Fakulteti dekani. Texnika fanlari nomzodi, dotsent
Telefon: 0(374)223-83-82
E-pochta: tabiiy-fan@umail.uz
Qabul kunlari: Har kuni
Fakultet dekani biografiyasi:
Texnika fanlari nomzodi, dotsent. Jami 180 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar, shu jumladan 3 ta darslik, 8 ta o‘quv-uslubiy ishlar muallifi.
Uning rahbarligi ostida universitet va Andijon shahar hokimligi qoshidagi “Innovatsion g‘oyalarni tadbiq etish markazi” hamkorligida 3 ta respublika innovatsion ilmiy grant loyihasi amalga oshirilgan. Hududdagi 3 ta fermer xo‘jaligi bilan perspektiv xo‘jalik qimmatiga ega bo‘lgan o‘simlik xomashyolarini yetishtirish va ulardan import o‘rnini bosuvchi biologik faol qo‘shimchalar ishlab chiqarishga qaratilgan shartnomalar tuzilgan.
Faol ishtiroki bilan “Tovarlarni kimyoviy tarkibi asosida sinflash va sertifikatlash” ixtisosligi yo‘nalishida 3 ta respublika va 1 ta xalqaro konferensiya o‘tkazilgan.
Hammualliflikda yozilgan umumta’lim o‘rta maktablari uchun 7-, 8-, 9-sinf darsliklari va o‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanmalari 7 tilda bir necha million nusxada nashr qilinib, amaliyotda foydalanib kelinmoqda.
Oliy ta’lim muassasalari kimyo yo‘nalishi bakalavrlari uchun 6 ta, kimyo magistri mutaxassisligi uchun 2 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar yaratilgan.
Hududdagi oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalariga uslubiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha hokimlik tomonidan tashkil qilingan guruhda ekspert sifatida ishtirok etadi.
Rahbarlik faoliyati bilan bir vaqtda soha bo‘yicha ham ilmiy izlanishlar olib boradi. “Tovarlarni kimyoviy tarkibi asosida sinflash va sertifikatlash” ixtisosligi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarini davom ettirib, doktorlik dissertatsiyasi ustida ishlamoqda.
Pedagogik faoliyati davomida bakalavr bitiruv-malakaviy ishlariga va magistrlik dissertatsiyalariga rahbarlik qilib kelgan. Tajribali pedagog sifatida muntazam ravishda tashkil qiladigan ochiq ma’ruza mashg‘ulotlari kuzatuvchilar tomonidan yuksak ilmiy-pedagogik saviyada o‘tkazilgani ta’kidlangan.
Mutaxassislik kafedrasining o‘quv jarayonini uslubiy jihatdan ta’minlash borasida 5140500-Kimyo bakalavr yo‘nalishi uchun "Modda tuzilishi", “Kimyo o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar”, “Kimyodan maslal va mashqlar yechish” fanlaridan ishchi dasturlar, ma’ruza matnlari va o‘quv-uslubiy majmualar tayyorlagan. 5A140501-Kimyo (organik kimyo) mutaxassisligi uchun ishchi o‘quv reja tayyorlashda faol ishtirok etgan va “Dinamik stereokimyo va konformatsion analiz”, “Tovarlarni kimyoviy tarkibi asosida sinflash va sertifikatlash” fanlaridan ishchi o‘quv dasturlarini tayyorlagan.
Respublikada darslik va o‘quv qo‘llanmalar tanlovida 2008 yilda hammualliflar bilan birgalikda yozilgan “Kimyo-9” darsligi fahrli III-darajali diplom bilan, 2009 yilda “Kimyo-7” darsligi fahrli II-darajali diplom bilan, 2010 yilda “Kimyo-8” darsligi fahrli I-darajali diplom bilan taqdirlangan.
1991-1993 yillarda - Andijon davlat pedagogika instituti yoshlar qo‘mitasi kotibi o‘rinbosari
1993-1993 yillarda - Andijon davlat universiteti yoshlar ittifoqi qo‘mitasi raisi
1993-1996 yillarda - Andijon davlat universiteti aspiranti
1996-1999 yillarda - Andijon davlat universiteti organik va umumiy kimyo kafedrasi assistenti, katta o‘qituvchisi
1999-2002 yillarda - Andijon davlat universiteti xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i
2002-2003 yillarda - Andijon davlat universiteti fizik va organik kimyo kafedrasi katta o‘qituvchisi
2003-2004 yillarda - Andijon davlat universiteti o‘quv bo‘limi boshlig‘ining sirtqi ta’lim bo‘yicha o‘rinbosari
2004-2005 yillarda - Andijon davlat universiteti o‘quv bo‘limi boshlig‘i
2005-2006 yillarda - Andijon davlat universiteti o‘quv bo‘limi bosh uslubchisi
2006-2009 yillarda - Andijon davlat universiteti o‘quv metodik boshqarmasi boshlig‘i (bir vaqtning o‘zida Andijon viloyati mintaqaviy tadqiqot markazi rahbari, Andijon viloyati mintaqaviy multimedia studiyasi direktori)
2009-2011 yillarda - Andijon davlat universiteti maxsus sirtqi fakulteti dekani (bir vaqtning o‘zida Andijon viloyati mintaqaviy tadqiqot markazi rahbari, Andijon viloyati mintaqaviy multimedia studiyasi direktori)
2011-2011 yillarda - Andijon viloyati hokimligi iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha kotibiyati mudiri (bir vaqtning o‘zida Andijon viloyati mintaqaviy tadqiqot markazi rahbari, Andijon viloyati mintaqaviy multimedia studiyasi direktori)
2011-2013 yillarda - Andijon viloyati o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi boshlig‘i (bir vaqtning o‘zida Andijon viloyati mintaqaviy tadqiqot markazi rahbari, Andijon viloyati mintaqaviy multimedia studiyasi direktori)
2013-2017 yillarda - Andijon davlat universiteti umumiy kimyo kafedrasi dotsenti
2017 yildan hozirgi vaqtga qadar Andijon davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti dekani

O'quv ishlari bo'yicha dekan o'rinbosari
Telefon: +998 97 992 81 02

O`quv ishlari bo`yicha dekan o`rinbosari
Telefon: 0(374)223-83-82

Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari
Telefon: 0(374)223-83-82
E-pochta: bio-ytursunov@umail.uz
FAKULTET KAFEDRALARI
EKOLOGIYA VA BOTANIKA KAFEDRASI

NORALIYEVA NASIBA MAMANOVNA
Kafedra mudiri. Biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Telefon: 0(374)2238382
Andijon davlat pedagogika institutining biologiya fakultetida 1963-yilga qadar yagona botanika kafedrasi bo‘lib, tabiiy fanlar ana shu kafedra tarkibida edi.
Kafedraga dots. I.Sottiboyev (1963-1971), U.Muxitdinov (1971-1975), S.Xoliqov (1975-1986), O.Jalolov (1986-1988), A.Dariyev (1988-1991), S.Xoliqov (1991-1999), K.Tojiboyev (1999-2002), T.Madumarov (2002-2006), N.Noraliyeva (2006-2008), T.Madumarov (2008-2010), D.To‘ychiyeva (2010-2011), A. Mamatyusupov (2011-2012), E.Ro‘zmatov (2012-2015), A.A.Imirsinova (2015-2017) yillar mudirlik qilgan.
2017-yil 2-sentabrdan kafedrani biologiya fanlari nomzodi, dotsent Naraliyeva Nasiba Mamanovna boshqarib kelmoqda.
Hozirgi kunda kafedrada 21 nafar professor-o‘qituvchilar, shundan 4 nafar fan doktor(DSc),
Xozirgi kunda kafedrada 21 nafar professor-o’qituvchilar, shundan 4 nafar fan doktor(ScD), 6 nafar fan nomzodi(PhD), 1 nafar katta o’qituvchi va 10 nafar o’qituvchi faoliyat olib bormoqda. Kafedrani xozirdagi ilmiy saloxiyati 70% ni tashkil qiladi.
“Ekologiya va atrof muxit muhofazasi” ta’lim yonalishi bo’yicha 104 nafar talaba tahsil oladi. 2017/2018 o’quv yilidan boshlab “Ekologiya va atrof muxit muhofazasi” mutaxassisligi bo’yicha magistraturaga qabul boshlandi.
Kafedrada Ekologiya mutaxasisligida 15 nafar hamda Botanika mutaxasisligida 24 nafar magistrlar taxsil oladi.
Kafedraning ilmiy yo’nalishlari;
- Ekologiya va atrof-muhitni muxofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash muammolarini o’rganish.
- Farg’ona vodiysida bioxilma-xillik va uni saqlab qolish dolzarb muammolari.
- Farg’ona vodiysi florasi va o’simliklar qoplamini o’rganishning zamonaviy usullari.
- Farg’ona vodiysi sharoitida mikologik va algologik tadqiqotlar olib borishning yangi yo’nalishlari.
- Istiqbolli o’simlik turlarini introduktsiya qilish, qishloq xo’jaligi ekinlari genetikasi va selektsiyasi kabilardir.
Oxirgi yillarda, 2та фан doktorlik va 4 та falsafa doktorlik ishlari himoya qilingan.
Kafedrada xozirgi kunda 7 нафар тадқиқотчи doktorlik va falsafa doktorlik ilmiy izlanishlarини olib borilmoqda.
Kafedra gerbariysi 1997 yil O’ktam Pratov tomonidan tashkil etilgan bo’lib, 1900 yillar boshidan, xozirgi kungacha to’plangan mingda ziyod gerbariy namunalari saqlanmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi botanika instituti, O’zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi davlat qo’mitasi hamda viloyat bo’limlari, Kongju davlat universiteti(Korea), Kunming botanika instituti(Xitoy), Moskva davlat universiteti(Rossiya) va Respublikamizda faoliyat ko’rsatayotgan barcha OTM lar bilan hamkorlik a’loqalari o’rnatilgan.

Kafedra mudiri kimyo fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) dotsent
Telefon: +998 93 426 36 00
E-pochta: kimo_iyut@umail.uz

XUSANOV ALIJON KARIMOVICH
Kafedra mudiri. Biologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori
Telefon: 0(374)2238382
E-pochta: a_xusanov75@mail.ru
Kafedra 2011 yilda “Zoologiya va biokimyo” kafedrasi “Zoologiya” hamda “Biokimyo” kafedralari negizida tashkil topdi. Kafedra “Biologiya” mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlovchi kafedra hisoblanib, bir qator magistr mutaxassislar tayyorlanmoqda.
1931-yilda “Tabiiy fanlar” kafedrasi nomi bilan faoliyat yurita boshlagan. Bu paytda institutda biologiya, kimyo fanlari o‘qituvchilari tayyorlashda faqat bitta – tabiiy fanlar kafedrasi xizmat qilgan. O‘quv ishlarini yanada takomillashtirish, sifatini yaxshilash maqsadida Farg‘ona pedagogika institutining o‘sha paytdagi yetakchi professor o‘qituvchilaridan S.V.Avrinsev, S.P.Deyneka kabi taniqli olimlar Andijon institutiga taklif qilingan.
1957 yili institutga dotsent (keyinchalik professor) G‘.X.Abdullayev rektor bo‘lib tayinlanganidan so‘ng kafedra faoliyatida jonlanish kuzatila boshlandi. U kafedralarning professor-o‘qituvchilari saloxiyatini oshirish, ilmiy darajaga ega bo‘lgan mutaxasislarni ko‘paytirish, yangi kafedralar tashkil qilish, ularga ilmiy ishlarga layoqatli bo‘lgan yoshlarni jalb qilishga juda katta e’tibor berdi.
Bu davrda ilmiy tadqiqotlar yakuni sifatida 1 ta doktorlik, 5 ta nomzodlik dissertatsiyalari ximoya qilinishi, ta’lim tarbiya ishlari sifatini yanada yaxshilashga qaratilgan vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishga qaratilganligi bilan xarakterlanadi.
1992-yilda institutga universitet maqomi berilgandan so’ng kafedra biokimyo-biofizika kafedrasiga aylantirildi. Kafedraga akademik A.Qosimov rahbarlik qildi. Bu davrda kafedrada “Biokimyo” va “Biokimyodan amaliy mashg‘ulotlar” kabi darsliklar yaratildi, o‘simlik fiziologiyasi, xususan mintaqamiz qishloq xo‘jaligi uchun dolzarb muammo bo‘lgan yangi paxta navlarini yaratish borasida yirik tadqiqotlar o‘tkazish uchun laboratoriya uskunasi “Fitotron”olib kelinib ishga tushirildi. Uning faoliyati davomida 1997-yilda “Biologik faol moddalar” laboratoriyasida biostimulyatorlarning o‘simlik organizmiga ta’siri mavzusida ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan.
Dastlab tashkil etilgan “Biokimyo” kafedrasiga akademik A.Qosimov (1982-1992), dots. Q.Qo‘chqarov (1992-1999), “Fiziologiya va biokimyo” kafedrasiga prof. L.Saidboyeva (1999-2001), b.f.n. A.Sheraliyev (2001-2003), “Biofizika va biokimyo” kafedrasiga b.f.n. G‘.Jo‘raqulov (2003-2004), “Fiziologiya va biokimyo” kafedrasiga dots. E.Xalilov (2004-2007), “Biokimyo” kafedrasiga prof. K.Tojiboyev (2007-2011), “Zoologiya va biokimyo” kafedrasiga dots. D.S.Tuychiyeva (2011-2015)lar rahbarlik qilganlar.
Hozirgi kunda zoologiya va biokimyo kafedrasiga dots. v.b., b.f.f.d. A.K.Xusanov mudirlik qilib kelmoqda.
Hozirda kafedrada 2 nafar fan doktorlari, professorlar: O.Xoshimov, Q.Tojiboyev, 6 nafar dotsent, fan nomzodlari, 3 nafar dotsent v.b., fan nomzodi (PhD), 2 nafar katta o‘qituvchi va 12 nafar o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqdalar.
O‘tgan yillarda kafedra ilmiy salohiyatida o‘sish kuzatildi. A.Xusanov biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, F.Yuldashev qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajalariga ega bo‘ldilar.
Kafedrada 2016-yilda F.To‘xtaboyeva, Q.Qo‘chqarov “Biotexnologiyaning ekologik asoslari” o‘quv qo‘llanmalari, 2018-yilda I.Badalxo‘jaev, T.Madumarovlar tomonidan “Sitologiya” darsligi, A.Xusanov, I.Zokirovlarning “Hayvonlar ekologiyasi”, I.Badalxo‘jaev, A.Xusanovlarning “Parazitologiyadan laboratoriya praktikumi” o‘quv-uslubiy qo‘llanmalari tayyorlandi.
Kafedraning ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘yicha 2016-2022 yillarda Zoologiya kafedrasining ilmiy salohiyatini oshirish va yoshartirish istiqbolli rejasi mavjud. 2024 yilga qadar 4 ta doktorlik dissertatsiyasi himoya qilinishi rejalashtirilgan.
Kafedrada 2015 yildan buyon 03.00.06 – Zoologiya, 2017 yildan 03.00.01 – biokimyo, 2018 yildan 03.00.12 – biotexnologiya mutaxassisliklari bo‘yicha Oliy ta’limdan keyingi ta’lim - doktorantura faoliyat olib bormoqda.
2016 yilga kelib kafedraning o‘quv-materiallari yangi olingan avtoklav, bidistillyator, laminar boks, mikrotsentrofuga, vakkum sentrofuga, gomogenizator, mikrotom, mikroskop, lupalar, preparoval asboblar bilan yanada boyidi.
Kafedra pedagoglari jadvali(ko'rish uchun bosing)
Zoologiya kafedrasida 2018-2019 o‘quv yilida jami 30 ta fan bo‘lib, biologiya yo‘nalishida 22 ta, ekologiya yo‘nalishida 5 ta, oziq-ovqat texnologiyasi yo‘nalishida 3 ta fanlardan dars beriladi.
Hozirgi kunda kafedrada quyidagi asosiy yo‘nalish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda: “Farg‘ona vodiysi hayvonot dunyosini tadqiq etish, tur tarkibi, tarqalishi hayotiy jarayonlarini o‘rganish asosida noyob turlarni muhofaza qilishni nazariy va amaliy muammolari” 2013 yil 10 sentabrda o‘tkazilgan kafedra yig‘ilishida tasdiqlangan (Bayonnoma №2).
Kafedraning qo‘shimcha ITI mavzulari:
- “Makkajo‘xori va boshqa baland bo‘yli o‘simliklarni zararkunandalardan ximoya qilish usul va vositalarini yaratish” 06.01.09 – qishloq xo‘jaligi fanlari,
- “Ultradisspers kukunlarining qishloq xo‘jaligi ekinlarini xosildorligini oshirishiga ta’siri”;
- “Toksik gepatitda moddalar almashinuvini o‘zgarishi va ularni mo‘’tadillashtirish yo‘llari”; (2014 y. 22 yanvarda o‘tkazilgan ADU Ilmiy Kengashida tasdiqangan (Bayonnoma № 5)).
Ekologiya va botanika kafedrasi bilan hamkorlikdagi ilmiy seminar faoliyat olib boradi
Kafedrada iqtidorli talabalar bilan ilmiy-tadqiqot ishlarini keng yo‘lga qo‘yish maqsadida “Yosh entomolog” to‘garagi faol ish olib bormoqda. To‘garakning 50 ga yaqin faol a’zolari “Farg‘ona vodiysi hayvonot dunyosini tadqiq etish, tur tarkibi, tarqalishi hayotiy jarayonlarini o‘rganish asosida noyob turlarni muhofaza qilishni nazariy va amaliy muammolari”, “Makkajo‘xori va boshqa baland bo‘yli o‘simliklarni zararkunandalardan himoya qilish usul va vositalarini yaratish”, “Ultradispers kukunlarining qishloq xo‘jaligi ekinlarini xosildorligini oshirishiga ta’siri” yo‘nalishlarida ilmiy-tadqiqotlarni olib borishmoqda.
Biologiya ta’lim yo‘nalishida jami 413 nafar talabalar tahsil olishadi. Xozirda 2, 3 va 4-bosqich talabalari orasidan iqtidorli talabalar qatoriga 126 nafari kafedra professor-o‘qituvchilariga biriktirilgan. Ular o‘zlarining maqola va tezislari bilan horijiy va Respublika ilmiy anjumanlarida faol ishtirok etib kelmokdalar.
Kafedra bugungi kunda O‘zRFA Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiya instituti, O‘zFA Mikrobiologiya ITI, O‘zRFAZoologiya ITI, Nizomiy nomli TDPIlari bilan ilmiy hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘ygan.
Bundan tashqari kafedra ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash samaradorligi oshirish borasida, iqtidorli yosh olimlarni xorij ilmiy safarlariga yuborilishi bo‘yicha biokimyo yo‘nalishida tahsil oluvchi tayanch doktorant Mamatova Iroda Xitoyning Janubiy-g‘arbiy Xitoy universitetiga 1 yilga stajirovkaga yuborildi.
