Andijon Davlat
Universiteti
KONSTITUTSIYA – ERKIN VA FAROVON HAYOTIMIZ GAROVIDIR
2019-12-07    4050

Xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasi bo‘lgan Konstitutsiyamiz yurtimizda demokratik davlat va fuqarolik jamiyati barpo etish, O‘zbekistonning xalqaro maydonda munosib o‘rin egallashida mustahkam poydevor, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 27 yilligi munosabati bilan Andijon davlat universiteti Tarix fakultetida Konstitutsiya – erkin va farovon hayotimiz garovi” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda Andijon viloyat IIB YXXB boshlig‘i polkovnik S.J.Zingirov, Andijon viloyati IIB YXXB matbuot guruxi katta inspektori katta leytenant D.O.Abdurazokov, fakultet dekani R.Shamsitdinov, dekan o‘rinbosarlari, I.Djumaboev, N.Nurmatov, guruh murabbiylari hamda 310 nafardan ortiq talabalar ishtirok etdilar.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi madhiyasi sadolari ostida boshlandi.

Tadbirni fakultet dekani R.Shamsitdinov ochib berdi. R.Shamsitdinov  o‘z so‘zida 8-dekabr xalqimiz uchun mustaqil taraqqiyot yo’lini belgilab, milliy davlatchilik, yangi siyosiy-ijtimoiy tizim barpo etish, demokratik davlat va fuқarolik jamiyati qurishning huquqiy poydevorini yaratib bergan muhim sanalardan biri ekanligini ta’kidladi. Konstitutsiya o’tgan yillar mobaynida mamlakatimizning inson, uning huquqlari, manfaat va erkinliklarini haqiqiy qadriyat deb biladigan mustaqil va suveren davlatga aylanishida asosiy dasturilamal bo’lgayotganini ta’kidlab o’tdi.

 

Shuningdek, tadbir meҳmonlaridan Andijon viloyat IIB YXXB boshlig‘i polkovnik S.J.Zingirov, Andijon viloyati IIB YXXB matbuot guruhi katta inspektori katta leytenant D.O.Abdurazokov so‘z olib Konstitutsiyamizning 27 yilligi munosabati bilan talabalarni tabriklab, viloyat yo‘l harakati havfsizligi bo‘limi tomonidan fuqarolarni yo‘l harakati qoidalariga rioya etish, ularga yetarli bilim ko‘nikmalar berib borish borasida bir qancha amaliy ishlar qilinayotgani, ammo yo‘l transport hodisalari uchrab turgani haqida to‘xtalib, talabalardan yo‘l qoidalariga qat’iy rioya qilishni, belgilangan joylardan o‘tishni tushuntirib o‘tdilar.

Tadbirda so‘zga chiqqan 102-guruh talabasi D.Muxtorov, 201-guruh talabasi M. Mirzavalieva, 302-guruh talabasi S.Muxtorovlar o‘z so‘zlarida O‘zbekistonda huquqiy demokratik davlat va adolatli fuqarolik jamiyatini qurishni o‘z oldiga strategik maqsad qilib, belgilab olgan davlatimizda barcha sohalarda keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotganligi,  inson manfaatlari huquq va erkinliklari to‘laqonli himoya qilinayotgan bu zaminda qonun ustuvorligiga alohida e’tibor qaratilib, har-bir inson Konstitutsiya va qonunlarda belgilab qo‘yilgan qonunlarni yaxshi bilishi va undan o‘z manfaatlari yo‘lida samarali foydalanmog‘i Konstitutsiya biz uchun nazariy-huquqiy xujjat-burch va majburiyatlarimiz majmuasigini emas hayotimizni farovon etish, uni chinakam qonuniy asosda qurish, haq-huquqlarimizni ta’minlash, jamiyatda qonun va adolat ustuvorligini o‘rnatishning hayotbaxsh manbai ekanligi haqida ta’kidlab o‘tdilar.

Tadbirda talaba yoshlarni bilim va ko‘nikmalarini aniqlash maqsadida viktorinalar, devoriy gazetalar tanlovi o‘tkazildi.

Tadbirda 7-sonli musiqa va  san’at maktabi o‘quvchilari tomonidan kuy, Tarix fakulteti 108-guruh talabalari B.Ahmadshoev hamda
Sh. Zokirovalar tomonidan qo‘shiq  va raqslar ijro etildi.

Tadbir yakunida tadbirda faol ishtirok etgan talabalar hamda devoriy gazeta ko‘rik-tanlovida faxrli o‘rinlarni egallagan talabalar fakultet dekanati hamda Andijon viloyat Ichki ishlar bo‘limi YHX boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar. 

 

 

O.Mirzaxalilova
Tarix fakulteti 201-guruh talabasi
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.