SHOKIROVA CHAROSXON TURG'UNOVNA
San'atshunoslik fakulteti dekani.
Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent
Telefon: 0(374)2234052
E-pochta: pedagogika_anddu@edu.uz
Qabul kunlari: Har kuni
Fakultet dekani biografiyasi:
- 1965 yil 18 avgustda Andijon viloyati, Izboskan tumani Qumariq qishlog‘ida ishchi oilada tug‘ilgan
- 1971-1980 yillarda Izboskan tumani XTBga qarashli 39-o‘rta maktabda o‘qigan
- 1980-1984 yillarda Andijon pedagogika bilim yurtini tamomlagan
- 1984-1989yilar Toshkent davlat pedagogika instituti badiiy grafika fakulteti talabaligiga qabul qilinib, ushbu fakultetni chizmachilik, tasviriy san’at, mehnat fani o‘qituvchisi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
- 1989 yili Toshkent politexnika institutining Namangan filialida chizma geometriya kafedrasida assistent-o‘qituvchi vazifasida mehnat faoliyatini boshlagan.
- 1995-1997 yillarda Andijon elektromexanika texnikumi muhandis-pedagogi
- 1997-2001-yillarda Andijon viloyati pedagog hodimlarining malakasini oshirish instituti rasm-chizmachilik bo‘limi uslubchi-o‘qituvchisi
- 2001-2002 yillarda Andijon davlat universiteti chizmachilik va amaliy san’at kafedrasi assistenti
- 2002-2007 yillarda Andijon davlat universiteti kasb ta’limi fakulteti ma’naviy-ahloqiy tarbiya ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari
- 2007-2010 Andijon davlat universiteti chizmachilik va tasviriy san’at kafedrasi mudiri
- 2010-2011 yillarda Andijon davlat universiteti San’at fakulteti dekani
- 2011-2013 yillarda ichki nazorat va monitoring bo‘limi boshlig‘i bo‘lib ishlagan
- 2013-2019 yillarda Andijon davlat universiteti Pedagogika fakulteti dekani
- 2019 yil sentabr oyidan Andijon davlat universiteti San’atshunoslik fakulteti dekani lavozimida ishlab kelmoqda

NURIDDINOV QAMARDIN PATIDDINOVICH
Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari
Telefon: 0(374)2234052
SATTAROV MUZAFFAR TOLIPOVICH
O`quv ishlari bo`yicha dekan o`rinbosari
Telefon: 0(374)2234052
E-pochta: pedagogika_anddu@edu.uz
San'atshunoslik fakulteti Andijon davlat universiteti rektorining 2019 yil 3 sentabrdagi 01-44-sonli buyrug‘i bilan tashkil etilgan. Fakultet dekani vazifasiga p.f.n., dotsent Ch.T.Shakirova tayinlangan. Fakultet tarkibida Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi, Musiqa ta’limi kafedralari mavjud.
O‘QUV JARAYONI
Fakultetda bugungi kunda 5110800 - “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi”, 5111100 – “Musiqa ta’limi”, 5150600 – Vokal san’ati (turlari bo‘yicha), 5150700 - Cholg‘u ijrochiligi (turlari bo‘yicha), 5150800 – Rangtasvir (turlari bo‘yicha), 5151200 – Amaliy san’at (turlari bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha zamon talablariga javob beradigan raqobatbardosh mutaxassis-kadrlar tayyorlanmoqda.
NAZARIYA VA AMALIYOT
San’atshunoslik fakultetida tahsil oluvchi talabalar o‘zlarining nazariy va amaliy bilimlarini malakaviy amaliyotlarda mustahkamlaydilar. Fakultet yo‘nalishi o‘ziga xosligini, ijodiy yo‘nalishdaligini hisobga olib o‘quv jarayoni asosan yakka tartibda va kichik guruhlarda tashkil etilgan.
Yakka tartib mashg‘ulotlarida malakali professor-o‘qituvchilar har bir talabaning iqtidori va ijodiy imkoniyatiga alohida e’tibor qaratgan holda darslar tashkil qilingan. O‘quv jarayonida olgan bilimlarini ma`naviy tadbirlarda mustahkamlab o‘z malakalarini oshiradilar. O‘quv rejasida ko‘rsatilgan malakaviy amaliyot doirasida maktabgacha ta’lim muassasalarida, umumta’lim maktablarida, musiqa va san’at maktablarida tashkil etilgan. Bundan tashqari Tasviriy san`at va muxandislik grafi kasi, Amaliy san’at, Rang tasvir yo‘nalishlari o‘quv, plener va dala amaliyotlari Istiroxat bog`larida, Eco-parklarda, muzey, Registon maydonlari bilan shartnomalar tuzilgan.
