Andijon Davlat
Universiteti
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETIDA “YIL TALABASI – 2019” G’OLIBLARI ANIQLANDI
2019-11-11    3986

Mamlakatimizda oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar o’rtasida har yili “Yil talabasi” Respublika tanlovini o’tkazilsh an’anaga aylanib bormoqda. Bugun, 11-noyabr kuni Andijon davlat universitetida ham “Yil talabasi - 2019” respublika tanlovining ikkinchi universitet bosqichi o’tkazildi.

Tanlov 7 ta yo’nalishda tashkil etilgan bo’lib, uning universitet bosqichida 20 nafar talaba ishtirok etdi. Tanlov komissiyasi talabalarning taqdim etgan ilmiy, ijodiy ishlari, jamoatchilik ishlari va erishilgan yutuqlar aks etgan hujjatlarini o’rgandilar, ularning qilgan taqdimotlariga ko’ra baholadilar. Yakuniy natijalar quyidagicha:

“Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi”nominatsiyasi bo‘yicha:

1-o‘rin – Odiljonova Kamola Abdulvosit qizi, Filologiya fakulteti O‘zbek tili ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi,

2-o‘rin – Mahammadjonov Ne’matillo Dilshodbek o‘g‘li, Filologiya fakulteti 3-kurs talabasi,

3-o‘rin – Mahammadjonova Zulayxo Shodilbek qizi, Filologiya fakulteti qirg‘iz tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi;

 “Yilning eng faol tashabbuskor-targ‘ibotchi talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha:

1-o‘rin – No‘monjonov Muhiddin G‘ulomjon o‘g‘li, Tabiiy fanlar fakulteti biologiya ta’lim yo‘nalishi 2-kurs, 202-guruh talabasi,

2-o‘rin – Eraliyev Abduhalil Jaloldin o‘g‘li, Fizika-matematika fakulteti, fizika ta’limi yo‘nalishi 4-kurs talabasi,

 3-o‘rin – Omonboyeva Muxlisa Ulug‘bek qizi, Maktabgacha ta’lim fakulteti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 2-kurs, 206-guruh talabasi;

 “Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi”nominatsiyasi bo‘yicha:

1-o‘rin – Ergashev Biloldin Mirsharifjon o‘g‘li, Fizika-matematika fakulteti fizika ta’lim yo‘nalishi 4-kurs talabasi,

“Yilning eng faol sportchi talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha:

 1-o‘rin – Bobobekov Otabek Ro‘zimuhammad o‘g‘li, Jismoniy madaniyat fakulteti 2-kurs talabasi,

2-o‘rin – Inomjonova Sadoqat Imoyiddin qizi, Fizika-matematika fakulteti, matematika ta’lim yo‘nalishi 3-kurs 303-guruh talabasi

3-o‘rin – Mashrapov Ilhomjon, Jismoniy madaniyat fakulteti 4-kurs, 401-guruh talabasi;

“Yilning eng faol ijodkor talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha:

1-o‘rin – Toxirova Gulnigor Qaxramonjon qizi, San’atshunoslik fakulteti TSMG yo‘nalishi 2kurs, 201-guruh talabasi,

2-o‘rin – Turg‘unova Nurxon, Filologiya fakulteti O‘zbek tili ta’lim yo‘nalishi 3-kurs, 301-guruh talabasi,

3-o‘rin – Azizova Diyora Azizjon qizi, Filologiya fakulteti O‘zbek tili ta’lim yo‘nalishi 3-kurs, 301-guruh talabasi;

“Yilning eng faol bloger talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha:

1-o‘rin – Nodirbekov Furqatbek Umarjon o‘g‘li, Ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti MG‘MAHT 3-kurs, 301-guruh talabasi,

2-o‘rin – Karimov Behzod Rahmatullo o‘g‘li, Tarix fakulteti 4-kurs, 401-guruh talabasi,

3-o‘rin – Olimjonova Dildora Ahliddin qizi, Ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti pedagogika-psixologiya ta’lim yo‘nalishi 2-kurs, 201-guruh talabasi;

“Yilning eng namunali tadbirkor talabasi” (xotin-qizlar uchun) nominatsiyasi bo‘yicha:

1-o‘rin – Rahmatullaeva Shahnoza Habibullo qizi, Chet tillar fakulteti ingliz tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishi 4-kurs, 401-guruh talabasi,

2-o‘rin – Abdullaeva Muhtaram Abdulhay qizi, Pedagogika fakulteti Mehnat ta’limi yo‘nalishi 3-kurs, 301-guruh talabasi,

3-o'rin – Odiljonova Gulshodaxon Rahmonali qizi, Filologiya fakulteti qirg'iz tili va adabiyoti ta’lim yo'nalishi 3-kurs talabasi.

O‘tkazilgan 7 ta nominatsiya bo‘yicha 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan Odiljonova Kamola, No’monjonov Muhiddin, Ergashev Biloldin, Bobobekov Otabek, Tohirova Gulnigor, Nodirbekov Furqatbek, Rahmatullaeva Shahnozaxonlarga “Yil talabasi” respublika tanlovining yakuniy bosqichida ishtirok etish huquqi berildi. Shuningdek, ular bazaviy hisoblash miqdorining 7 barobari miqdorida taqdirlash belgilandi.

Bundan tashqari, tanlovning universitet bosqichida 2-o’rinni egallagan ishtirokchilar bazaviy hisoblash miqdorining 6 barobari, 3-o’rinni egallagan ishtirokchilar bazaviy hisoblash miqdorining 5 barobari miqdorida rag’batlantirilishi ko’zda tutilgan.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.