Andijon Davlat
Universiteti
"UNIVERSIADA - 2019" FUTBOL MUSOBAQALARI VODIY MINTAQAVIY BOSQICHIDA FARG‘ONA VILOYATI JAMOASI G'OLIB BO'LDI
2019-10-30    3020

Andijon shahridagi viloyat futbol akademiyasi o‘yingohida “Universiada-2019” sport musobaqalarining futbol sport turi bo‘yicha hududiy saralash bosqichi yakuniga yetdi. Unda Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari jamoalari g‘oliblik uchun o‘zaro bahslashdi.

Oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan yoshlar o‘rtasida sportning qator turlari ommaviyligini oshirish, mahoratli sportchilarni aniqlash va ularning yanada yuqori natijalarga erishishlarida mazkur sport musobaqasi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Universiada o‘yinlarida toblangan yuzlab sportchilarimiz jahon sport arenalarida mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilib kelmoqda.

Universiada sport musobaqasining hududiy saralash bosqichida millionlar o‘yini hisoblangan futbol musobaqasi qizg‘in kurashlar ostida o‘tdi.

Uch kun davomida aylanma tizimida o‘tkazilgan o‘yinlarda quyidagi natijalar qayd etildi:

Andijon viloyati – Namangan viloyati 1:3

Namangan viloyati – Farg‘ona viloyati 1:1

Andijon viloyati – Farg‘ona viloyati 1:3

O‘yinlar aslida kecha yakunlangan. Biroq yuzaga kelgan mojaroli holat g‘olibni aniqlash imkonini bermadi. Ochko va gollar bo‘yicha bir xil natijaga ega bo‘lgan Farg‘ona hamda Namangan viloyati jamoalarining o‘yinlardagi ko‘rsatkichlari ko‘rib chiqilib, g‘olib nomi e’lon qilinadigan edi. Lekin Namangan viloyati jamoasi tarkibiga soxta hujjatlar asosida oliy o‘quv yurtlarida tahsil olmaydigan futbolchi kiritilganligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat mas’ul va mutaxassislar tomonidan atroflicha o‘rganib chiqilib, tegishli bayonnoma asosida Namangan viloyati jamoasiga har ikki o‘yin uchun texnik mag‘lubiyat yozildi. Shunday qilib, Farg‘ona viloyati jamoasi “Universiada – 2019” musobaqasi final bosqichida qatnashish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Manba: O'zA

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.