Andijon Davlat
Universiteti
DIQQAT E’LON! TAYANCH DOKTORANTURA VA DOKTORANTURADA O‘QISH UCHUN TALABGORLARNI KIRISH IMTIHONLARI MUDDATI
2019-11-13    3557

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 fevraldagi “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-4958-sonli Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 304-son Qarori  hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 13 sentyabrdagi 87-03-3450-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon davlat universitetida tayanch doktorantura va doktoranturada o‘qish uchun talabgorlarni kirish imtihonlari quyidagi kunlarda o‘tkaziladi:

  1. Mutaxassislik fanlari 19.11.2019 yil soat 10:00 da 4-maruzalar zalida;
  2. Chet tili 21.11.2019 yil soat 10:00 da 4-maruzalar zalida;
  3. Ixtisoslik bo‘yicha suhbat 22.11.2019 yil 10:00 da universitetning kichik majlislar zalida.

Imtihon dasturlarini Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pegogik kadrlar tayyorlash bo‘limiga murojaat qilib olishingiz mumkin.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.