Fakultet Andijon viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi, Maktabgacha ta’lim boshqarmasi, Badiiy akademiya bilan hamkorlik o‘rnatgan. Maktab, kollej o‘qituvchilari bilan nazariy, amaliy hamda metodika bo‘yicha tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yilgan. O‘quv jarayonida nazariy ta’lim bilan birgalikda amaliyotga katta e’tibor qaratilmoqda
TO‘GARAKLAR FAOLIYATI
San’atshunoslik fakultetida to‘garak sifatida faoliyat ko‘rsatayotgan “Dutorchi qizlar”, “Maqomchilar”, “Nihol” talaba-yoshlar ijodiy jamoasi, “Yoshlar” teatri “Muhandis”, “Tasvir”, “Xattotlik va miniatyura”, “Ijodkor” to‘garaklari fakultet, universitet va viloyatning barcha tadbirlarida ishtirok etib kelmoqdalar. Ularga malakali prosessor o‘qituvchilar rahbarlik qilmoqdalar.
To‘garaklar 500 dan ortiq iqtidorli talabalarni o‘zida birlashtirgan bo‘lib, to‘garak a`zolari tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ijodiy, ilmiy faoliyat bilan shug`ullanmoqdalar. Fakultet jamoasi universitet, shahar, viloyat, respublika miqyosidagi ko‘plab ma’naviy-ma’rifi y, ilmiy-amaliy konferensiyalarda faol ishtirok etib kelmoqda.
Xususan, fakultet iqtidorli talabalaridan tashkil etilgan to‘garaklar jamoalari ko‘plab tanlovlarda ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritmoqda.
MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR
Fakultetimizda to‘garak sifatida faoliyat ko‘rsatayotgan “Dutorchi qizlar”, “Maqomchilar”, “Nihol” talaba-yoshlar ijodiy jamoasi fakultet, universitet va viloyatning barcha tadbirlarida faol ishtirok etib kelmoqdalar.
Bundan tashqari Universitetning “Yoshlar teatri” jamoasi bizning o‘qituvchi va talabalarimiz faol a’zolaridan hisoblanadi. Ushbu teatr jamoamiz respublika teatrlar ko‘rik tanlovida faxrli uchinchi o‘rinni egalladilar. “Muxandis”, “Tasvir”, “Xattotlik va miniatyura”, “Ijodkor” to`garaklari jamoalari esa o`zlarining ijod namunalaridan fakultet, universitet va viloyatning barcha tadbirlarida ko‘rgazmalari bilan ishtirok etib kelmoqdalar. Talabalar orasida sportni rivojlantirish va ommalashtirish maqsadida qator tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Talabalarda umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish maqsadida fakultet pedagog-xodimlari va talabalari ishtirokida viloyatdagi “Qariyalar uyi”, “Mehribonlik uylari”ga moddiy va ma’naviy yordam berish tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Muhim sanalarda o‘zlarining konsert dasturlari va ko‘rgazmalari bilan dillarini xushnud etib kelmoqdalar.
FAKULTET KAFEDRALARI
TASVIRIY SAN`AT VA MUHANDISLIK GRAFIKASI KAFEDRASI

HAQBERDIYEV BAXTIYOR RUSTAMOVICH
Kafedra mudiri
Telefon: 0(390) 109 09 70
E-pochta: bahtiyor.haqberdiyev@mail.ru
Andijon davlat universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti qoshida 1998-yili sentyabr oyida “Maxsus fanlar o‘qitish uslubiyoti” kafedrasi tashkil etilgan. Kafedra mudiri dotsent E.Dadaxo‘jyaev bo‘lgan. Shu vaqtdan kafedrada jami 6 nafar o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatgan, 1 ta dotsent, 1 ta katta o‘qituvchi, 4 ta assistent o‘qituvchilari faoliyat ko‘rsata boshlaganlar.
Kafedra asosan 2 yo‘nalish bo‘yicha kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan (Rasm va chizmachilik o‘qituvchisi, Musiqachi-pedagoglar tayyorlash). 1999-yildan universitet ilmiy kengashi qarori bilan kafedra “Chizmachilik va amaliy san’at” nomi bilan atala boshladi. Kafedrada 1 ta dotsent, 1 ta katta o‘qituvchi, 10 ta assistent o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatganlar. 2000-yil mart oyidan kafedra mudiri etib katta o‘qituvchi B. Qo‘chqarov tayinlandi. Shu vaqtdan boshlab kafedrada 2 ta katta o‘qituvchi 17 ta assistent o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatgan. Ulardan 6 nafar “Chizmachilik va amaliy san’at” mutaxassisligi o‘qituvchilari bo‘lgan. Kafedra a’zolari “Tasviriy san’at, mehnat va musiqa san’atining O‘rta va Oliy maktablarida o‘qitish uslubini takomillashtirish masalalari” ustida ilmiy izlanish olib borishdi. 2002-2003-o‘quv yilidan kafedralar “Kasb ta’limi fakulteti” ixtiyoriga o‘tib bo‘lib, 2003-yildan Andijon davlat universiteti Ilmiy kengashining qaroriga asosan Kasb ta’limi fakultetida 2 kafedraga ajratildi (Chizmachilik va tasviriy san’at, musiqa va uni o‘qitish metodikasi).
“Tasviriy san`at va muxandislik grafikasi” kafedrasiga 5150800 – Rangtasvir (turlari bo‘yicha), 5151200 – Amaliy san’at (turlari bo‘yicha) yo’nalishlariga talabalar qabul qilindi. 2021-2022 o`quv yilidan 6210500 – Rangtasvir (Dastgohli), 6210800 – Amaliy san`at (badiiy kulolchilik) yo’nalishlariga talabalar qabul qilindi.
Hozirda kafedra o`z ilmiy salоhiyatini rivоjlantirish yo`lida izlanishlar оlib bоrmоqda. 2 fan nomzodi shulardan 1 ta dоtsеnt, 4 ta katta o`qituvchi, 20 ta o`qituvchi faоliyat оlib bоrmоqda.
Bugungi kunda “Tasviriy san’at va muhandislik grafi kasi” kafedrasida 4 nafar katta o‘qituvchi, 1 nafar O‘zbekiston Xalq rassomi, 1 ta O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, 2 nafar badiiy akademiya a’zosi va 5 nafar assistentlar faoliyat ko‘rsatmoqdalar.
AXMEDOV SHARIFJON MAMIRJONOVICH
Kafedra mudiri
Telefon: 0(374)2234052
E-pochta: musiqa_anddu@edu.uz
Andijоn davlat universiteti pedagоgika fakultеti qоshida 1998- yili sentyabr оyida “Maхsus fanlar o‘qitish uslubiyoti” kafedrasi bo‘lib tashkil etilgan. Kafedra mudiri fi zika-matematika fanlari nоmzоdi, dоtsent E.Dadaхo‘jayev bo‘lgan.
Shu vaqtdan kafedrada jami 6 nafar o‘qituvchi faоliyat ko‘rsatgan: kafedra mudiri, dоtsent E.Dadaхo‘jayеv, katta o‘qituvchi B.Qo‘chqarоv, assistentlar: I.Darmоnоv, S.Mirzayev, О.Tursunоv va A.Хоjibоyevlar edi. Kafedra asоsan 2 yo‘nalish bo‘yicha kadrlar tayyorlashga iхtisоslashgan bo‘lib: (Rasm va chizmachilik o‘qituvchisi, Musiqachi pedagоglar tayyorlash).
1999-yildan universitet ilmiy kengashi qarori bilan kafedra “Chizmachilik va Amaliy san’at” nomi bilan atala boshladi. Kafedrada 1 ta dotsent, 1 ta katta o‘qituvchi, 10 ta assistent o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatganlar. 2000-yil mart oyidan kafedra mudiri etib katta o‘qituvchi B. Qo‘chkarov tayinlandi. Shu vaqtdan boshlab kafedrada 2 ta katta o‘qituvchi 17 ta assistent o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatgan. Shulardan 13 tasi musiqa mutaxassisligi o‘qituvchilaridan iborat bo‘lgan. 2001-yili O‘zbеkistоn хalq artisti G`ulоmjоn Хоjiqulоv raхbarligida Musiqa ta`limi yo‘nalishi talaba va ustоzlari ishtirоkida «Layli va Majnun» musiqali dramasi saхnalashtirildi.
2002 - 2003-o‘quv yilidan kafedralar “Kasb ta’limi fakulteti” ixtiyoriga o‘tgan bo‘lib, 2003-yildan Andijon Davlat universiteti Ilmiy kengashining 2003 yil 8 yanvardagi yig’ilishi karoriga asosan Kasb ta’limi fakultetida kafedra 2 yo‘nalishdagi kafedralarga ajratildi. (Chizmachilik va tasviriy san’at, Musiqa va uni o‘qitish metodikasi kafedralaridir).
2019-2020 o’quv yilidan fakultet yangi yo’nalishlar bilan boyidi. “Musiqiy ta`lim” kafedrasiga 5150600 – Vokal san’ati (turlari bo‘yicha), 5150700 - Cholg‘u ijrochiligi (turlari bo‘yicha) yo’nalishlariga talabalar qabul qilindi. 2021-2022 yildan 60211400 – Vokal san’ati (An`anaviy xonandalik), 60211500 – Cholg`u ijrochiligi (Xalq cholg`ulari) yo’nalishlariga talabalar qabul qilindi.
Bugungi kunda kafedra o`z ilmiy salоhiyatini rivоjlantirish yo`lida izlanishlar оlib bоrmоqda. 6 ta dоtsеnt, 5 ta katta o`qituvchi, 35 ta o`qituvchi, 20 ta kоntsertmeystеr faоliyat оlib bоrmоqda.