Andijon Davlat
Universiteti
QADRIYATIMIZNI QADR ETIB
2019-11-01    3106

Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganining 30 yilligi munosabati bilan adabiy-badiiy kecha o‘tkazildi.

Tadbirni filologiya fakultetining dekani, dotsent Bahodirjon Rahmonov ochib, mamalakatimizda keng miqyosda o‘tkazilayotgan ona tili bayrami xususida gapirdi.

Shundan so‘ng so‘z olgan filologiya fanlari nomzodi, dotsent Ma’murjon Saidxonov o‘zbek tilining mavqei va nufuzi haqida, shuningdek,   ona tilimizning rivojiga, takomiliga to‘siq bo‘layotgan ayrim kamchilik va qusurlar to‘g‘risida so‘zladi.

Talabalar tomonidan ona tili haqida she’rlar o‘qildi, tilni madh etuvchi fikrlar aytib o‘tildi, qo‘shiqlar kuylandi, “Iboralar o‘z ma’nosida” sahna ko‘rinishi namoyish etildi.

Ona tilimiz sharafiga bag‘ishlangan mo‘’jazgina adabiy-badiiy kechada o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 3- kurs talabalari Nurxon Turg‘unboeva, Sardor Mahmudov, Baxtiyor Ahmedov, Diyora Azizovalarning chiqishlari, shuningdek, musiqa ta’limi yo‘nalishi 2- kurs talabasi Sardor Karimovning maftunkor qo‘shiqlari tomoshabinlarning olqishlariga sazovor bo‘ldi.

Tadbir so‘ngida fakultet dekani dotsent B.Rahmonov ishtirokchilarga o‘z minnatdorchiligini bildirish bilan birga barchaga tilimizni avaylab asrash va kelgusi avlodga yetkazishda fidoyilik tilab qoldi.

Nurxon TURG‘UNBOEVA
ADU o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 3- kurs talabasi
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.