2019-yil 3-dekabr kuni Andijon davlat universiteti Tarix fakulteti 105-109-guruh talabalari va guruh murabbiylari F.Isaqova, M.Nosirovalar “Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan Andijon viloyati Izboskan tumani Chuvama nogironligi bor ayollar muruvvat uyida “Muruvvat kuni” xayriya tadbiri tashkil etdilar.
“Muruvvat uyi”da 401 nafar imkoniyati cheklangan ayollar istiqomat qilar ekan. Tadbirda 3 dekabr sanasida nogironligi bo‘lgan shaxslar kunining nishonlanishidan asosiy maqsad butun dunyoda amalga oshiriladigan dastur va loyihalarda nogironlar boshqa nogiron bo‘lmagan kishilar bilan teng huquqlilik asosida ishtirok etishini, nogironlarning manfaatlari, huquqlari inobatga olinishini, barcha mamlakatlarda nogironlarning qadr-qimmatini himoyalovchi qonunlar va tartib-taomillarning joriy etilishini ta’minlab, barcha uchun ochiq va do‘stona bo‘lgan jamiyat qurishdan iborat ekani aytildi.
Shuningdek, O‘zbekistonda ham nogironligi bo‘lgan shaxslarning manfaatlarini himoya qilish, ularni jamiyatimizning to‘laqonli a’zosi ekanliklarini ko‘rsatish maqsadida turli tadbir va islohotlar amalga oshirilayotgani, buni O‘zbekiston Prezidenti tomonidan “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonning imzolangani misolida ham ko‘rish mumkinligi ta’kidlandi.
Ushbu farmonda avvallari nogironlarni kamsitish sifatida ishlatilgan “nogiron” so‘zi o‘rniga “nogironligi bo‘lgan shaxs” iborasining qo‘llanilishi belgilangani yurtimizda inson omiliga bo‘lgan yuksak e’tiborning natijasi ekani qayd etildi. Yig‘ilganlarga Andijon davlat universiteti Tarix fakulteti talabalari tomonidan tashkil etilgan esdalik sovg‘alar taqdim etildi.
Tadbirlar davomida Andijon davlat universiteti Tarix fakulteti tomonidan Andijon shahridagi Ekin tikin, Chorbog‘ mahallalarida 3 dekabr “Xalqaro nogironlarni himoya qilish kuni” munosabati bilan fakultet dekani R.Shamsitdinov boshchiligida dekan o‘rinbosari I.Djumaboev hamda faol talabalari ishtirokida 4 nafar imkoniyati cheklangan xonadonlarga tashrif tadbiri amalga oshirildi. Tadbirda Tarix fakulteti tomonidan imkoniyati cheklanganlarga ma’naviy va moddiy qo‘llab-quvvatlandi, ularga ko‘tarinki kayfiyat ulashilib, ularning duosi olindi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI