Pedagogika fakulteti Andijon davlat universiteti rektorining 2015 yil 29 iyundagi 01-17/1 sonli buyrug‘i bilan tashkil etilgan. Hozirda fakultet dekani vazifasida t.f.n., M.U.To'rayev faoliyat olib bormoqda. Fakultet tarkibiga “Pedagogika ”, “Boshlang‘ich va maktabgacha ta’lim metodikasi”, “Texnologik ta’limi”, “Tasviriy san’at va chizmachilik”, “Musiqa ta’limi” ta’lim yo‘nalishlari biriktirilgan.
Fakultetda Boshlang‘ich ta’lim metodikasi, Umumtexnika fanlari va mehnat ta’limi, Tasviriy san’at va chizmachilik, Musiqa ta’limi kafedralari mavjud.
O‘QUV JARAYONI
Fakultetda bugungi kunda 5111700 - “Boshlang‘ich va maktabgacha ta’lim metodikasi”, 5112100 - "Texnologik ta’lim”, ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha zamon talablariga javob beradigan raqobatbardosh mutaxassis-kadrlar tayyorlanmoqda. Shuningdek, fakultetda 5A110901 – “Pedagogika va“ mutaxassisligi bo‘yicha magistratura ham mavjud.
TO‘GARAKLAR FAOLIYATI
Pedagogika fakulteti tarkibidagi kafedralarda bugungi kunda “Yosh matematik”, “Yosh pedagog”, fan to‘garaklari tashkil etilgan va ularga malakali professor-o‘qituvchilar rahbarlik qilmoqdalar. To‘garaklar 100 dan ortiq iqtidorli talabalarni o‘zida birlashtirgan bo‘lib, to‘garak a’zolari tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy-ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanmoqdalar. To‘garak a’zolarining ilmiy tadqiqot ishlari natijalari universitetning “Andijon yoshlari” gazetasida, “ADU Ilmiy xabarnoma” jurnalida hamda turli to‘plamlarda chop etilmoqda. To‘garak a’zolari orasidan nomdor stipendiatlar va turli tanlov g‘oliblari yetishib chiqmoqda.
MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR
Fakultetda __ ta akademik guruhlarda ____ nafar talaba tahsil olmoqda. Barcha guruhlarda muntazam ravishda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, turli kechalar, tanlovlar o‘tkaziladi. Fakultet jamoasi universitet, shahar, viloyat, respublika miqyosidagi ko‘plab ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-amaliy konferensiyalarda faol ishtirok etib kelmoqda.
FAKULTET KAFEDRALARI
UMUMIY PEDAGOGIKA KAFEDRASI
Umumiy pedagogika kafedrasi o‘zining boy va sharafl i tarixiga ega. Andijon davlat pedagogika instituti tashkil topganining dastlabki kunlaridanoq pedagogika fanining o‘qitilishiga alohida e’tibor qaratildi. 1930-yillardayoq institut qoshida mustaqil faoliyat ko‘rsatuvchi pedagogik fanlar seksiyasi ish boshlagan.
Urush yillari pedagogika fanlari o‘qituvchilari tabiatshunoslik kafedrasida ishlashgan. Pedagogika fanlari bo‘yicha dastlabki o‘qituvchilar A.F.Ardashirov, N.D.Nikitin, V.Makayevlar yedi. 1942-yilda kafedrada 2 nafar pedagogika o‘qituvchisi ishlagan. 1944-1945-o‘quv yilida institut sirtqi tayyorlov bo‘limlari ochilishi hisobiga kengayishi bilan uning tarkibida pedagogika va psixologiya kafedrasi mustaqil ilmiy o‘quv-bo‘limi sifatida tashkil topdi.
N.D.Nikitin o‘sha vaqtdagi kafedra mudiri katta o‘qituvchi va R.M.Kaziyev o‘qituvchi bo‘lib ishlaganlar. 1946-yildan boshlab kafedraga A.F. Ardashirov rahbarlik qildi. Shu yildan boshlab kafedra xususiy metodika bo‘yicha barcha o‘qituvchilarni va pedagogik rahbarlarini ham o‘ziga birlashtirdi. O‘sha yili kafedra tarkibida 15 nafar o‘qituvchi ishladi. 1946-yildan-1961 yilgacha kafedrani A.F.Ardashirov, 1961-1963-yillarda kafedraga R.M.Kaziyev va M.V.Shelkunovlar rahbarlik qildilar. Keyingi yillarda kafedrani pedagogika fanlari nomzodi dotsentlar T.Nishonboyev (1963-1969), (1974- 1977), B.Vahobjonov (1969-1974), M.Kamoldinov (1978-1993), professor T.H.Hasanov (1987-1998), dotsentlar K.Turg‘unboyev (1998-2000.03), 2000-2002-yillarda A.Teshaboyev, 2002-2004-yillarda K.Turg‘unboyev, 2004-2005-yillarda F.Yunusov, 2005-2012-yillarda A.Teshaboyev, 2012-2014-yillarda Z.Azimova, 2014-2018-yillarda M.Artikova boshqargan, 2019-yil yanvar oyidan kafedra “Umumiy pedagogika” kafedrasiga o‘zgartirilib, unga dotsent N.Abdullayeva mudir qilib saylandi va hozirgi kungacha boshqarib kelmoqda.
