Kuni kecha, 6-noyabr kuni Andijon davlat universitetining kichik majlislar zalida BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi va “Yuksalish” umummilliy harakati bilan hamkorlikda “Inson kapitalini rivojlantirish: Kelajak uchun ta’lim” mavzusida muloqot o‘tkazildi.
Unda BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakillari, “Yuksalish” umummilliy harakati kordinatorlari Elvina Mustafoeva, Amirbek Narzullaev, Andijon davlat universitetining yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori A.Hamraqulov, yoshlar yetakchisi E.Xolmirzaev va tashabbuskor, faol talaba yoshlar ishtirok etdilar.
Muloqotda zamonaviy bilim va yuksak ma’naviy-ahloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, oliy ta’limni modernizatsiya qilishda yoshlarning fikr va mulohazalarini o‘rganish, ularda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini yanada yuksaltirish masalalari muhokama qilindi.
Suhbat davomida mehmonlar BMT va “Yuksalish” umummilliy harakati tomonidan yoshlarni qo‘llab quvvatlash, ijtimoiy himoya, ilm fan yangiliklarini hayotga tatbiq etish, yoshlarning jamiyatdagi faolligini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar berishdi.
Shundan so‘ng, talaba yoshlar mehmonlarga ta’lim samaradorligini oshirish, ilm fanni rivojlantirish, ta’lim sohasidagi islohotlar, ta’limga doir innovatsion g‘oyalarni amaliyotga keng jalb etish va xorijiy mamlakatlar ta’lim tizimidagi tajribalarni O‘zbekitonda ham joriy etishga doir takliflari va fikr mulohazalari bilan o‘rtoqlashib, tashrif buyurgan mehmonlarga o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qildilar.
Ochiq va samimiy muloqot tarzida o‘tgan davra suhbatidan yoshlar o‘zlari uchun kerakli bo‘lgan ma’lumotlarni oldilar.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI