Andijon Davlat
Universiteti
TABIIY FANLAR FAKULTETIDA TALABALAR KUNI KENG NISHONLANDI
2019-11-16    3065

Kecha, 15-noyabr kuni universitetimizning Tabiiy fanlar fakulteti talabalari tomonidan 17-noyabr – “Xalqaro talabalar kuni” munosabati bilan bayram tadbirlari tashkil etildi.

Fakultet miqyosida tashkil etilgan “Yosh kitobxon” ko’rik tanloviga boshqa fakultet talabalarining ham ishtirok etish istagini bildirganliklarini hisobga olgan holda ushbu tanlovning universitet bosqichi o’tkazildi. Tanlovning fakultet bosqichida o’rinlar quyidagicha taqsimlandi: 1-o’rin Biologiya ta’lim yo’nalishi 202-guruh talabasi Yuldasheva Muslima, 2-o’rin Ekologiya yo’nalishi 101-guruh talabasi Shokirova O’g’iloy, 3-o’rin Biologiya ta’lim yo’nalishi 202-guruh talabasi Boqijonova Zulfizar.

Fakultet ma’muriyati hamda yoshlar ittifoqi kengashi sa’y harakatlari bilan “Yosh kitobxon” tanlovining universitet bosqichi ham juda ko’tarinki ruhda o’tdi. Barcha fakultetlardan 30 ga yaqin yoshlar tanlovning birinchi shartida 20 ga yaqin badiiy adabiyot bo’yicha tuzilgan savollarga javob berdilar.

Ikkinchi shartda esa talabalar uy vazifasi qilib berilgan badiiy asarni tahlil qilib berdilar. Yakunda Filologiya fakulteti 303-guruh talabasi Abidjanova Mohlaroyim 1-o’rinni, shu fakultetning 305-guruh talabasi Ibrohimova Dilbaroy 2-o’rinni, shu fakultetning 304-guruh talabasi Rahmatjonova Saidaxonlar g’olib bo’ldilar.

Kun davomida fakultet talabalari uchun bayramga bag’ishlangan ko’ngilochar bayram dasturi taqdim etildi. Dastur davomida ko’ngilochar o’yinlar, talabalarning jonli ijrosidagi qo’shiq va raqslar barchani xushnud qildi. Ayniqsa, tektonik usulda ijro etilgan raqs, andijon polkasi, juftliklar baxsi kabi chiqishlar talabalar tomonidan katta olqishlar bilan kutib olindi.

Tadbir so’nggida fakultetda futbol bo’yicha o’tkazilgan “Dekan kubogi - 2019” musobaqalari, “Yosh kitobxon” tanlovi g’oliblari, bayram dasturi tashkilotchilariga fakultet rahbariyatining diplom va esdalik sovg’alari topshirildi.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.