon davlat universiteti katta majlislar zalida Tarix fakulteti tashabbusi bilan 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni hamda O’zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganining 28 yilligiga bag’ishlab bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda universitet talabalari va professor o’qituvchilari, Andijon viloyati madaniyat boshqarmasi boshlig’i M.Sattarova, 45605-sonli harbiy qism komandiri Zafarbek Ahmedov, Bobur nomidagi Andijon viloyati drama teatri aktyorlari ishtirok etdilar.

Badiiy kechani universitet rektori Akramjon Yuldashev ochib, bugungi kungi hayotimizning tinch-osoyishta, hotirjam o’tishida aynan milliy armiyamizning xizmat katta ekanligini aytib o’tdi. Millatimiz tarixida o’tgan vatan posbonlari hayotidan misollar keltirib o’tgan A.Yuldashev, yoshlarni ham vatan taqdiriga befarq bo’lmaslikka, unga nisbatan bo’ladigan har qanday hurujlardan asrashga da’vat qildi.

Shundan so’ng tadbirning badiiy qismiga start berildi. Tarix fakulteti Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish va boshqarish hamda Ijtimoiy madaniy faoliyat yo’nalishi talabalari tomonidan tayyorlangan badiiy dasturlarini taqdim etdilar. Dastlab talaba qizlar tomonidan tayyorlangan askarlikka bag’ishlov raqsi barchaga ko’tarinki kayfiyat baxsh etdi.

Shundan so’ng vatanparvarlikni targ’ib etuvchi, yoshlarda vatanni sevishga, unga bo’ladigan har qanday tajovuzlardan asrashga chorlovchi sahna ko’rinishlari namoyish etildi. Vatanni sotmagani uchun jonidan ajralgan askar qismati, onaning “vatanni himoya qilib jon bergan farzand uchun yig’lanmaydi, yig’lamanglar mening bolam o’z onasi uchun o’zini fido qildi, boshingizni baland tuting, akangizdan faxrlaning” deya aytgan gaplari barcha ishtirokchilarni to’lqinlantirib yubordi.

Dastur davomida 45605-sonli harbiy qism orkestrining vatanni madh etuvchi, uni asrab-avaylashga chaqiruvchi harbiy qo’shiqlar, “Onamga xat” qo’shig’ining teatrlashtirilgan ko’rinishlari barchada ajoyib kayfiyat, vatanparvarlik, milliy g’urur, ota-onaga, vatanga muhabbatni tarannum etdi.

Tadbir yakunida tashkilotchilar va tashrif buyurgan mehmonlarga universitet kasaba uyushma qo'mitasi raisi Mirzabahrom Botirov tomonidan 40 dan ortiq badiiy adabiyotlar to'plami taqdim etildi.

Ushbu tadbir barcha ishtirokchilarda katta taassurotlar, jo’shqinlik, ona vatanga mehr-muhabbat tuyg’ularini bera oldi.       

 

 

Zokirova Shahnoza
Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish va boshqarish yo’nalishi talabasi
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.