Andijon Davlat
Universiteti
IQTISODCHI TALABALAR BANDLIK BOSH BOSHQARMASIDA O’Z BILIMLARINI MUSTAHKAMLADILAR
2019-12-04    2624

Andijon davlat universiteti

O‘zbekiston Respublikasi “Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi” talablaridan kelib chiqqan holda, ishlab chiqarish va fanning o‘zaro integratsiyasini yanada mustahkamlash maqsadida “Iqtisodiyot” kafedrasi dotsenti D.Nurmatov, katta o‘qituvchi M.Abdullaevlar rahbarligida “Ijtimoiy-iqtisodiyot” fakulteti “Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi” 4-kurs talabalaridan 20 kishi “Mehnatni tashkil etish va boshqarish” va “Mehnat ko‘rsatkichlari tahlili” fanlaridan “Mehnat taqsimoti va kooperatsiyasi”, “Ish joylarini tashkil etish, ixtisoslashtirish va rejalashtirish”, “Mehnat sharoitlarini yaxshilash va ishlab chiqarish madaniyati”, “Mehnat intizomi, uni muctahkamlash yo‘llari”, “Aholini ijtimoiy muhofaza qilish”, “Ishsizlik va bandlik muamolari”  kabi mavzulardagi nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlash uchun maqsadida 2019 yil 4-dekabr kuni Andijon viloyati Bandlik Bosh Boshqarmasida 1 kunlik tanishuv amaliyotini o‘tadilar.

Andijon davlat universiteti

Talabalarni Andijon viloyati Bandlik Bosh Boshqarmasining “Mahalliy mehnat bozorini tahlil qilish” bo‘limi mutaxassislari Anvarbek Sotvoldiev, Muhammadjon Ma’mirjonovlar kutib oldilar. Dastlab talabalar mehnat muhofazasi bo‘limi tomonidan instruktajdan o‘tkazildi, ularning har biriga amaliyot davrida xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish tushuntirildi.     

Andijon davlat universiteti

A.Sotvoldiev talabalarga bo‘limda hozirgi vaqtda amalga oshirilayotgan ishlar, yangiliklar bilan yaqindan tanishtirib o‘tdi. Jumladan, ishsizlik maqomi kimlarga va qanday asoslarda beriladi. Ishsizlik nafaqasining miqdori va muddatlari qancha, ishsiz va kam ta’minlangan fuqarolarga qanday imtiyozlar va imkoniyatlar borligi haqida batafsil ma’lumot berdi.

Tashrif davomida Andijon davlat universiteti va Andijon viloyati Bandlik Bosh Boshqarmasi hamda Andijon viloyati Iqtisodiyot va sanoat Bosh Boshqarmasi bilan hamkorlik shartnomasi tuzishga kelishib olindi. Amaliyot davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan har bir sexda ma’sul mutaxassislarga murojaat etdilar va kerakli javoblarni oldilar. Amaliyot natijasida olingan nazariy bilimlar yanada mustahkamlandi.

 

Mirzohid Abdullayev
Iqtisodiyot kafedrasi katta o'qituvchisi
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.