Umumiy pedagogika kafedrasi 2017-2021-yillar davomida ilmiy-pedagogik salohiyat borasida yuqori natijalarga erishdi. Dolzarb va global mavzularda 7 nafar kafedra professor-o‘qituvchilari Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiyasini muvaff aqiyatli himoya qildilar.
BOSHLANG‘ICH TA’LIM METODIKASI KAFEDRASI
1960-yilda pedagogika, psixologiya, o‘zbek tilshunosligi, matematika kafedrasi bazasida tashkil etilgan. Kafedra dastlab “Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi kafedrasi deb nomlangan bo‘lib, kafedrada quyidagi ustozlar faoliyat olib borganlar: Vahhobov S., Baratov A., Haydarov A., Oripov O., Arzimatov A., Yunusov Q., Hoshimov R., G‘aniyev T., Loxina V.A., Zamchalina V.S., Po‘latov K., Axmedov N. 1992-yilga kelib, kafedra Oliy matematika nomini oldi.
Oliy matematika kafedrasining mudiri etib dotsent A.Tolipov tayinlandi. Oliy matematika kafedrasi a’zolari (p.f.n. I.Adishev, R.Xoshimov, f.m.f.n. A.Karimov, S.Vahobov, M.Mo‘minov, katta o‘qituvchilar A.Ismonov, o‘qituvchilar X.Turdiyev, G.Ismonovalar) pedagogika fakulteti talabalariga matematika, matematika o‘qitish metodikasi fanlaridan dars berish bilan birgalikda matematika fakultetida va boshqa fakultetlardan ham Oliy matematika fanidan nazariy va amaliy mashg‘ulot darslarini olib borishdi. 1996 yilda Oliy matematika kafedrasiga p.f.n. I.Adishev mudir etib tayinlandi va shu yildan boshlab kafedra nomi Matematika va uni o‘qitish metodikasi deb o‘zgartirildi. Bu davrda kafedrada dotsent A.Tolipov, p.f.n. I.Adishev, f.m.f.n. S.Vahobov, katta o‘qituvchilar A.Ismonov, G.Ismonova, B.Baxriddinovlar faoliyat ko‘rsata boshladi.
Ayni vaqtda Ona tili o‘qitish metodikasi kafedrasi ham faoliyat olib bordi. Kaferraga dotsent A.Arzumatov rahbarlik qildi. 2001-yilga kelib kafedra a’zolariga kelib qo‘shilgan f.m.f.n. dotsent K.Mamadaliyev matematika va uni o‘qitish metodikasi kafedrasining mudiri lavozimiga saylandi. 1999- 2002 yillarda kafedra Pedagogika fakulteti tarkibida faoliyat ko‘rsatdi. Bu davrda kafedra nomi ona tili va uni o‘qitish metodikasi deb atalgan. Kafedraning bu davrda f.f.n A.Arzumatov boshqargan. 2002-2005 yillarda Ona tili va uni o‘qitish metodikasi kafedrasiga f.f.n.dotsent A.Jo‘raxonov mudirlik qildi. Bu davrda kafedrada p.f.n. Q.Yunusov, T.G‘aniyev, katta o‘qituvchilar N.Jo‘rayeva, I.Ubaydullayev, G.Rasulova, assistent S.Islomova ona tili, ona tili o‘qitish metodikasi, bolalar adabiyoti, o‘zbek adabiyoti, xusnixat fanlaridan dars olib bordilar.
2005 yilning sentyabrida Ona tili va uni o‘qitish metodikasi va Matematika o‘qitish metodikasi kafedralari qo‘shilib, Boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi tuzildi. Kafedra mudiri etib dotsent K.B.Mamadaliyev saylandi. O‘sha yillarda kafedra a’zolari 27 nafar bo‘lib, 1ta professor, 3ta dotsent, 4ta fan nomzodi, 7 nafar katta o‘qituvchi, va 10 nafar assistentdan iborat bo‘lgan. 2007-2008-o‘quv yilining sentyabr oyidan boshlab kafedraga f.f.n. dotsent O.Tojiyev rahbarlik qila boshladi. 2009-2010-o‘quv yilining dekabr oyidan f.f.n. B.Rahmonov “Boshlang‘ich ta’lim metodikasi” kafedrasiga mudir bo‘lib keldi.
Kafedrada 2007-2017-o‘quv yillarida 4ta darslik, 21ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma, 2ta o‘quv qo‘llanma 160ta ilmiy, uslubiy maqolalar nashr etildi. 2015-2018-yillarda Boshlang‘ich va matabgacha ta’lim metodikasi kafedrasiga f.f.n.dotsent F.Kiyikboyev mudirlik qildi. 2018-2019-o‘quv yilidan boshlab kafedraga f.f.n. dotsent D.Nurmonova mudirlik qilib kelmoqda.
UMUMTEXNIKA FANLARI VA MEHNAT TA’LIMI KAFEDRASI
TOSHPO'LATOVA SOBIRAXON YULDASHEVA Kafedra mudiri. Texnika fanlari nomzodi.
Telefon: 0(374)2234052
E-pochta: mexnat_anddu@edu.uz
Kafedra 1989-yilda «Umumtexnika fanlari va mehnat» kafedrasi nomi bilan tashkil topgan. Kafedraga dotsent Sh.X.Ikromov mudir vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Kafedraga dotsentlar A.B.Baratov, I.M.Sodiqov, texnika fanlari nomzodi A.A.Zaparov, katta o‘qituvchilar A.Zulunov, A.Abdullayevlar ishga o‘tdilar. 1990-1991-yillarda texnika fanlari nomzodi, dotsent D.Mamatisaqov rahbarlik qildi.
Kafedraga yosh o‘qituvchilardan L.Olimov va N.Ortiqov ishga keldilar. Dotsent D.Mamatisaqov fi zika fakulteti dekani vazifasiga o‘tgandan so‘ng 1991-1992-yillarda kafedra mudiri lavozimida texnika fanlari nomzodi, dotsent I.M. Sodiqov,1992-1997-yillarda texnika fanlari nomzodi, dotsent A.A.Zaparov rahbarlik qildi. Bu davrda kafedraning ilmiy-pedagogik potensialida ijobiy o‘zgarishlar bo‘ldi, jumladan texnika fanlari nomzodlari, dotsentlar M.Xalilov, X.Akbarov ishga keldilar. Bu davrda o‘quv laboratoriyalari xonalari jihozlanib, kafedraning o‘quvmoddiy bazasi yaxshilandi.
O‘zbekiston va chet el oliy o‘quv yurtlari, ilmiy tekshirish institutlari bilan aloqalar kengaytirildi. Universitetda optimallashtirish ishlari natijasida kafedra umumiy fizika kafedrasi bilan birlashtirilib “Umumiy fi zika va texnika fanlari” nomi bilan yuritila boshladi va unga fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent U.Abduboqiyev mudirlik qildi. 1999-yilda talabalar kontingentining ortishi va kafedrada o‘quv yuklamasida soatlarning ko‘payishi natijasida kafedra ikkiga “Umumiy fi zika”va “Umumtexnika fanlari” kafedralariga ajratildi. Kafedraga mudir etib fi zika-matematika fanlari nomzodi X.Axunov saylandi. 2000-2002-yillarda fizika-matematika fanlari nomzodi L.Olimov boshqardi. Uning tashabbusi bilan yarim o‘tkazgich materiallar bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari rivojlantirildi.
2002-2015-yilgacha kafedra mudiri vazifasida dotsent A.A.Zaparov ishladi. Kafedra 2005-yil iyun oyidan boshlab «Mehnat ta’limi» kafedrasi deb nomlandi. Kafedraga kompozitsion materiallar texnologiyasi bo‘yicha Respublikamizda yetakchi olimlardan professor A.B.Djumaboyev taklif qilindi. 2015-yilning sentyabr oyidan boshlab kafedrada mudirlik vazifasini texnika fanlari nomzodi M.U.To‘rayev boshqarmoqda. Bugungi kunda kafedrada professor A.B.Djumaboyev, dotsentlar Sh.X.Ikromov, A.A.Zaparov, katta o‘qituvchilar S.Ubaydullayev, S.Toshpo‘latova, M.Nurmatov assistentlar G.Mamajonova, Sh.Jaloldinova ishchi xodimlar R.Tuychiyev, M.Kambarova va F.Botirovalar faoliyat ko‘rsatmoqdalar. Kafedraning professor-o‘qituvchilari o‘zlarining shaxsiy ish rejalari, kafedraning yillik ish rejalari va ilmiy-uslubiy seminarlari rejalariga kiritilgan kun tartibidagi masalalar yuzasidan topshiriqlarni bugungi davr talabida bajarib astoydil xizmat qilmoqdalar.
Kafedrada Toshkent Texnika univyersitetining «Fan va taraqqiyot» ilmiy-texnologik kompleksi filiali ochildi, unga jalb qilingan kafedraning 4 nafar professor-o‘qituvchilari nomzodlik dissyertasiyasini himoya qildilar. 2015-2019 yillarda dosent M.U.To‘raev, 2019-2020 yillarda dosent X.J.Mansurov kafedra mudiri vazifasini bajardilar. Hozirgi vaqtda katta oqbtuvchi S.Y.Toshpo`latova kafedraga rahbarlik qilmoqda.