Andijon Davlat
Universiteti
TIL – MAMLAKATLAR O‘RTASIDAGI ALOQA VOSITASIDIR
2019-11-27    3518

Yurtimizda xorijiy tillarni o’rganish uchun barcha zaruriy shart-sharoitlar yaratib berilgan. Yoshlarimiz o’z ona tilimiz qatorida turli xorijiy tillarni o’rganishga, shu orqali dunyo ilm fani yutuqlarini egallashga qattiq bel bog’laganlar. Ayniqsa, yoshlar tomonidan ingliz tilini o’rganishga qiziqish juda katta.

Jumaladan, universitetimiz talabalari ham bu tilni katta qiziqish bilan o’rganishmoqda, o’qituvchilar ularga zamonaviy metodlar asosida bilim berib kelmoqdalar. Xususan, joriy yilning 25-noyabr kuni Fizika-matematika fakulteti Matematika ta'lim yo'nalishi III bosqich 3-guruh talabalari uchun Fakultetlararo chet tillari (aniq va tabiiy fanlar) kafedrasi o’qituvchisi Guzaliya Valiyeva ochiq dars tashkil etdi. Ushbu ochiq dars "Buyuk matematik olimlar" mavzusida o’tkazilib, qiziqarli o’yinlar, turli xil savol-javoblarga boy bo’ldi.

Ochiq darsda Fizika-matematika fakulteti dekani Madaminjon Mahkamov, Fakultetlararo chet tillari (aniq va tabiiy fanlar) kafedrasi mudiri Dilshodbek Rustamov hamda boshqa professor-o’qituvchilar ham ishtirok etishdi.

Ushbu ochiq dars interfaol usulda, zamonaviy metodlar yordamida tashkil etilib, guruh talabalari ikki jamoaga, “Al-Khwarazmi” hamda “al-Biruni” jamoalariga bo’lindilar.

Talabalar buyuk matematik olimlarimiz haqida ingliz tilidagi to’plagan ma'lumotlarini berib o’tdilar. Ular dars davomida o’qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlarni tezkorlik bilan bajardilar, mavzu yuzasidan tayyorlangan qiziqarli o’yinlarda ham faol tarzda ishtirok etdilar.

Dars davomida o’qituvchi va talabalar faqat ingliz tilida muloqot qildilar. Ayniqsa, ikkiga bo’lingan guruhlarning bir-biriga nisbatan raqib jamoalar bo’lib emas, do’stona munosabatda bo’lgani ko’pchilik ustozlarni ham e'tiboridan chetda qolmadi.

Dars yakunida esa jamoalar berilgan ma’lumotlarning boyligi, kreativligi hamda mutaxassislik fanlariga bog’liqligi kabi mezonlar asosida baholandilar.

Yakuniy natijalarga ko’ra "Buyuk matematik olimlar" mavzusida o’tkazilgan do’stlik g’alaba qozondi.

Ochiq dars yakunida esa Fizika-matematika fakulteti dekani M.Mahkamov, Fakultetlararo xorijiy tillar kafedrasi mudiri D.Rustamovlar dars haqidagi o’z fikrlarini bildirishdi. Va albatta III bosqich 3-guruh talabalarining bu kabi intiluvchanligi harakatchanligi, ingliz tilini yanada kengroq o’rganishga bo’lgan qiziqishlari barchani xursand qildi.

In'omjonova Sadoqat
Matematika ta'lim yõnalishi 3-bosqich 3-guruh talabasi
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.