Andijon Davlat
Universiteti
SAN'ATSHUNOSLIK FAKULTETIDA RASMLAR KO'RGAZMASI TASHKIL ETILDI
2019-10-28    4989

Barchamizga ma'lumki, yoshlarimizni bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish, ma'naviy barkamol etish, ijtimoiy, ma'naviy-marifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo'lga qo'yish maqsadida Prezidentimiz tomonidan 5 ta muhim tashabbus ilgari surildi.

Mamlakatimiz bo'ylab ushbu tashabbus doirasida ko'plab ishlar amalga oshirildi va oshirilib kelinmoqda. Shu jumladan, universitetimizda ham muhim tashabbuslar doirasida keng ko'lamda katta tadbirlar bo'lib o'tdi va har bir fakultetlarda deyarli har kuni davom etayotganini ko'rishimiz mumkin. San'atshunoslik fakultetida ham bugun 5 muhim tashabbus doirasida Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi yo'nalishi talabalari o'rtasida rasmlar ko'rgazmasi bo'lib o'tdi.

Andijon viloyatida o'tkazilishi kutilayatgan katta tadbir oldidan saralash maqsadida o'tkazilgan ko'rgazmada ko'plab iqtidorli talabalar o'z asarlari bilan qatnashdilar. Ko'rgazma davomida fakultet dekani Ch. Shokirova hamda Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi yo'nalishi o'qituvchilari tomonidan munosib rasmlar saralab olindi, talabalarga rasm ishlash jarayonida yo'l qo'yilayotgan xato va kamchiliklar tushuntirib berildi.

Rasmlarni tomosha qilish jarayonida ko'plab tomoshabinlar estetik zavq oldilar. Ushbu ko'rgazma qatnashchisi, iqtidorli talabalardan biri bo'lgan Mahmudova Shahloni suhbatga tortganimizda ko'rgazma davomida barcha qatnashchilar bir-birlari bilan fikr almashganligini hamda sheriklarining ijodlarini kuzatish davomida ham ko'plab narsalar o'rganganligini aytib o'tdi. Mana shunday iqtidorli talabalarimiz ijodlariga omad tilaymiz, ko'rgazmani tashkillashtirishda esa o'z mehnatlari va maslahatlarini ayamagan Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi yo'nalishi o'qituvchilariga barcha talabalar nomidan minnaddorchilik bildiramiz.

Rasulova Mukarramoy
www.adu.uz muxbiri
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.