Joriy yilning 6-noyabr kuni Andijon shahridagi “Barkamol avlod” viloyat yoshlar ijodiyot markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 21 mart kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil 10 iyundagi PF-2326-son “Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini ta’sis etish bo‘yicha takliflarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi Farmoniga o‘zgartirishlar kiritish haqidag”gi PF-5389-son Farmonining ijrosini ta’minlash maqsadida Zulfiya nomidagi davlat mukofotiga nomzodlar saralash bo‘yicha tanlovning viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Yildan yilga qizlarning safi kengayib, mukofot uchun nomzodlar soni ortib bormoqda. Eng qobiliyatli qizlar qatorida universitetimizda tahsil olayotgan talaba qizlardan o‘n to‘qqiz nafari ham tanlovning shaharlar va tumanlar bosqichlarida faol ishtirok etib, hududiy komissiyalar tomonidan viloyat bosqichiga tavsiya etilgandi. Universitet talaba-qizlari ilmiy, ijodiy va badiiy ishlari bilan tanlovda qatnashib, hay’at a’zolarining alohida e’tiroflariga sazovor bo‘lishdi.
Tanlovning respublika bosqichiga tavsiya qilingan qizlar orasida universitetimizning olti nafar vakilasi borligi yana ham quvonarli bo‘ldi.
Ular - ta’lim yo‘nalishidan chet tillar fakulteti 4-kurs talabasi Rahmatullaeva Shahnoza, san’at yo‘nalishidan san’atshunoslik fakulteti 1-kurs talabasi Qodirova Dilhavas va 2-kurs talabasi Radjieva Gulhayo, sport yo‘nalishidan jismoniy tarbiya fakulteti talabasi Kamoldinova Xojiniso, jamoatchilik yo‘nalishidan pedagogika fakulteti 4-kurs talabasi Zohidova Gulchehra va ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti 1-kurs talabasi Jonibekova Husniyabonulardir.
G‘olib talaba-qizlarimizga respublika bosqichida omad tilagan holda quvonchli xabarlarni kutib qolamiz.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI