Ma’lumki, so’nggi yillarda san’atga e’tibor har qachongidan kuchaydi. Prezidentning beshta muhim tashabbusi doirasida muhim ishlar amalga oshirilmoqda. San’atshunoslik sohasiga kiruvchi yangi ta’lim yo’nalishlari ochilmoqda. Xususan, 2019-yilda universitetimizda yangi San’atshunoslik fakulteti tashkil etildi, viloyatimiz musiqa va san’at maktablari uchun mutaxassislar tayyorlash maqsadida Cholgu ijrochiligi ta’limi yo’nalishi xamda Vokal san’ati (an’anaviy xonandalik) kabi yangi ta’lim yo’nalishlari ochildi. Ushbu yo’nalishlarga qabul qilingan talabalarga mustahkam bilim berish maqsadida sohaning yetuk mutaxassislari ishga jalb etilmoqda, ularning mahorat darslari tashkil etilmoqda.
Joriy yilning 22-noyabr kuni O’zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi a’zosi, xalqaro va respublika tanlovlari g’olibi Muxammadjon Otajonov hamda kompazitor va dirijyor Kamoliddin Azimovlar Andijon davlat universiteti San’atshunoslik fakulteti Musiqa ta’limi yo’nalishi, Cholgu ijrochiligi ta’limi yo’nalishi xamda Vokal san’ati (an’anaviy xonandalik) ta’lim yo’nalishi talabalari bilan ijodiy uchrashuv tashkil etdilar.
Ijodiy uchrashuv davomida mutaxassislar talabalar uchun mahorat darslari ham tashkil etdilar. Mahorat darslari O’zbekiston kompozitorlari uyushmasi a’zosi, musiqa ta’limi kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchi X.Botirova tomonidan tashkil etildi. Mahorat darslarida mutaxassislar turli musiqalarni ijro etib, ularni ijro etishda eng e’tiborga molik jihatlar, cholg’ularning o’ziga xos xususiyatlarini tushuntirib o’tdilar. Talabalar tomonidan savollar berildi. Dars so’nggida M.Otajonov tomonidan talabalarga musiqiy to’plamlar kitoblari taqdim etildi.
Tadbir so’nggida fakultet dekani Ch.Shakirova hamda musiqa ta’limi kafedrasi mudiri Sh.Axmedov tomonidan mehmonlarga minnatdorchilik bildirib, tashakkurnoma taqdim etdilar.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI