0(374)223 88 14
     
      A   A   A   A   A   RASMSIZ  

XORIJDA MALAKA OSHIRISH VA TA'LIM




Andijon davlat universiteti xalqaro hamkorlik aloqalari bo‘yicha ma’lumot

Andijon davlat universiteti xalqaro hamkorlik sohasida ko‘plab muvofaqiyatlarga erishib kelmoqda. Xalqaro hamkorlarni universitetga jalb qilish, turli xorijiy grant dasturlarda ishtirok etish universitetning barcha fakultet va kafedralarning ajralmas doimiy xayot tarziga aylandi. Universitet rahbariyati tomonidan “Xorijiy hamkorlik” loyihasi ishlab chiqilib, unga ko‘ra yosh olimlarni xorijning nufuzli oliygohlarida o‘qib, izlanish olib borishi kiritildi.
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-sonli qarori ijrosini ta’minlash maisadida jahonning 51 ta nufuzli universitetlariga hamkorlik qilish bo‘yicha takliflar yuborildi.
1. Hozirda xalqaro hamkorlik borasida xorijiy davlatlardagi 28 ta ilmiy-o‘quv markazlar va universitetlar, xorijiy tashkilotlar bilan aloqa o‘rnatildi.
2. Universitetda 2017-2018 o‘quv yili davomida Rossiya, Qirg‘iziston, Ukraina va Tojikistondan 10 nafar abiturent talabalikka qabul qilindi.
3. Universitetning akademik va professoridan 15 nafari xorijda ilmiy ma’ruza o‘qishga jalb qilindi.
4. Universitetning 4 nafar doktoranti Germaniya, Xitoy, Ispaniya OTMlariga doktorantura qabul qilindi.
5. Universitetimizda Yevropa Ittifoqining ERASMUS+ dasturining 4 ta (TuCAHEA, IQAT, ModeHEd, RENES) grant loyihasi, Janubiy Koreyaning KOICA tashkilotining 2 ta loyihasi amalga oshirilib kelmoqda. Buning natijasida universitetga 294000 AQSh dollari xajmida investitsiya olib kirildi.
6. So‘nggi uch yilda universitetning 42 nafar professor-o‘qituvchi xorijning nufuzli universitetlarida malaka oshirdi va 6 nafar talaba yozgi lagerlarga taxsil oldi.
7. Hozirda 7 ta universitet bilan ikki tomonlama memorandum imzolanib ilmiy, o‘quv va ma’naviy- ma’rifiy hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.
8. Universitetdagi ilmiy va o‘quv jarayonlari, yoshlarga yaratiilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishish maqsadida O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan elchi va elchixona vakillari jumladan, AQSh, Germaniya, Frantsiya, Hindiston, Janubiy Koreya va Yaponiya elchixona vakillari tashrif buyurdi.
9. Jahonning nufuzli universitetilari professor o‘qituvchilari bilan onlayn ma’ruza va seminarlarini tashkil qilish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirildi. Bunga ko‘ra Rossiyaning Organik Kimyo instituti, Sank Peterburg davlat politexnika universiteti, Janubiy Koreyaning Soseong universitkti, CheJu universiteti, Qirg‘izistonning Osh davlat universiteti hamda Buyuk Britaniyaning Lidz universiteti bilan onlayn ma’ruza darslari tashkil etildi. Bunga universitetning Fizika, matematika, kimyo, xorijiy tillar, filologiya, ta’lim yo‘nalishi talabalaridan 169 nafari jalb etildi.
10. Kelgusida universitet vakillari yaqin qo‘shni mamlakatlar OTMlari jumladan, Tojikistonning Xo‘jand davlat universiteti, Qozoqistonning Chimkent shahridagi Miras universiteti, Xitoyning Urumchi shahridagi Sinziyan universiteti hamda Turkmanistonning Turkman davlat pedagogika instituti bilan talaba almashinuv dasturib bo‘yicha hamkorlik qilish rejalashtirilgan.


Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i: F.Alimov

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2018. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!