O'zbekiston yoshlar ittifoqi hamda Markazi Saylov komissiyasi hamkorligida Toshkent viloyati Bo’stonliq tumanidagi Yoshlar oromgohida Qoraqalpog'iston Respublikasi hamda yurtimizning barcha viloyatlaridan kelgan 200 nafar ishtirokchi (huquqshunoslik yo’nalishida ta’lim beruvchi o’qituvchi va ilmiy izlanuvchilar, faol talabalar, siyosiy faol yoshlar) uchun "Yosh saylovchi - 2019" mavzusida Respublika o'quv seminari tashkil etildi. Seminar-treninglar joriy yilning 28-29-oktabr kunlari o’tkazilishi belgilangan bo’lib, ularda yoshlarning 2019-yil O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi uchun saylovlarda faol ishtirokini ta’minlash va siyosiy-huquqiy savodxonligini oshirish maqsad qilib qo’yilgan.
"Yosh saylovchi - 2019" loyihasi doirasida tashkil etilgan o‘quv-seminarlarda Andijon viloyatidan 12 nafar, shu jumladan, Andijon davlat universitetining 3 nafar faol targ‘ibotchi yoshlari Olimbek Tursunov, Jahongirov Shodmonbek va men Dostonbek Qodirovlar ishtirok etmoqdamiz.
Kuni kecha, 28-oktabr kuni seminarning ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Unda Markazi saylov komissiyasi raisi Mirzoulug'bek Abdusalomov, O'zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Alisher Sa’dullaev, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining eng yosh deputati Ibrohim Xojiyev va bir guruh mutaxassislar yoshlar bilan ochiq muloqotda bo'ldilar.
Seminarlarda davomida yangi qabul qilingan “Saylov kodeksi”, partiyalar tomonidan olib borilayotgan saylovoldi targ’ibot ishlari, jamiyatda ayniqsa, yoshlar orasida saylov jarayonlarida faol ishtirokini ta’minlashning muhim masalalari yuzasidan ma’ruzalar, bahs munozaralar o’tkazildi.
"Yosh saylovchi - 2019" loyihasi doirasida tashkil etilgan o‘quv-seminarning ikkinchi kuni ham qiziqarli ma’ruzalar bilan boshlandi. Bir qancha ekspertlar tomonidan qatnashchilarga kerakli ko'rsatmalar berildi.
Seminar-treninglar yakunida ishtirokchilar sertifikatga ega bo’ldilar va bu sertifikatlar orqali o'z viloyatlarida saylov bo’yicha targ'ibot qilish huquqiga ega bo’ladilar.
Ushbu seminar-treninglarda olgan bilimlarimiz bizga saylov kampaniyasi jarayonida o’z tengdoshlarimizga saylov mamlakat kelajagi uchun juda muhim ekanini, ushbu jarayonlarda barchaning ishtiroki mamlakatimizni demokratik yo’ldan borayotganligining asosiy belgisi ekanligini tushuntirishda, targ’ibot qilishda katta ahamiyatga ega deb o’ylayman.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI