Qish fasli o'zining izg'irinli ob-havosi, atrofni oqlikka burkovchi oppoq qorlari bilan va albatta bayramlarga hamda muhim sanalarga boy ekanligi bilan ajralib turadi.
Bugun San'atshunoslik fakulteti TSMG yo'nalishi 3-bosqich talabalari ham qishning birinchi oyi dekabr oyida bo'lib o'tuvchi muhim sanalar: 1-dekabr Xalqaro OITS ga qarshi kurash kuni va 3-dekabr Xalqaro nogironlar kuniga bag'ishlab bayram tadbiri o'tkazdilar.
Eslatib o'tamiz butunjahon OITS ga qarshi kurash kuni 1988-yildan boshlab dunyo bo'ylab har yili 1-dekabr kuni nishonlanadi. Mazkur kun sog'lom turmush tarzini targ'ib qiluvchi, insonlarni ogohlikka chorlovchi muhim kunlarning biridir. 3-dekabr nogironlar kuni esa 1992-yil 14-oktyabrda Birlashgan Millatlar Tashkilotining 47/3 sonli qaroriga asosan nishonlanib kelinadi.
Tadbir ham mana shu an'analarni davom ettirgan holda "OITS-insoniyatga o'lim tahdidi", "3-dekabr mehr muruvvat kuni" shiorlari ostida bo'lib o'tdi. Tadbir davomida OITS kasalligi haqida berilgan ma'lumotlar, ko'ngilochar tarona va raqslar, ayniqsa mavzuga bag'ishlangan sahna ko'rinishlari tomoshabinlarda o'zgacha ruh uyg'otdi va tadbir barchaga manzur bo'ldi desak adashmaymiz. Barcha talabalarimizni shunday faollikka chorlab qolamiz. Tadbirni tashkillashtirgan 302-301-guruh talabalariga va guruh murabbiyiga alohida minnaddorchilik bildirib o'tamiz.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI