Andijon Davlat
Universiteti
FILOLOGIYA FAKULTETI TALABALARI BILAN OCHIQ MULOQOT O’TKAZILDI
2019-11-09    2990

Hozirgi kunda oliy ta’lim tizimida o’tkazilyotgan islohotlar, ta’lim tizimiga ijobiy yangiliklar joriy etilmoqda. Islohotlar jarayonida mavjud muammolarni bartaraf etish, ta’lim sifatini oshirish borasida jamoatchilik va talabalar fikri o’rganilmoqda.

Buni chuqur anglagan universitetimiz ma’muriyati ham ijtimoiy tarmoqlarda talabalar bilan fikr almashish, ularning muammolari va tashvishlarini o’rganish bo’yicha guruh tashkil qilgan. Bundan tashqari universitet rahbariyati va talabalarining jonli muloqotlari ham o’tkazilmoqda. Joriy yilning 7-noyabr kuni Filologiya fakultetining Filologiya va tillarni o’qitish: rus tili va adabiyoti ta’lim yo’nalishi talabalari bilan ana shunday uchrashuvlardan biri uyushtirildi. Uchrashuvda universitet o’quv-uslubiy boshqarmasi boshlig’i Rustamjon Mullajonov talabalarning oʻy fikrlari, ularni qiynayotgan muammolarni o’rgandi, ularga ta’lim jarayonining muhim jihatlari bo’yicha muloqot o’tkazdi.

R.Mullajonov dastlab so’nggi yillardagi ta'lim sohasidagi o'zgarishlar, hamda universitetimizda 2019/2020 o'quv yilida amalga oshirilishi kutilayotgan yangiliklar haqida talabalarga bir qator ma’lumotlarni berib o’tdi. Xususan, kelasi o’quv yilidan ta’lim sifatini oshirish bo’yicha ko’rilayotgan choralar, kredit-modul tizimida o’qitishni yo’lga qo’yilishi, professor-o’qituvchilarni talabalar tomonidan baholash tizimining joriy etilishi, talabalardan olingan anonim so’rovnoma asosida professor-o’qituvchilarga ish berilishi ham ta’lim sifatini oshirishga, porrupsiogen holatlarning kamayishiga katta ta’sir ko’rsatishini aytib o’tdi.

Suhbat davomida talabalar o'zini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qildilar. Talabalar hayotida mavjud muammolarni bildirdilar. Universitet o’quv-uslubiy boshqarmasi boshlig’i ushbu muammolar bo’yicha zarur choralar ko’rilishi, muloqot davomida bildirilgan fikrlar va muammolar bo’yicha kompleks ravishda yechimlar ishlab chiqilishini ma’lum qildi.

Suhbat yakunida esa talabalar ochiq va samimiy muloqot uchun R.Mullajonovga minnatdorchilik bildirdilar.

 

Dildora Nurmirzayeva
www.adu.uz muxbiri
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.