Andijon Davlat
Universiteti
TO’GARAKLAR FAOLIYATIDAN: "QIZIQARLI KIMYO" KECHASI TASHKIL ETILDI
2019-11-26    7228

Kecha, 25-noyabr kuni Andijon davlat universiteti katta majlislar zalida Kimyo kafedrasi tomonidan “Qiziqarli kimyo” kechasi bo‘lib o‘tdi. Unda kafedra qoshida tashkil etilgan to’garak a’zolari, Tabiiy fanlar fakulteti kimyo yo‘nalishi 3-kurs 301-va 302-guruh talabalari o‘zaro bellashdilar. Guruhlar 4 shart asosida kuch sinashdilar.

Andijon davlat universiteti

 

Birinchi tanishtiruv shartida guruh ishtirokchilari kimyo faniga bog’lab o‘zlarini tanishtirdilar.

Andijon davlat universiteti

Ushbu shartda 301-guruh talabalari ishtirokchilarni qiziqtirish uchun kimyoviy chaynvord tanlovini uyishtirishdi. Unda 202-guruh talabasi Avazbekov Ilyosbek g‘olib deb topildi.

Andijon davlat universiteti

“Olimlar haqida ma’lumot” shartida 301-guruh talabalari k.f.d., professor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan ixtirochi, O‘zbekiston Tabobat akademiyasi raisi I.R.Asqarov va O‘zbekiston qahramoni, dotsent K.G‘opirovlar hamda ularning ilmiy faoliyati haqida ma’lumot berdilar. 302-guruh talabalari esa buyul kimyogar olima, Nobel mukofoti sovrindori M.S.Kyuri va M.A.Butlerov haqida ma’lumotlar berdilar.

Uchinchi shart - Kimyoviy viktorinada ikki guruh talabalari qisqa saqol-javoblarda sinaldilar.

Andijon davlat universiteti

Kimyoviy tajriba shartida ishtirokchilar qiziqarli demostratsion tajribalarni namoyish qilishdi.

Mantiqiy savollar shartida har bir jamoa 3 tadan kimyoviy mantiqiy savollarga javob berdilar.

Andijon davlat universiteti

Sardorlar bellashuvi shartida esa har ikkala guruh sardorlari kimyoviy krossvord yechdilar.

Umumiy natijalarga ko‘ra 327:310 hisob bilan 301-guruhning "Laborant" jamoasi g‘olib deb topildi.

Andijon davlat universiteti

Ushbu baxslar oralig’ida 302-guruh talabalari o’zlarining badiiy chiqishlari bilan barchaga xush kayfiyat bag’ishladilar. Xususan, ustozlar uchun kelin salom, 302-guruh talabasi Usmonova Iltijo "Shukr qilib yashang..." nomli she’rni o‘qib berishi, qiziqarli va kulgili chiqishlar davraga ko’tarinki ruh bag’ishladi.

Andijon davlat universiteti

G‘oliblarni va faol ishtirok etgan talabalarni kafedramiz ustozlari Sh.H.Abdullaev, N.Q.To‘lakov, G‘.N.Madrahimovlar sovg‘alar va faxriy yorliqlar bilan taqdirladilar.

Obidjon Abdulloyev
Kimyo kafedrasi katta o'qituvchisi, PhD
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.