
MANSUROV XOTAMJON JO`RAYEVICH
Fakulteti dekani Fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent
Telefon: 0 (374) 223 81 09
Qabul kunlari: Har kuni
Fakultet dekani biografiyasi:
-
1999 yilda Andijon davlat universitetini tamomlagan
-
1997-1998 yillar Andijon davlat universiteti stajor-tadqiqotchisi
-
1998-2001 yillar Andijon davlat universiteti aspiranti (kunduzgi)
-
2002-2005 yillar Andijon davlat universiteti ilmiy laboratoriyasi mudiri
-
2005-2006 yillar Andijon davlat universiteti «Umumiy fizika» kafedrasi assistenti
-
2006-2008 yillar Andijon davlat universiteti «Qattiq jismlar fizikasi» kafedrasi assistent-o‘qituvchisi
-
2008-2011 yillar Andijon davlat universiteti «Qattiq jismlar fizikasi» kafedrasi katta o‘qituvchisi
-
2011-2014 yillar Andijon davlat universiteti «Fizika» kafedrasi katta o‘qituvchisi
-
2014-2016 yillar ADU fizika kafedrasi katta ilmiy hodim- izlanuvchisi
-
2016-2019 yillar Andijon davlat universiteti Fizika-matematika fakulteti o‘quv-ishlari bo‘yida dekan o‘rinbosari
-
2019-2020 yillar Andijon davlat universiteti Pedagogika fakulteti Umumtexnika fanlari va mexnat ta’limi kafedrasi mudiri
-
2020 yildan Andijon davlat universiteti Fizika-matematika fakulteti dekani

Maxmudov Xushro'ybek Abdulazizovich
Fizika-matematika fakulteti o'quv ishlari bo'yicha dekan o'rinbosari
Telefon:+998 99 983 9214
MAMATOXUNOV YORQINBEK ABDURAIMJANOVICH
Fizika-matematika fakulteti o'quv ishlari bo'yicha dekan o'rinbosari
Telefon:+998 93 630 37 07
E-pochta: yormamatoxunov@mail.ru
Turg'unov Muhammadaziz
Fizika-matematika fakulteti yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari
Bugungi kunda fakultetda 3 ta kafedra faoliyat olib bormoqda. Bular: “Fizika”, “Matematika”, “Axborot texnologiyalari” kafedralaridir.Fakultetda 4 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida mutaxassis va pedagoglar tayyorlanadi: 5460100-“Matematika”, 5440100-“Fizika”, 5140900-“KT (Informatika va axborot texnologiyalari)” va 5110700 “Informatika o‘qitish metodikasi” ta’lim yo‘nalishlaridir.
FAKULTET KAFEDRALARI
INFORMATIKA O'QITISH METODIKASI KAFEDRASI
OVXUNOV IQBOLJON ABDUNABIYEVICH
Kafedra mudiri.
Telefon: 0(374)2238109
Hozirgi kunda kafedrada asosan uchta: “Informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitish metodikasi”, “Dasturlash texnologiyalari”, “Matematik modellashtirish” yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Fakultet o‘z ixtisosligidan kelib chiqib viloyatdagi 4 ta kasb-hunar kollej va 5 ta akademik litseylar bilan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida shartnomalar imzolagan va mustahkam aloqa o‘rnatgan.
FIZIKA KAFEDRASI
KURBANOV AZIZJON OBITJONOVICH
Kafedra mudiri. Fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent
Telefon: (91) 487 11 88
Fizika kafedrasi tasarrufida umumiy fizikaga oid 6 ta o‘quv laboratoriyasi: mexanika, molekulyar fizika, elektr va magnetizm, optika, atom va yadro fizikasi, fizika o‘qitish uslubiyati, radioelektronika kabi o‘quv laboratoriyalari mavjud.
Kafedraning bosh ilmiy muammolari ikki yo‘nalishda bo‘lib, undan uslubiy muammolarga bag‘ishlangani «Oliy, o‘rta va umumta’lim maktablarida fizika o‘qitishni takomillashtirish», ilmiy muammolari esa «Modda tuzilishi va fizik xossalarini o‘rganish», “Polikristall kremniyning elektrofizik xossalari”, ”Quyosh energiyasini boshqa turdagi energiyalarga aylantirish” yo‘nalishlaridan iboratdir.
Hozirgi paytda kafedrada: 3 ta o‘quv va ilmiy laboratoriyalar, radiotexnika to‘garagi, fizika to‘garaklari va hozirgi zamon fizikasining dolzarb muammolari ilmiy seminarlari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
MATEMATIKA KAFEDRASI

UMRZAQOV NODIRBEK MUHAMMADOVICH
Kafedra mudiri. Fizika-matematika fanlari nomzodi.
E-pochta: matematik_anddu@edu.uz
Hozirgi kunda kafedrada asosan uchta: Differensial tenglamalar va ularning tatbiqlari, Zamonaviy algebra va analiz, Matematika o’qitish metodikasi yo’nalishlari bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Kafedra Universitet qoshidagi Akademik litseylar va yetakchi oliygohlar bilan mustahkam aloqalarni yo’lga qo’ygan. Kafedra qoshida to’garaklar va Axborot texnologiyalari kafedrasi bilan hamkorlikdagi ilmiy seminar muntazam ishlab turibdi.