Andijon Davlat
Universiteti
FARRUXBEK PROFESSIONAL MMA BO‘YICHA OSIYO OLTIN KAMARINI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILDI
2019-11-04    2873

Andijon davlat universiteti Jismoniy madaniyat fakulteti 4 bosqich talabasi Ubaydullaev Farruxbek Shuxratbek o‘g‘li Professional MMA sport turi bo‘yicha JMFS versiyasida Asian oltin kamarini muvaffaqiyatli himoya qildi.

U joriy yilning 2 noyabr kuni Qirg‘izistonning Qizilqiya shahrida JMFS tomonidan tashkil etilgan MMA kechasining asosiy jangida 77 kg vazn toifasida tojikistonlik raqibi Melisbek Abdurashid o‘g‘li bilan Osiyo oltin kamarini himoya qilish uchun oktagonga chiqib, raqibini birinchi raundning o‘zidayoq mag‘lub etdi.

Jang Farruxbekning xujumlari bilan boshlandi. Raundning o‘rtalarida raqibining bosh qismiga qattiq zarba berib qulatdi va ushlab og‘ritish usuli bilan raqibini taslim qildi.

Farruxbek Ubaydullaev ushbu g‘alaba bilan yana bir bor JMFSda o‘z vaznida tengsiz ekanligini isbotladi va mamlakatimiz bayrog‘ini yuqori ko‘tardi.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.