
Universiteti

AZIMOVA ZIYODA ERGASHEVNA
Fakultet dekani, pedagogika fanlari doktori.
Telefon:
E-pochta: ziyodaxon@mail.ru
Qabul kunlari: har kuni
Fakultet dekani biografiyasi:
- 1994 - 1999 yy. - Andijon shahar 15-maktab oʻqituvchisi
- 1999 - 2004 yy. - Andijon maishiy kasb-hunar kolleji oʻqituvchisi
- 2004 - 2010 yy. - Andijon davlat universiteti pedagogika kafedrasi assistenti
- 2010 - 2012 yy. - Andijan davlat universiteti pedagogika kafedrasi katta oʻqituvchisi
- 2012 - 2014 yy. - Andijon davlat universiteti pedagogika kafedrasi kafedra mudiri
- 2014 - 2015 yy. - Andijon davlat universiteti boshlangʻiyach va maktabgacha taʼlim fakulteti dekani
- 2015 - 2019 yy. - Andijan davlat universiteti Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi direktori
- 2019 - h.v. - Andijan davlat universiteti Maktabgacha taʼlim fakulteti dekani
MATKARIMOV JOXONGIR SOLAYDINOVICH
O'quv ishlari bo'yicha dekan o'rinbosari
Telefon:
Qabul kunlari: har kuni
ABDUKADIROV BOBURMIRZO BAHODIROVICH
Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari
Telefon:
Qabul kunlari: har kuni
Oʻquv-uslubiy ishlar
Hozirda kafedrada 7 nafar professor-oʻqituvchi faoliyat olib borib, ularning 2 nafari pedagogika fanlari nomzodi, dotsent, 1 nafar falsafa doktori (PhD), 1 nafar katta oʻqituvchi, 4 nafar oʻqituvchilar.
Bugungi kunda kafedrada Ona tili va bolalar adabiyoti, Matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va metodikasi, Maktabgacha taʼlimda bolalarning matematik tayyorgarligi, Miqdorlar va ularni oʻlchashni oʻrgatish metodikasi, Mutaxasssislik fanlarini oʻqitish metodikasi, Maktabgacha taʼlimni boshqarishning ilmiy asoslari, Maktabgacha taʼlim metodologiyasi fanlaridan oʻquv mashgʻulotlari tajribali professor-oʻqituvchilar tomonidan olib borilmoqda.
5A111801 – Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha taʼlim) mutaxassisligi boʻyicha magistratura ochilgan boʻlib, 8 nafar magistrantga dars berilib kelinmoqda.
Kafedraning asosiy ilmiy-tadqiqot ishi mavzusi–“Boʻlajak tarbiyachilarni tayyorlashda kreativ va innovatsion faoliyatni takomillashtirishning dolzarb masalalari ”, qoʻshimcha ilmiy-tadqiqot ishi mavzusi esa – “Maktabgacha taʼlim muassasalarida mashgʻulotlar samaradorliginioshirishda oʻquv-metodik taʼminotni tizimli tashkil etish mexanizimi ” deb belgilangan.
Kafedrada “Yosh matematik” va “Yosh adabiyotchi” toʻgaraklari faoliyat yuritadi. Bundan tashqari 14 ta iqtidorli talabalar bilan kafedra oʻqituvchilari alohida ish olib boradi.
Kafedra ilmiy salohiyatini oshirish uchun, bugungi kun talablaridan kelib chiqib yuqori malakali ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, kafedrani yosh, salohiyatli ilmiy darajali mutaxassislar bilan boyitish maqsadida tizimli ilmiy kadrlar tayyorlash xaritasi ishlab chiqildi. Xususan, kafedra oʻqituvchisi T.Kaziyeva f.f.d. professor, Sh.Yusupova rahbarligida falsafa doktori dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. va kafedra katta oʻqituvchisi M.Toirova p.f.n dotsent A.Yu Teshaboyev raxbarligida (Phd) ilmiy daraja olishlari uchun ishni himoya kengashiga topshirishga tayyorlamoqdalar.
