Andijon Davlat
Universiteti
VILOYAT HOKIMI SHUHRATBEK ABDURAHMONOV TALABALAR BILAN MULOQOT O'TKAZDI
2019-11-25    3130

Bugun, 25-noyabr kuni Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Andijon davlat universitetiga talabalar bilan muloqot o'tkazish maqsadida tashrif buyurdi. 70 nafardan ortiq iqtidorli talabalar bilan suhbat har ochiq va samimiy ruhda bo'lib o'tdi.

Viloyat hokimi suhbat davomida talabalarni chuqur bilim egallashga, izlanishga chaqirib, viloyat hokimi sifatida bu borada kerakli sharoitlarni yanada yaxshilashga va yaratishga doimo harakat qilishini aytib o'tdi. Shuningdek, muloqotda mamlakatimizda kutilayotgan muhim siyosiy jarayon - Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda Xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashlariga 22-dekabrda o'tkaziladigan saylovlarda talabalarning faol ishtirok etishi ham muhokama qilindi.

Talabalar xususan, "Andijonliklar" tarjimon-volontyorlar guruhi vakillari ushbu saylovlar jarayonida xorijiy ekspertlar va xalqaro tashkilotlar vakillariga tarjimon sifatida ishtirok etish, Xalq deputatlari viloyat Kengashi qoshida "Yoshlar parlamenti" tuzish kabi takliflarni bildirdilar. Viloyat hokimi ushbu takliflarni xursandchilik bilan kutib oldi va talabalarga o'z minnatdorchiligini bildirdi.

Muloqot yakunida viloyat hokimi talabalardan odatda qayerda tushlik qilishlarini so'radi. Talabalar esa "...shu yerda universitetda talabalar oshxonasida," - deya javob berdilar. Shuhratbek Abdurahmonov "bugun sizlar bilan talabalar oshxonasida tushlik qilaman, to'g'risi sizlarni tushlik qiladigan vaqtingizni olib qo'yganimdan hijolat bo'lyapman. Qanday ovqat tanovul qilasiz? Sharoitlar qanday? Buni bilishim kerak, men uchun bu muhim" deb talabalar bilan oshxonaga yo'l oldi. Viloyat hokimi oshxonada talabalarday navbatga turib, talabalar davrasida ovqatlandi.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.