Andijon Davlat
Universiteti
XALQ TABOBATI KELAJAGI QANDAY?: PROFESSOR IBROHIMJON ASQAROV TTA FARG’ONA FILIALIDA ILMIY SUHBAT O’TKAZDI
2019-11-26    7003

Bugun, 26-noyabr kuni Toshkent tibbiyot akademiyasining Farg’ona filialida Oliy Attestatsiya komissiyasi raisi A.T.Yusupov va Sog’liqni saqlash vazirining birinchi o’rinbosari B.Q.Yusupaliyevning qo’shma xati asosida O’zbekiston Tabobat akademiyasi raisi, Andijon davlat universiteti professori, kimyo fanlari doktori I.R.Asqarov va kimyo fanlari bo’yicha falsafa doktori M.M.Xojimatovlar bilan institut xodimlari hamda talabalar o’rtasida xalq tabobati to’g’risida ilmiy suhbat tashkil etildi.

Andijon davlat universiteti

Tadbirni institut direktori dotsent G.N.Sultonov ochib berdi. Shundan so’ng ma’ruza uchun so’z kimyo fanlari doktori, professor I.R.Asqarovga berildi. I.R.Asqarov o’z so’zida Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev tomonidan 2018-yil 12-oktabrda imzolangan “O’zbekiston Respublikasida xalq tabobati sohasini tartibga solish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3968 sonli Qarorini amalga oshirilishida lozim bo’lgan bir qator muammolarni ko’rsatib o’tdi. Jumladan, Respublikamiz tibbiyot va xalq tabobati xodimlari o’rtasida o’zaro hamkorlikni rivojlantirish, bugungi kunda xalq tabobati usullari bilan davolovchi tabiblarni tibbiy malakasini oshirish, mintaqamizda mavjud shifobaxsh o’simliklardan oqilona foydalanish to’g'risida o’z fikrlarini bayon etdi.

Andijon davlat universiteti

Professor o’z so’zi davomida tibbiyot fanlari qatorida yangi “Xalq tabobati” ixtisosligi OAK da ro’yxatdan o’tkazilgani hamda yangi “Xalq tabobati plyus” ilmiy-ommabop jurnali  2019-yil 31-oktabridan OAKning rayosatida kimyo, farmatsevtika, tibbiyot sohalarida bajarilayotgan dissertatsiya natijalarini chop etishga tavsiya qilingan ilmiy nashrlar qatoriga kiritilganligini aytib o’tdi. Suhbat davomida xalq tabobati usullari bilan psoriaz, saraton, oshqozon-ichak va o’sma kasalliklarini  davolash mumkinligini ishtirokchilarga aniq misollar bilan ko’rsatib berdi.

Shuningdek, xalq tabobati faoliyatiga qiziquvchilarga Tabobat akademiyasining Farg'ona viloyati bo’limi boshlig’i Baxtiyor Yaqubovga murojaat qilishlari mumkinligini aytib o’tdi. 

Andijon davlat universiteti   

Tadbir  so’nggida professor I.R.Asqarov tomonidan institut axborot resurs markaziga 50 dan ortiq tibbiyot va xalq tabobati sohalariga oid adabiyotlar sovg’a qilindi.

Andijon davlat universiteti

Tadbir yakunida institut direktori dotsent G.N.Sultonov yig’ilish juda samarali va foydali o’tganligini ta’kidlab, qatnashchilar nomidan professor I.R.Asqarovga minnatdorchilik bildirdi hamda tashakkurnoma taqdim qildi.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.