FAKULTET TARKIBIDAGI KAFEDRALAR
MAKTABGACHA TAʼLIM METODIKASI KAFEDRASI
Kafedra mudiri. Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Telefon: +998 97 324 74 54
E-pochta: Akramjon_60@mail.ru
Qabul kunlari: har kuni
Kafedra mudiri. Pedagogika fanlari doktori, dotsent.
E-pochta: muhayyo_15_08@mail.ru.
Qabul kunlari: har kuni
Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’limning boshlang‘ich qismi hisoblanadi. U bolaning sog‘lom va rivojlangan shaxs bo‘lib shakllanishini ta’minlab, o‘qishga bo‘lgan ishtiyoqini uyg‘otib, tizimli o‘qitishga tayyorlab boradi. Prezident Sh.Mirziyoyev tomonidan mazkur sohadagi islohotlar izchil davom ettirilib, maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini hozirgi zamon talablari va standartlari asosida rivojlantirish ularni modernizatsiya qilishga qaratilayotgan e’tibor zamirida ham kelajak vorislarining hech kimdan kam bo‘lmay ulg‘ayishlarini ta’minlashdek ezgu maqsad yotadi. Andijon davlat universiteti rektorining 2019-yil 3-yanvardagi №01-01-sonli buyrug‘i asosida Maktabgacha ta’lim fakulteti, uning tarkibida esa Maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasi tashkil etilib, unga p.f.d., dotsent M.Artikova kafedra mudiri etib tayinlandi. Kafedrada hozirda 13 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat olib borib, ulardan 4 nafari fan doktori, 1 nafari pedagogika fanlari bo‘yicha
falsafa doktori (Phd).
Andijon davlat universiteti rektorining 2019 yil 3 yanvardagi №01-01-sonli “Universitet tarkibiy tuzilmasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi Buyrug‘iga asosan Maktabgacha ta’lim fakulteti tarkibida Maktabgacha pedagogika kafedrasi tashkil etildi.
Kafedra tarkibi
Kafedrada 16 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat olib borib, ulardan 4 nafari fan doktori, 2 nafari pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (Phd). Kafedraning 3 nafar a’zosi, p.f.d., dotsentlar: Z.Azimova, M.Artikova, V.Qodirovlar ilmiy darajalar beruvchi Ixtisoslashgan Ilmiy kengashda a’zo sifatida faoliyat olib bormoqdalar.
Maktabgacha pedagogika kafedrasi: 5111800 – Maktabgacha ta’lim yo‘nalishida bakalavr, 5A111801 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim) yo‘nalishida magistratura mutaxassislarini tayyorlamoqda.
Kafedra ilmiy yo‘nalishi
Kafedrada quyidagi istiqbolli ilmiy tadqiqot ishi yo‘nalishida izlanishlar olib borilib, professor-o‘qituvchilar tomonidan maktabgacha ta’limning dolzarb muammolarga bag‘ishlangan tadqiqot ishlari olib borilmoqda:
Asosiy ITI mavzusi: “Maktabgacha ta’limni innovatsion rivojlantirish va istiqbolli yo‘nalishlarini tizimli loyihalashtirish”;
Qo‘shimcha ITI mavzusi: “Maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘quv-tarbiya jarayonini samarali tashkil etish masalalari”.
Kafedrada faoliyat ko‘rsatayotgan Ilmiy seminar faoliyati. Kafedra qoshida ilmiy seminar tashkil etilgan bo‘lib, unga p.f.d. M.Artikova rahbarlik qilib kelmoqda. Seminar ishida: professor-o‘qituvchilar tomonidan bajarilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarining samaradorligi; ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash ishlarini takomillashtirish, ta’lim-tarbiya jarayoniga innovatsion yondashuv masalalari va zamonaviy o‘qitish usullari; ilg‘or tajribalarni ommalashtirish, o‘quv-uslubiy ishlarga innovatsion yondashuv; BMI va magistrlik dissertatsiyalarining sifatli bajarilishini ta’minlash; to‘garak faoliyatini samarali tashkil etish; ochiq ma’ruzalar tahlili muhokama etib borilmoqda.
