Andijon Davlat
Universiteti
ADU “ADVOKATLAR”I YANA G’OLIB
2019-10-28    3027

2019-yil 25-oktabr kuni Andijon shahridagi Yoshlar markazida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2019 yil 21 sentabrdagi 37-QQ-sonli Qo‘shma qaroriga asosan “Men saylovga tayyorman” mavzusidagi Respublika ko‘rik tanlovining Andijon viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Unda Andijon davlat universiteti, Andijon mashinasozlik instituti, Andijon tibbiyot instituti va Toshkent davlat agrar universitetining Andijon filialining 5 nafardan iqtidorli talabalardan iborat jamoalari o‘zaro bellashdilar.

Tanlovda Andijon viloyat Adliya boshqarmasi, siyosiy partiyalar vakillari va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon viloyat Kengashi rais o‘rinbosari hakamlik qildilar.

Bellashuv natijalariga ko‘ra, Andijon Mashinasozlik institutining “Adolat” va Andijon tibbiyot institutining “Avitsenna” jamoalari 3-o‘rinni, Toshkent davlat agrar universitetining Andijon filialining “Kelajak qanotlari” jamoasi 2-o‘rinni, Andijon davlat universitetining “Advokatlar” jamoasi faxrli birinchi o‘rinni egalladi. Nizomga asosan g‘olib deb topilgan “Advokatlar” jamoasi tanlovning ikkinchi mintaqaviy bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Tanlov “Men saylovga tayyorman!” mavzusidagi  Respublika tanlovini  tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga asosan shaffoflik va adolatlilik tamoyillariga muvofiq tashkil etildi.

Ishtirokchilarga tashkilotchilarning diplomlari va esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

Tanlov jarayoni Andijon viloyat teleradiokompaniyasi tomonidan tasvirga tushirildi.

Nodirbekov Furqatbek
www.adu.uz muxbiri
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.