Xalqaro hamkorlik va chet el bilan ilmiy aloqalar asosida erishilgan natijalarga ko‘ra kafedra o‘qituvchisi M. Zokirova 2018 yilning 1-31 oktabr kunlari A.S.Pushkin nomli Leningrad davlat universitetida “Iste’dod” jamg‘armasi yo‘llanmasi bilan malaka oshirib qaytdi. Malaka oshirish davomida M.Zokirova 2 ta xalqaro ilmiy konferensiyada ishtirok etib, ilmiy ishlari natijalari bo‘yicha ilmiy tezis chop etildi.
Kafedra dotsenti F.Yuldashevning “Makkajo‘xori o‘simligini zararkunandalardan himoya qilishda yangi texnologiya” mavzusidagi ishlanmasi bo‘yicha “Anor”, “Yuksalish bog‘i”, “Xoshimjon fayzli yerlari” fermer xo‘jaliklari bilan korporativ xamkorlik bo‘yicha shartnomalar imzolandi.
Mazkur o‘quv yilida Zoologiya hamda Biologiya va ekologiya kafedralari bilan birgalikda bir innovatsion guruhda innovatsion xamkorlik bo‘yicha quyidagi tashkilotlar bilan xamkorlik shartnomalari tuzildi: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zQXIIChM Don va dukkakli ekinlar ilmiy tadqiqot instituti, O‘zR FA qoshidagi Genomika va bioinformatika markazi, Andijon viloyati SES, Xo‘jaobod tumani Anor fermer xo‘jaligi.
Innovatsiya bo‘yicha taqdim etilgan loyihaning nomi; “Makkajo‘xori va boshqa ozuqabop donli ekinlarning kemiruvchi zararkunandalariga qarshi biologik kurash usullarini samaradorligini oshirish yo‘llari” bo‘yicha ish olib borilmoqda.

Kafedra mudiri
VAKANT
Geografiya universitetning tanyach kafedralaridan biri bo‘lib, kafedrada 60530400 – “Geografiya” va qo‘shma dasturi asosida 1-89 01 01 – “Turizm i gostepriimstva” (Belorus Respublikasining Polotsk universiteti) ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavr, 70530402 – “Geografiya (o‘rganish ob’yekti bo‘yicha)” mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlanadi.Kafedrada 2021-2022 o‘quv yilida jami 17 nafar, shundan 12 nafar professor-o‘qituvchilar asosiy shtatda, 5 nafar o‘qituvchi o‘rindosh sifatida ishlamoqda. Ulardan 2 nafari geografiya fanlari doktori, professor (YU.I.Ahmadaliyev, N.Q.Komilova), 2 nafari fan doktori, dotsent (R.B.Qodirov, K.Boymirzayev), 1 nafari fan nomzodi, professor (M.Mamajonov), 3 nafari fan nomzodi, dotsent(I.O.Sulaymonov, A.A.Isayev, SH.M.Sharipov), 1 nafari falsafa doktori (PhD, SH.S.Jo‘rayev), 4 nafar katta o‘qituvchi (M.Atajonov, M.Habibullayeva, M.Payzullayev, B.Dehqonov) va 3 nafari o‘qituvchi (S.Ergashev, N.Odilov, B.Tojidinov, U.Samiyev) lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Shuningdek, 2 nafar tayanch doktorant (Z.A.Temirov va Z.L.Abduvaliyeva) mavjud.
Kafedraning ilmiy yo‘nalishi – Farg‘ona mintaqasi iqtisodiy – ijtimoiy rivojlanishining geografik jihatlari.
Bugungi kunda kafedra yosh professor-o‘qituvchilari geografiya fanini rivojlantirish uchun ilmiy tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanish maqsadida o‘zlariga dolzarb muammolarga bag‘ishlangan doktorlik dissertatsiya mavzulari tanlab, ular ustida izlanishlar olib bormoqdalar. Kafedra a’zolaridan g.f.n., dots. A.Isayev “O‘zbekiston transport tizimi rivojlanishining geografik jihatlari” mavzusida (DSc), katta o‘qituvchi M.Atajonov “Qishloq joylarda ijtimoiy infrastruktura tizimini rivojlantirish masalalari”, katta o‘qituvchi Z.Temirov “Farg‘ona mintaqasida geodemografik jarayonlarning rivojlanishiga xos xususiyatlar”, katta o‘qituvchi M.Habibullayeva “Hududlarni iqtisodiy geografik jihatdan o‘rganishda amaliy mashg‘ulotlardan foydalanish (9-sinf “Jahon ijtimoiy-iqtisodiy geografiyasi” misolida)”, katta o‘qituvchi M.Payzullayev “Andijon viloyati rekreatsion resurslari va ulardan turistik maqsadlarda foydalanish”, o‘qituvchi S.Ergashev “Andijon viloyatida to‘qimachilik sanoatini klasterlash”, katta o‘qituvchi B.Dehqonov “Qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanishni takomillashtirishning geografik jihatlari (Andijon viloyati misolida)”, o‘qituvchi Z.Abduvaliyeva “Farg‘ona iqtisodiy rayonida sog‘lomlashtirish maskanlarini hududiy tashkil etishning iqtisodiy geografik jihatlari” mavzulari (PhD) bo‘yicha izlanishlar olib bormoqdalar.
Kafedra mudiri, dots. R.B.Qodirov 2021 yil 27 avgustda “O‘zbekiston Respublikasining Farg‘ona vodiysi viloyatlari mehnat resurslaridan samarali foydalanish yo‘llari” mavzusida geografiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini munosib himoya qildi va Andijon davlat universiteti tarixida birinchi geografiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olishga erishdi. Bugungi kunda Z.Temirov va M.Atajonovlar ham ilmiy ishlarini (PhD) O‘zMU qoshidagi Ixtisoslashgan Ilmiy Kengashga topshirdilar.
Kafedra qoshida 2019 yildan oliy ta’limdan keyingi ta’lim 11.00.02 – Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktorantura tashkil etildi.
2020-2021 o‘quv yilidan boshlab Geografiya (o‘rganish ob’yekti bo‘yicha) mutaxassisligi bo‘yicha magistratura ochilgan.
Kafedrada respublukada kattaligi juhatudan ikkinchi o‘rinda turuvchu, diametri 120 sm ulkan globus yaratilgan.
Professor M.Mamajonov tomonidan tayyorlangan “O‘zbekiston iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi” darsligi (2019), “Tabiatdan foydalanishning geografik asoslari” va “Kurs ishlarini bajarish metodikasi” o‘quv qo‘llanmalari (2020) Oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari va talabalari uchun alohida ahamiyat kasb etadi.
Kafedra qoshida “Meteorologiya” maydonchasi mavjud bo‘lib, unda talabalar ob-havoga oid meteorologik kuzatish ishlarini olib boradilar.
Kafedra O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, respublika oliy ta’lim muassasalari bilan birga xorijiy oliy ta’lim muassasalari, jumladan Rossiya Federatsiyasi Baltika federal universiteti, Belorus Respublikasi Polotsk davlat universiteti, Abay nomidagi Qozog‘iston Milliy Pedagogika universiteti, O‘sh davlat universiteti, Jalolobod davlat universiteti bilan hamkorlik olib boradi.
Kafedrada geografiya mutaxassuslugu bo‘yucha o‘qituvchi-nedagog kadrlar tayyorlash uzoq tapixga ega. Kafedraga dastlab 1996-1999 yillarda b.f.d., prof. Maqsudov, 1999-2003 yillarda dots. S.Ro‘zimatov, 2003-2008 yillarda dots. M.Mamajonov, 2008-2011 yillarda dots. R.B.Qodirov, 2011-2017 yillarda g.f.n. A.Isayev rahbarlik qilgan. 2017 yildan boshlab esa g.f.n., dots. R.B.Qodirov kafedra mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.
Geografiya mutaxassisligi bo‘yicha dastlabki o‘qituvchu-pedagog kadrlar 1935 yildan tayyorlana boshlangan. O‘sha davrda O‘qituvchilar instituti mavjud bo‘lib, ikki yil davomida o‘rta maktablarnung 5-7-sunflar uchun tabiiyot-geografiya o‘qituvchilari tayyorlangan. Institut tarkibida Tabiiyot-geografiya kafedrasu bo‘lib, kafedrada S.Gubayev, T.Abdyllayev, A.Samatov, G.Sh.Ilyasovlar geografiya fanlaridan saboq berishgan.
Kafedraga 1961 yilda asos solingan. Universitetda geografiya ta’lim yo‘nalishi ochilgach, 1995 yilda Geografiya kafedrasi qayta tashkil etiladi. Kafedraga dastlab 1996-1999 yillarda b.f.d., prof. Maqsudov, 1999-2003 yillarda dots. S.Ro‘zimatov, 2003-2008 yillarda dots. M.Mamajonov, 2008-2011 yillarda dots. R.B.Qodirov, 2011-2017 yillarda g.f.n. A.Isayev rahbarlik qilgan. 2017 yildan boshlab esa g.f.d., dots. R.B.Qodirov kafedra mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.
Kafedrada quyidagi guvohnomalar olingan:
- M.Mamajonov tomonidan “O‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi” fanidan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi intellektual mulk agentligi tomonidan berilgan Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturning ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma (№ DGU 06445. REYESTR: DGU 2019 0397);
- Qodirov R.B. va Dehqonov B.M. tomonidan “Geografiyadan amaliy mashg‘ulotlar” fanidan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi intellektual mulk agentligi tomonidan berilgan Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturning ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma (№ DGU 06262. REYESTR: DGU 2019 1704) olindi.
Kafedrada iqtidorli talabalar bilan ilmiy-tadqiqot ishlarini keng yo‘lga qo‘yish maqsadida “Yosh geograf” to‘garagi faol ish olib bormoqda. To‘garakning 40 dan ortiq faol a’zolariga ega.
Ular o‘zlarining maqola va tezislari bilan horijiy va respublika ilmiy anjumanlarida faol ishtirok etib kelmoqdalar.
2019-2020 o‘quv yili aprel oyida ONLINE tarzida bo‘lib o‘tgan respublika fan olimpiadasida Geografiya ta’lim yo‘nalishi 3-kurs 302-guruh talabasi Nurmatov Abbos faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining III darajali diplomi bilan taqdirlandi.
Kafedraning yosh iqtidorli olimi Temirov Zokirjon Abdulvohidovich Misr Arab Respublikasiga demografiya kursi bo‘yicha xorijiy ilmiy safarda bo‘lib keldi.
Kafedra xorijiy grantlar doirasida qatnashib, 2019 yilda Handong global university bilan hamkorlikda “Population geography and demography” va “Geografiya selskogo xoyaystvo” fanlari bo‘yicha qo‘llanmalar tayyorlandi.
Kafedra tomonidan “Yerlarning meliorativ holatini yaxshilash” mavzusidagi ishlanmasi bo‘yicha “Chin Namuna Zamin” fermer xo‘jaligi xo‘jalik shartnomasi imzolangan.
Geografiya kafedrasi o‘quv-dala amaliyotlarini o‘tash uchun O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, Urganch, Buxoro davlat universitetlari, Xo‘jaobod tumanida joylashgan “Doston hamkor tekstil” MChJ, “Tillavultekstil” X/T, “Bunyodkor Zamin” x/k, “Sarbon kelajak omadi”, MChJ, “Nil Granit” mchj, “Xo‘jaobod Fayz-M” MChJ va “Quvasoysement” AJ lari bilan shartnomalar imzolangan. Shartnomaga muvofiq geografiya ta’lim yo‘nalishi talabalari ishlab chiqarish o‘quv dala amaliyotlarini mazkur korxonada amalga oshirmoqdalar. Ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishmoqdalar. Shuningdek, korxonalarning nazariy muammolari yechimini topish uchun hamkorlikni yo‘lga qo‘yishgan.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uzTelefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI ADU