Kafedradagrantlar bilan ishlash holati
Kafedrada 2017-2020 yillarga mo‘ljallangan OT-F1-17-raqamli “Ma’naviy begonalashuvning oldini olishda shaxs faolligini oshirishni ijtimoiy-pedagogik tadqiq etish” mavzusida fundamental tadqiqot loyihasi bajarildi. Hozirda 2020-2021 yillarga mo‘ljallangan FZ202001064-raqamli “Oliy ta’lim muassasalari negizida maktabgacha ta’lim tashkilotlari (MTT) ning zamonaviy didaktik ta’minotini yaratish” nomli amaliy loyihasi doirasida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.
Kafedrada tashkil etilgan to‘garaklar faoliyati
Kafedrada “Zamonaviy tarbiyachi” to‘garagi faoliyat olib boradi. To‘garakda maktabgacha ta’limning dolzarb muammolariga bag‘ishlangan mavzular yuzasidan davra suhbatlari, seminarlar tashkil etilmoqda. Shuningdek, iqtidorli talabalarni davriy matbuotda chiqishlari, ilmiy maqola va tezislar yozishlari, univlersitet Yoshlar bilan ishlash bo‘limi bilan faol hamkorlikni ta’minlash, turli ko‘rgazma va tanlovlarda o‘z g‘oyalari va ishlanmalari bilan ishtirok etish yuzasidan tajribali professor-o‘qituvchilar, ilmiy rahbarlar tomonidan uslubiy tavsiyalar berib borilmoqda.
Kafedra iqtidorli talabalari haqida ma’lumot
Kafedrada har o‘quv yili 1-kursidan iqtidorli talabalar saralab olinib, tajribali professor-o‘qituvchilarga biriktiriladi. Talabalar o‘zlariga biriktirilgan ilmiy rahbar va tasdiqlangan ilmiy-tadqiqot mavzulari bo‘yicha izlanishlar olib boradilar. Shuningdek, viloyat va respublika miqyosidagi turli tanlovlar, ilmiy-amaliy anjumanlarda faol ishtirok etib kelmoqdalar. Xususan, kafedra biriktirilgan iqtidorli talabalar orasida “Tafakkur sinovlari” ko‘rik tanlovi Respublika bosqichida 1-o‘rinni, “Jonajon O‘zbekistonim mangu bo‘l omon” talaba yoshlar festivali Respublika bosqichida 1-o‘rinni egallagan, OAV dagi teleko‘rsatuvlarda ishtirok etgan, xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalarda qatnashgan talabalar ham bor.
Hamkorlik aloqalari
Kafedraning ilmiy va o‘quv sohalarida Respublikamizning yetakchi OTMlari: Toshkent davlat pedagogika universiteti, T.N.Qori Niyoziy nomidagi Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti, Buxoro, Qarshi, Namangan, Farg‘ona davlat universitetlari, Qo‘qon davlat pedagogika instituti; shuningdek Rossiya Federatsiyasining Moskva, Belgorod davlat universitetlari, Qozon davlat federal universiteti, Qirg‘iziston respublikasining Osh, Jalolobod davlat universitetlari bilan yaqin hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan.
Kafedrada ilmiy maktab yaratgan proffessor-o‘qituvchilar
P.f.d., professor B.X.Xodjaev, p.f.d., dotsentlar: V.A.Qodirov, Z.E.Azimova, M.B.Artikovalar kafedrada o‘ziga xos ilmiy maktab yaratgan olimlardir. Ular respublikamiz ilm-fan taraqqiyoti va ta’lim sohasining rivojiga munosib hissa qo‘shish bilan bir qatorda ko‘plab yoshlarning imiy-tadqiqot ishlariga rahbar sifatida faoliyat olib bormoqdalar. Olimlar tomonidan ko‘plab darslik, o‘quv qo‘llanma, monografiyalar, “Web of Science”, “Scopus” bazalarida indekslangan nufuzli ilmiy jurnallarda maqolalar chop etilgan.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI