Talabalik- oltin davrim
Talabalik davrim mening,
Davronlarning zo'risan.
Sen umrlar bahorisan,
Sen umrlar yozisan...
Talabalikni inson umrining oltin davriga qiyoslanganligi bejiz emasdir. Chunki inson o'zining mazmunli hayoti davomida bir marta o'quvchi va bor marta talaba bo'lish baxtiga muyassar bo'ladi. Zero, talabalik inson umrining takrorlanmas va unutilmas bahoridir.
Joriy yilning 11-14-noyabr kunlari Andijon davlat universiteti filologiya fakulteti o'zbek tili yo'nalishining 2-bosqich talabalari o'rtasida "17- noyabr – Xalqaro talabalar kuni" munosabati bilan "Talabalik – oltin davrim" yoxud "Uyg'onish. Biz hali ham 2-kurs talabasimiz" mavzusida yurtimiz ertasining egalari hisoblangan talaba-yoshlarga bag'ishlov tadbirlari bo'lib o'tdi.
Talabalarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish va dam olishlarini tashkil etish maqsadida o'tkazilgan ushbu tadbirlar davomida talaba-yoshlar o'zlarining talabalar hayotiga oid bo'lgan sahna ko'rinishlari, jonli ijro etilgan qo'shiqlari, milliy va sho'x raqslari bilan faol ishtirok etdilar.
Tadbirlar davomida filologiya fakulteti yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari Abduhalim Ergashev talaba-yoshlarga o'zining samimiy tilaklari va minnatdorchiligini bildirib o'tdi. Ushbu tadbirlar nafaqat talabalar, balki ustozlarga ham birdek manzur bo'ldi desak mubolag'a bo'lmaydi.
Tadbirlar yakunida iqtidorli va iste'dodli talaba-yoshlar, tadbirning maxsus mehmonlari hisoblangan ota-onalar universitetning rahbariyati tomonidan esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI