Korrupsiya haqida gap ketganda xech bir yosh avlodning hayolida “Korrupsiya nima?” – degan savol paydo boʻlmaydi. Eng katta muammolarimizdan biri ham aynan shunda. Ayniqsa, yaqinda qaysidir sohada mutaxassis boʻlib yetishish arafasida turgan talabalar, yaʼni oliy taʼlim muassasasi boʻlajak oliy maʼlumotli kadrlari bu muammo haqida yaxshi bilishadi.
Bugungi kunda hech qaysi oliygohda korrupsiya yoki uning alomatlari uchramaydi deb baralla ayta olmaymiz. Sababi tan olishimiz lozim va xech birimizga sir emaski asosan bakalavr bosqichida tahsil oluvchi talaba bir oʻquv yili davomida ikkita semestr oʻqiydi. Bu degani ikkita imtihon topshiradi, yaʼni zamonaviy tilda sessiya.
Korrupsiyaga qanday yoʻl qoʻyilmoqda?
Bir oʻquv yili yoki bir semestr davomida qaysidir talabalar darsni qoldirmaydi, faol ishtirok etadi va baholanib boradi.
Ayrim talabalar semestr davomida ko‘p dars qoldiradi yoki dangasalik qilib fanni keraklicha o‘zlashtirmaydi. Oxir oqibatda sessiya boshlanadi. Oʻqigan talaba oʻz bilimi bilan imtihondan oʻtadi, albatta agar oʻqituvchining maqsadi pul undirish boʻlmasa. Bunday deyishimizgayam sabab bor. Taʼlim tizimida hali hamon ancha yillardan beri talabalar hisobiga ayrim narsalarga erishib kelayotgan oʻqituvchilar ham yoʻq emas. Bular uchun ham oʻqimagan va darsga kirmagan oʻquvchi ayni muddao. Ikki tomon kelishuvi asosida oʻrtada qanchadir miqdorida pul masalasi yotadi.
Bu holat aslida achinarli, lekin undan ham achinarlisi ayrimlari xattoki darsda doim qatnashib, baholanib kelgan talabani ham imtihondan gʻayri niyatini amalga oshirish maqsadida yiqitadi.
Oxir oqibatda oliy dargohga ne-ne orzular va maqsadlar bilan tashrif buyurgan yosh talabaning qalbida taʼlim tizimiga ishonch hislatlari yoʻqola boshlaydi.
Kim aybdor?
Pulni bergan kim? Pulni olgan kim? Shulardan boshqa aybdor yoʻq aslida. Taʼlim tizimi unaqa, taʼlim tizimi bunaqa deyishimiz ham notoʻgʻri. Chunki taʼlim tizimini oq yoki qora qilayotgan ham aslida shu jamiyat, yaʼni – siz-u biz.
Korrupsiya deganda faqat pul yoki sovgʻa tarzida inʼom etilgan predmet boʻlibgina qolmay, allaqachon ildiz otib ulgurgan qon-qarindoshchilik aloqalari ham buning bir koʻrinishi desak aslo mubolagʻa boʻlmaydi.
Otasining lavozimida kelgusida farzand oʻtirishi yohud otasining lavozimi hisobidan qaysidir lavozimga erishishini qay tarzda yoqlash mumkin degan savollar ham jamiyatmizda yoʻq emas.
Chunki bugungi kunda korrupsiyaga qarshi hukumatimiz tomonidan qator farmon va qarorlar kuchga kirgan.
2017-yil 4-yanvardan kuchga kirgan Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi qonuni korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha eng katta amaliy qadam boʻldi. Bir oy oʻtib, yaʼni 2-fevralda Prezident “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarorni imzoladi.
Nima qilishimiz lozim?
Qonun amalda, uni xufiya tarzda mensimagan shaxslar kasriga taʼlim tizimida yemirilish, oʻz mutaxassisligini yaxshi bilmagan kadrlar yetishib chiqmoqda va natijada bir savodsizning qoʻlidan tarbiya va bilim olgan yosh avloddan kelgusida qanday avlod shakllanadi degan savolni bir oʻylab koʻirishimiz zarurligini xar bir fuqaro teran anglamogʻi va ushbu kushandani kelgusida yanada ildiz otib borshining oldini olish maqsadida oʻz vazifa va burchini bilishi lozim.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI