Andijon Davlat
Universiteti
MAMLAKATIMIZ YEVROOSIYO IQTISODIY ITTIFOQIGA QO‘SHILISHI LOZIMMI?
2020-01-09    2600

Bugun, 9-yanvar kuni Andijon davlat universitetida O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi hodimlari ishtirokida seminar tashkil etildi.

Seminar “O‘zbekiston Respublikasining Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo bo‘lishi iqtisodiyot tarmoqlariga ta’sirini baholash” mavzusiga bag‘ishlanib, unda markaz hodimlaridan Yuriy Qutbiddinov hamda Nozimjon Ortiqov, professor-o‘qituvchilar, 50 dan ortiq talaba yoshlar ishtirok etdilar.

Dastlab markaz xodimlari tomonidan ushbu ittifoq haqida umumiy ma’lumotlar berib o‘tildi. Shundan so‘ng markaz tadqiqotchisi N.Ortiqov tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo bo‘lishi iqtisodiyot tarmoqlariga ta’sirini baholash” mavzusida taqdimot o‘tkazilib, unda ushbu ittifoqqa mamlakatimiz qo‘shilishi uchun bir nechta muhim faktorlarni ko‘rsatish barobarida ittifoqqa a’zolik keltirib chiqaradigan muhim muammolar ham ko‘rsatib o‘tildi.

Xususan, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini eksport qilishda mavjud muammolarning barham topishi, chegaralardagi ushlab qolishlar, transport va logistikaning narxlarining tushishi, mahsulotlarimizni sotish uchun 150 mln. iste’molchiga bozorga chiqish imkoniyati, import tovarlari narhining arzonlashuvi kabi ijobiy holatlar bilan birga, milliy iqtisodiyotimiz jumladan sanoat mahsulotlarimizning jiddiy raqobatga dosh bera olmaslik holati vujudga kelishi mumkinligi, ittifoqqa a’zolik Jahon savdo tashkilotiga a’zolikni ortga surib yuborishi, G‘arb davlatlari bilan integratsiyani so‘roq ostiga qo‘yishi kabi muammolar ham mavjud ekani ko‘rsatib o‘tildi.

Shundan so‘ng seminar o‘z ishini ko‘rib chiqilayotgan masala yuzasidan markaz xodimlari, professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasidagi baxs-munozaralar boy debat shaklida davom ettirdi. Professor-o‘qituvchilar va talabalar tomonidan “Ittifoqqa qo‘shilish mamlakatimizga importni ko‘paytirib, YaIMni kamayishiga tahdid solishi mumkinmi?”, “inflyatsiya darajasiga qanday ta’sir etishi mumkin?”, “Ittifoq keyinchalik yagona valyutani taklif qilmaydimi?” kabi muhim savollari bilan ma’ruzachilarga murojaat qildilar va kerakli javoblar oldilar.

Baxs-munozaralar ochiq va pragmatik ruhda kechdi, umumiy xulosalarga kelindi. Ushbu masala yuzasidan o‘tkazilgan seminar ishtirokchilarga ko‘plab muhim ma’lumotlar olishga va xulosalar chiqarishga amaliy yordam berdi.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.