Andijon davlat universiteti talabasi Ilhomjon Mashrabov kecha, 1-noyabr kuni Rossiya Federatsiyasining Tatariston Respublikasi poytaxti Qozon shahrida belbog’li (kamar) kurashi (борьба на поясах) bo’yicha XVII jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etib, oltin medal hamda oltin kamarni qo’lga kiritdi.
Tatariston Respublikasi sport vazirligi matbuot xizmati xabar berishicha, 31-oktyabr - 3 noyabr kunlari kunlari Qozon shahrining "Ak Bars" jang san'atlari saroyida erkin va klassik uslubda erkaklar va ayollar o'rtasida belbog’li (kamar) kurashi bo'yicha 17-jahon chempionat bo'lib o'tishi rejalashtirilgan. Musobaqaga 40 mamlakatdan 200 nafardan ortiq sportchi qatnashishi ko’zda tutilgan.
Erkaklar o'rtasida 57 kg, 62 kg, 68 kg, 75 kg, 82 kg, 90 kg, 100 kg va 100 kg dan yuqori vazn toifalarida, ayollar o'rtasida 52 kg, 58 kg, 66 kg, 76 kg va 76 dan yuqori vazn toifalarida kuchlilar aniqlanadi.
Musobaqa hamda unda talabamiz ishtiroki bo’yicha batafsil ma’lumotlarni keyingi xabarlarimizda berib o’tamiz.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI