Yurtboshimiz tomonidan ilgari surgan beshta muhim tashabbus doirasida Andijon viloyatida birinchi marotaba 17-noyabr - “Xalqaro talabalar kuni” munosabati bilan 17-19 noyabr kunlari “I Andijon talaba-yoshlar Xalqaro forumi” o‘tkazilmoqda. Ushbu forum Andijon viloyati hokimligi, Yoshlar ittifoqi Andijon viloyati Kengashi hamda viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari hamkorligida tashkil etildi.
17-noyabr kuni Andijonda respublikamizdagi barcha oliy ta’lim muassasalari hamda Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh va Jalolobod viloyatlaridan 250 nafardan ziyod faol va iqtidorli talaba-yoshlari kutib olindi.
Forumni dastlabki kunida ishtirokchilar ulug‘ ajdodimiz Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi “Bog‘i Bobur” majmuasini ziyorat qilib, bobokalonimizning muzeyi bilan tanishdilar. Forum ishtirokchilari shuningdek, Andijon shahrida bunyod etilgan vodiyda yagona hisoblanadigan hayvonot bog‘ini tomosha qildilar.
“Andijon talaba-yoshlar Xalqaro forumi” ishtirokchilarining keyingi manzili Andijonning eng so‘lim go‘shasi Xonobod shahrida tashkil etilib, ishtirokchilar uchun kechki madaniy dasturda viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov talabalar bilan uchrashdi va dastur so‘nggiga qadar gulxan atrofida qiziqali o‘yinlarda ishtirok etdi.
Bugun, 18 noyabr kuni Andijon shahridagi Yoshlar markazida forumning ochilish marosimi o‘tkazildi. Ushbu bayram 18 noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining 28 yilligi hamda Xalqaro talabalar kuniga bag‘ishlangan katta bayram tadbiri tashkil etildi.
Unda Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazi direktori Olimjon Xudoynazarov, O‘zbekiston xalq artisti Erkin Komilov va boshqalar so‘zga chiqib, talabalarni bayram bilan tabrikladilar, kelajak egalari bo‘lmish yoshlarni yanada chuqur bilim olishga, yetuk kadr bo‘lib yetishib, qaysi sohada bo‘lmasin yurtimiz taraqqiyoti uchun o‘z xissasini qo‘shadigan vatanparvar shaxs sifatida yetishishlarini tiladilar.
Bayram dasturi davomida QVZ jamoalarining chiqishlari, elimiz suygan san’atkorlarning kuy-u qo‘shiqlari, ayniqsa barchani raqs tushishga majbur etgan Andijon polkasi barchaga xush kayfiyat bag‘ishladi.
Kun davomida forum ishtirokchilari Andijon davlat universitetiga ham tashrif buyurdilar. Tashrif davomida ishtirokchilarga universitetning diqqatga sazovor joylari bilan tanishtirildi, universitet talabalari bilan uchrashuv tashkil etildi. Suhbat davomida iqtidorli talaba-yoshlarning o‘zaro fikr almashuvlari kelajakdagi hamkorlik uchun debocha bo‘lishi shubxasiz.
“I Andijon talaba-yoshlar Xalqaro forumi” davom etadi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI