Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETIMIZ TALABALARI "UZAUTO MOTORS" ZAVODIDA: TA’LIM VA ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASI AMALDA
2019-11-28    5395

Andijon davlat universiteti Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi ta’lim yo‘nalishi 4-kurs 401-guruh talabalari 2019-yil 27-noyabr kuni "UzAuto Motors" AJga o‘quv-tanishuv amaliyotini o‘tash maqsadida tashrif buyurdilar.

O‘zbekiston Respublikasi “Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi”, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-sonli Qarori talablaridan kelib chiqqan holda, ishlab chiqarish va fanning o‘zaro integratsiyasini yanada mustahkamlash maqsadida “Iqtisodiyot” kafedrasi dotsenti D.Nurmatov, katta o‘qituvchi M.Abdullaev, “Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi” mutaxassisi M.Qurbonovlar rahbarligida Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi yo‘nalishining 20 nafar 4-bosqich talabalari “Mehnatni tashkil etish va boshqarish” va “Mehnat ko‘rsatkichlari tahlili” fanlaridan “Mehnat taqsimoti va kooperatsiyasi”, “Ish joylarini tashkil etish, ixtisoslashtirish va rejalashtirish”, “Mehnatning usul va uslublarini takomillashtirish hamda ularni joriy qilishni tashkil etish” kabi mavzulardagi nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlash uchun maqsadida “Uz Avto Motors” qo‘shma korxonasida 1 kunlik tanishuv amaliyotini o‘tadilar.

Talabalar zavodning ma’sul xodimlari tomonidan kutib olinib, mehnat muhofazasi bo‘limi tomonidan instruktajdan o‘tkazildi, ularning har biriga amaliyot davrida xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish tushuntirildi.

     

Shundan so‘ng, talabalarga zavod sexlaridagi mehnat sharoitlari, ish vaqti, rejalashtirish jarayonlari haqida ma’lumot berilib, bevosita ishlab chiqarish jarayonlari kuzatildi. Xususan, presslash sexidagi ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdilar. Presslash sexida 240 tonnadan tortib to 20000 tonnagacha maxsus presslar mavjud bo‘lib, ular yordamida xom ashyo, ya’ni metall prokatlar kerakli shaklga keltiriladi.

Keyingi manzil yig‘uv sexi bo‘ldi. Yig‘uv sexida avtomobillarni yig‘ish jarayoni bilan yaqindan tanishdilar. Yig‘uv sexi jami 79 ta jarayonlarga ajratilgan bo‘lib, ularning har birida avtomobillarning ma’lum bir qismlari yig‘iladi. Ishchilar maxsus brigadalarda turli smenalarda faoliyat yuritilishi o‘rganib chiqildi.

 

Oxirgi jarayon avtomobillarga dastur yuklash jarayoni bo‘lib, shundan so‘ng tayyor avtomobillar sotuvga jo‘natiladi.

Amaliyot davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan har bir sexda ma’sul mutaxassislarga murojaat etib, ergonomika, ishchilarning ish vaqtlari, ish sifatini nazorat qilish, xavfsizlik masalasi, mehnat unumdorligini oshirishga oid turli savollar bilan murojaat qildilar va kerakli javoblarni oldilar.

Amaliyot natijasida olingan nazariy bilimlar yanada mustahkamlandi.

Tashrif davomida universitet bilan aksiyadorlik jamiyati o‘rtasida ilm-fanning ta’lim va ishlab chiqarish bilan integratsiyasini chuqurlashtirish xamda bitiruvchi talabalarni ish bilan ta’minlanishida o‘zaro xamkorlik qilish, ish beruvchilar (kadr iste’molchilar)ning oliy ta’lim muassasasi reytingini aniqlashdagi fikr-mulohazalarini o‘rganish va kelgusida hamkorlik munosabatlarini yana ham rivojlantirish masalalari ham kelishib olindi.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.