"BOSHQARUV, OPTIMIZATSIYA VA DINAMIK
SISTEMALAR – 2019"
xorijiy olimlar ishtirokida Respublika ilmiy konferensiya
2019-yil 17-19-oktabr
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi V.I.Romanovskiy nomidagi matematika instituti va Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti 2019-yil 17-19-oktabr kunlari Andijon shahrida xorijiy mamlakatlarning yetuk olimlari ishtirokida “Boshqaruv, optimizatsiya va dinamik sistemalar” Respublika ilmiy konferensiyasini o’tkazadi.
Ilmiy konferensiyaning maqsadi – optimal boshqaruv, dinamik sistemalar va differensial o‘yin, matematikani o‘qitish metodikasi va tarixi kabi asosiy yo‘nalishlarni hozirgi holati va rivojlanish istiqbolining dolzarb muammolarini hamda xalqaro ilmiy aloqalarni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdan iborat.
KONFERENSIYANING TASHKILIY QO‘MITASI
Ayupov Sh.A. – O‘zR FA Matematika instituti direktori, akademik, rais,
Maraximov A.R. – Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti rektori, hamrais,
Yuldashev A.S. – Z.M.Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti rektori, hamrais,
Jabborov N.M. – Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti matematika fakulteti dekani, rais o‘rinbosari,
Maxkamov M.K. – Z.M.Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti fizika-matematika fakulteti dekani, rais o‘rinbosari.
Tashkiliy qo‘mita a’zolari:
Zaynobiddinov S. – O‘zR FA akademigi (Andijon, O‘zbekiston),
Farmonov Sh.Q. – O‘zR FA akademigi (Toshkent, O‘zbekiston),
Zikirov O.S. – f.-m.f.d., professor (Toshkent, O‘zbekiston),
Mamatov M.Sh. – f.-m.f.d., professor (Toshkent, O‘zbekiston),
Otaqulov S. – f.-m.f.d., professor (Samarqand, O‘zbekiston),
Samatov B.T. – f.-m.f.d., professor (Namangan, O‘zbekiston),
To‘xtasinov M. – f.-m.f.d., professor (Toshkent, O‘zbekiston),
Tojiev M. – p.f.d., professor (Toshkent, O’zbekiston),
O‘rinov A.K. – f.-m.f.d., professor (Farg‘ona, O‘zbekiston),
Ahlimirzayev A. – f.-m.f.n., (Andijon, O‘zbekiston),
Ahmedov O.S. – f.-m.f.n., (Toshkent, O‘zbekiston),
Boytillayev D. – f.-m.f.n., (Namangan, O‘zbekiston),
Ibaydullayev T. – f.-m.f.n., (Andijon, O‘zbekiston),
Iskanajiyev I.M. – f.-m.f.n., (Toshkent, O‘zbekiston),
Isroilov I. – f.-m.f.n., (Samarqand, O‘zbekiston),
Kadirov K.R. – f.-m.f.n., (Farg‘ona, O‘zbekiston),
Mamadaliyev N. – f.-m.f.n., (Toshkent, O’zbekiston),
Ro’ziboyev M. – PhD., (London, Angliya),
Umrzaqov N. – f.-m.f.n., (Andijon, O‘zbekiston),
Satimova G.N. – (Toshkent, O‘zbekiston).
KONFERENSIYANING DASTURIY QO‘MITASI
Azamov A.A. – O’zR FA akademigi (Toshkent, O’zbekiston), rais,
Lukoyanov N.Yu. – R FA muhbir a’zosi (Yekateringburg, Rossiya), hamrais,
Petrosyan L.A. – f.-m.f.d., professor (Sankt-Peterburg, Rossiya), hamrais,
Alimov Sh.A. – O’zR FA akademigi (Toshkent, O’zbekiston),
Zelikin M.I. – RF FA muhbir a’zosi (Moskva, Rossiya),
Sadullayev A.S. – O’zR FA akademigi (Toshkent, Ўzbekiston),
Subbotina N.N. – R FA muhbir a’zosi (Ekateringburg, Rossiya),
Ushakov V.N. – R FA muhbir a’zosi (Ekateringburg, Rossiya),
Xojiev J.X. – O’zR FA akademigi (Toshkent, Ўzbekiston),
Chensov V.G. – R FA muhbir a’zosi (Ekateringburg, Rossiya),
Aripov M.M. – f.-m.f.d., professor (Toshkent, O‘zbekiston),
Arziqulov F.N. – f.-m.f.d., dotsent (Andijon, O‘zbekiston),
Arutyunov A.V. – f.-m.f.d., professor (Moskva, Rossiya),
Ahmedov A.A. – t.f.d., professor (Toshkent, O‘zbekiston),
G‘anixo‘jayev N.N. – f.-m.f.d., professor (Kuantan, Malayziya),
G‘anixo‘jayev R.N. – f.-m.f.d., professor (Toshkent, O‘zbekiston),
Jalilov A.A. – f.-m.f.d., professor (Toshkent, O‘zbekiston),
Zarina Bibi Ibraxim – PhD., professor (Putra Malayziya universiteti),
Ibragimov G.I. – f.-m.f.d., professor (Putra Malayziya universiteti),
Idxam Arif Ilyas – PhD., professor (Putra Malayziya universiteti),
Narmonov A.Ya. – f.-m.f.d., professor (Toshkent, O‘zbekiston),
Nikolskiy M.S. – f.-m.f.d., professor (Moskva, Rossiya),
Petrov N.Nik. – f.-m.f.d., professor (Ijevsk, Rossiya),
Polovinkin Ye.S. – f.-m.f.d., professor (Moskva, Rossiya),
Raximov I. S. – f.-m.f.d., professor (Putra Malayziya universiteti),
Roziqov O‘.A. – f.-m.f.d., professor (Toshkent, O‘zbekiston),
Uxobotov V.I. – f.-m.f.d., professor (Chelyabinsk, Rossiya),
Fatxulla Ali Rixan – PhD., professor (BAA Al Ayn universiteti),
Fayazov Q.S. – f.-m.f.d., professor (Toshkent, O‘zbekiston),
Xojaboyev V.R. – f.-m.f.d., professor (Namangan, O‘zbekiston),
Chilin V.I. – f.-m.f.d., professor (Toshkent, O’zbekiston),
Yugay L.P. – f.-m.f.d., professor (Toshkent, O‘zbekiston).
Konferensiya kotibiyati:
Abdiolimova G., Abduraxmonov B., Bahromov J., Begaliev A., Bekimov M., Mustapoqulov X. Ya., Ro‘zimurodova D., Satimova D. N., Tilovov A.M., Xayitqulov B.
KONFERENSIYA DASTURI
Ilmiy konferensiya dasturi quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi: optimal boshqaruv va differensial o‘yinlar, dinamik sistemalar nazariyasi, differensial tenglamalar, amaliy matematika, matematikani o‘qitish metodikasi va tarixi muammolari.
Konferensiya dasturi yalpi ma’ruzalar uchun (40 minut), taklif qilingan olimlarning ma’ruzalari uchun (30 minut), qisqacha xabarnomalar uchun (20 minut) va devoriy ma’ruzalarni taklif qiladi.
KONFERENSINING ASOSIY YO‘NALISHLARI:
- Differensial tenglamalar.
- Optimal jarayonlarning matematik nazariyasi.
- Dinamik sistemalarning sifat nazariyasi.
- Amaliy matematika va matematik modellashtirish.
- Matematikani o‘qitish metodikasi va tarixi muammolari.
Konferensiyaning ishchi tili: 1-3 yo‘nalishlarda: ruscha, inglizcha; 4-5 yo‘nalishlarda: o‘zbekcha, ruscha, inglizcha.
TEZIS MA’RUZALARI VA TALABNOMALARNI QABUL QILISH
Konferensiya ishida ishtirok etishni xohlovchilar ma’ruza tezislari va talabnomalarni 2019-yil 30-iyungacha tashkiliy qo’mitaning quyidagi manzili nsatimov80@mail.ru bo‘yicha yuborishlaringizni so‘raymiz.
Familiyasi, ismi, sharifi |
|
ilmiy daraja va ilmiy unvon |
|
ish joyi va lavozimi |
|
|
|
ma’ruza nomi |
|
yo’nalish(seksiya) |
|
ma’ruza formasi |
|
Tezis hajmi 1-2 bet (docx formatida) bo‘lib, to‘liq yoritilgan bo‘lishi kerak (masalaning qo‘yilishi, mavzu bo‘yicha qisqacha ma’lumot, asosiy natijalar va adabiyotlar ro‘yxati).
Taklifnoma va qo’shimcha ma’lumotlar taqdim etilgan talabnomalar dasturiy qo’mita tomonidan ko’rib chiqilgandan so’ng yuboriladi. Konferensiya boshlangunga qadar – tezislar to’plami, konferensiyadan so’ng – ilmiy ishlar to’plamini nashr qilish rejalashtirilmoqda.
TASHKILIY TO’LOV VA JOYLASHISH
Tashkiliy to’lov, xorijlik ishtirokchilar uchun 100 AQSh dollari (to’lov O’zbekiston Respublikasi markaziy bankining dollar kursi bo’yicha so’mda қabul qilinadi), O’zbekistonlik ishtirokchilar uchun – 80 000 so’m, 35 yoshdan oshmagan yosh olimlar uchun – 40 000 so’mdan ma’ruza dasturga kiritilganligi to’g’risidagi xabarnomani olgandan so’ng amalga oshiriladi.
Tashkiliy to‘lov yashash harajatini o‘z ichiga olmaydi. Xorijiy ishtirokchilarni ovqatlanishi va Farg‘ona vodiysi bo‘yicha harakatlanishi (Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari) uchun sarf harajatlar tashkiliy qo‘mita tomonidan qoplanadi.
ASOSIY KUNLAR
Tashkiliy qo’mitani talabnoma va ma’ruza tezislarini qabul qilishi 2019-yil 30-iyungacha.
Ma’ruzani konferensiya dasturiga kiritilganligi to’g’risidagi xabarnoma 2019-yil 31-iyulgacha.
Qatnashishni tasdiqlash 2019 yil 31 avgustgacha.
Aviareyslarning kelishi - ketishi hamda takliflar (masalan, Samarqand shahriga borish istagi) 2019 yil 30 sentabrgacha.
TASHKILIY QO’MITANING MANZILI
170100, O’zbekiston Respublikasi, Andijon shahri, Universitet ko’chasi, 129.
Telefon: +998 90 541 84 73, +998 91 169 95 17,
Faks: (+99874) 223-81-09.
E-mail: agsu_info@edu.uz
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI