Andijon Davlat
Universiteti
BOSHLANG‘ICH TA'LIM YO‘NALISHI TALABALARI UCHUN XORIJIY MUTAXASSIS ISHTIROKIDA MASHG‘ULOTLAR TASHKIL ETILDI
2019-11-09    5202

Andijon davlat universiteti Boshlang‘ich ta'lim metodikasi kafedrasi qator xalqaro hamkorlar bilan o‘quv-uslubiy hamda ilmiy sohada aloqalarni yo‘lga qo‘ymoqda. Bu biz talabalar uchun katta imkoniyatlar eshigini ochmoqda. Xususan, kuni kecha Rossiya Federatsiyasi Saratov davlat milliy tadqiqot universiteti bilan hamkorlik aloqalari doirasida dotsent L.Cheremisinovaning tashrif buyurishi va biz talabalar uchun interaktiv usulda tashkil etgan ma'ruzalari juda foydali bo‘ldi.

Biz kitobni bolalik chog'imizdan o'rganamiz, ota-onamizning ertak kitoblarni o'qib berishi dunyoqarashimizni shakllantirsa, ustozlar esa ushbu sevimli ertaklarni o'qishga o'rgatadi, harf tanittirishadi. Demak, yoshligimizdan kitob shaxs sifatida shakllanishimizda poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Shu o‘rinda savol tug‘iladi "Bolalar uchun qanday kitoblar mavjud?", "Ularning turlari ko'pligi haqida hech o'ylab ko'rganmisiz?"

Andijon davlat universisteti pedagogika fakultetida tashkil etilgan noan'anaviy dars ham aynan shu savollarga javob berdi. Saratov milliy-tadqiqot universiteti dotsenti L.Cheremisinova "Ona tili va bolalar adabiyoti" fanidan "XIX-XX asr rus yozuvchilarining ijodi (A.S.Pushkin, L.N.Tolstoy, K.I.Chukovskiy va boshqalar) bolalar adabiyotidagi hissasi" mavzusi bo'yicha juda qiziqarli dars mashg‘ulotlarini olib bordi.

Dars boshlanishida bolalar yozuvchilari, bolalar adabiyotining ajralib turadigan xususiyatlari bo'yicha suhbat bo'lib o'tdi. Unda L.Cheremisinova bolalar adabiyoting o‘ziga xos xususiyatlarini chuqurlashtirgan holda tushuntirib o'tdi. Bo'lajak pedagoglarga yosh o'quvchilarni qiziqtirish usullari va hozirgi zamonaviy bolalar adabiyotida bolalar uchun qiziq boʻlgan eng sara na'munalarini aytib berdi.

U talabalarni 13 ta turli nomdagi kitoblar bilan tanishtirib, ularning darsda qo‘llash bo‘yicha afzal jihatlarini ko'rsatib berdi. Ushbu kitoblar ichida interaktiv kitoblar mavjudligi, ularni esa kichik maktab yoshidagi bolalarni barcha sezgi a'zolariga ta'sir etishi va shakllantirishi haqidagi muhim ma'lumotlar talabalarga juda qiziq bo'ldi.

Dotsent L.Cheremisinova o‘zi o‘tkazgan quyidagi tajriba bilan o‘rtoqlashdi. Tajriba uchun ikki sinf olingan va 4 hafta sinov muddati berilgan. Ilmiy-tadqiqot natijalariga ko'ra bir sinfda interaktiv kitoblar o'qilgan va boshqa sinfda oddiy o'quv tizimidagi kitoblar. Interaktiv kitoblar o'qigan sinf oddiy kitob o'qigan sinfdan ko'ra 8 oyga tezroq rivojlangan.

Pedagogikada esa yosh bolalarning tez rivojlanishi muhimroq. Ushbu kitoblarni o'quv tizimiga kiritilsa bu samarali natijaga erishilishi maʼruza davomida talabalarga tushuntirildi. Bolalarni ko'proq o'yin, rasm, musiqa, pazl, video va boshqa mashg'ulotlar bilan qiziqtirish muhimligini taʼkidlab oʻtildi.

Maʼruza yuzasidan barcha talabalar o'zlari qiziqqan, o‘ylantirgan savollarga javob oldilar. Bunday imkoniyat berilganidan talabalar mamnun bo'ldilar va ustozga tashakkur bildirishdi.

Yuldasheva Hilola
www.adu.uz muxbiri
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.