Andijon Davlat
Universiteti
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI OLIMLARI "INNOWEEK.UZ - 2019" DA INNOVATSION ISHLANMALARINI NAMOYISH ETMOQDA
2019-10-29    2719

Bugun, 29 oktabr kuni “InnoWeek.Uz-2019” – innovatsion g‘oyalar haftaligi o‘z ishini boshladi. Tadbirning tantanali ochilish marosimida Fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Abdujabbor Abduvaxitov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Abduhakimov, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov hamda Osiyo-Tinch okeani texnologiyalar transferi markazining (APCTT) rahbari Michiko Enomoto ishtirok etishdi. Ayni damda Haftalik doirasidagi Innovatsion va investitsion forum o‘z ishini boshladi.

"InnoWeek.Uz - 2019" da Andijon davlat universiteti uchun alohida joy ajratilgan bo‘lib, unda universitetimiz professor-o‘qituvchilari tomonidan ishlab chiqilgan innovatsion ishlanmalar, amalga oshirilayotgan grant loyihalari doirasidagi ishlanmalari joylashtirilgan.

Xususan, amarantning O‘zbekiston iqlimiga moslashtirilgan 4 ta turi gerbariysi (4 ta sertifikat va 4 ta patent olingan), shuningdek, amarant mahsulotlari: to‘rt xil farmatsevtik BADlar, 4 xil innovatsion yem ozuqa, amarantdan oziq-ovqat mahsulotlari- pechene, non, xolva, choy, asal va shu kabi mahsulotlar namoyish qilinmoqda. Bundan tashqari amarantdan yog‘ olish qurilmasi (Germaniya texnologiyasi asosida ishlangan) ishlab turibdi.

Shuningdek, innovatsion xaftalik davomida akademik va ilmiy jabhalarda xorijiy hamkorlarni jalb qilish ishlari ham olib borilmoqda. Jumladan, universitetimiz mahsulotlari bilan tanishgan Belarus davlat texnika universiteti rektori Igor Voytov Andijon davlat universiteti bilan biotexnologiya sohasida hamkorlik qilish taklifini bildirdi.

"InnoWeek.Uz - 2019" raqamlarda

→ 2018 yilda Xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligida respublikamizning hududlaridan hamda 20 dan ortiq xorijiy davlatlardan tashrif buyurgan olimlar, ishbilarmonlar, yirik kompaniyalar va killari soni 5278 nafarni tashkil etgan.

→ Bugungi boshlanayotgan innovatsion haftalikda 30 dan ortiq xorijiy davlatlar vakillari va respublikamizdan jami 6000 dan ortiq ishtirokchilar qatnashishi kutilmoqda.

→ Ko‘rgazmada 17 ta xorijiy va 29 ta mahalliy korxona va tashkilotlar ishtirok etmoqda.

→ Joriy yildagi innovatsion haftali doirasida tashkilo etilayotgan xalqaro innovatsion-investitsion forumda 35 dan ortiq xorijiy va 20 dan ortiq mahalliy spikerlar qatnashmoqda.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.