Andijon Davlat
Universiteti
IJTIMOIY IQTISODIYOT FAKULTETI TALABALARIGA O’QUV JARAYONING BORISHI BO’YICHA YIG’ILISH O’TKAZILDI
2019-10-31    2717

Bugun, 31-oktabr kuni Andijon davlat universitetida Ijtimoiy iqtisodiyot fakulteti talabalari uchun yig'ilish o'tkazildi. Yig'ilishda fakultet dekani T.Madumarov hamda dekan o'rinbosarlari, professor o’qituvchilari va fakultetning 300 dan ortiq talabalari ishtirok etdi.

Yig'ilishda professor T.Madumarov talabalarni darslarga o'z vaqtida qatnashish, kiyinish madaniyatiga amal qilishlari, universitet ichki tartib qoidalariga qat’iy rioya etishlari lozim ekanini ta’kidlab o'tdi. So’nggi 2 oy davomida sababsiz ravishda 36 soatdan ortiq dars qoldirgan, tartib intizom normalariga rioya qilmagan talabalarga ogohlantirish berib, qoldirilgan dars soatlarini vaqtida o’zlashtirish kerakligini tushuntirib o’tdi. Shuningdek, fakultet dekani talabalarni qiynayotgan muammo va kamchiliklarni aniqlash maqsadida ular bilan samimiy suhbat olib bordi va talabalarga qulay shart-sharoitlarni yaratish va ularni qo’llab-quvvatlash bo’yicha fakultet mas’ullariga aniq ko’rsatmalarni berib o’tdi.

Yig’ilishda o’quv ishlari bo’yicha dekan o’rinbosari A. Badalov so’z olib, dars jarayonlarini sifatli tashkil etish bo’yicha yo’l qo’yilayotgan ayrim kamchiliklar va guruh sardorlariga guruh juranallari hamda talablarning reyting daftarchalarini yuritish tartib-qoidalarini tushuntirib o’tdi.

Fakultet dekani T.Madumarov yaqinlashib kelayotgan Oliy Majlisning Qonunchilik palastasiga, shuningdek xalq deputatlari tuman va viloyat kengashlariga bo’lib o’tadigan saylovlarda fakultet talabalarini faol ishtirok etishga chaqirdi.

Shundan so’ng, O'zbekiston yoshlar ittifoqi hamda O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Yosh saylovchi – 2019” loyihasi doirasida  Toshkent viloyati Bo'stonliq tumanida tashkil etilgan 3 kunlik o'quv-seminarda ishtirok etib qaytgan fakultet talabasi Dostonbek Qodirovga so'zga chiqdi va talabalarni  3 kunlik o'quv-seminarda o’rgangan saylov va uni o’tkazish bilan bog’liq bilimlari va taasurotlari tengdoshlariga so’zlab berdi.

Nodirbekov Furqatbek
www.adu.uz muxbiri
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.