Andijon Davlat
Universiteti
ISLOM – TINCHLIK VA EZGULIK DINI
2017-11-21    13274

O‘zbekistion Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston Respublikasi “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi, O‘zbekiston musulmonlar idorasi, O‘zbekiston badiiy akademiyasi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi, Andijon viloyati hokimligi hamda Andijon davlat universiteti hamkorligida Andijon davlat universitetida “Diniy ekstremizm va terrorizmning mudhish qiyofasi” ni fosh etuvchi fotoko‘rgazma hamda “Islom  ̶  tinchlik va ezgulik dini” mavzusida diniy soha xodimlarining respublika  anjumani bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda O‘zbekistion Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Ortiqbek Yusupov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni sho‘ba mudiri Muzaffar Jalilov, O‘zbekiston musulmonlar idorasi raisi muftiy Usmonxon Alimov, Qirg‘iziston Respublikasi musulmonlar idorasi raisi muftiy Maqsadbek To‘xtamishev, Andijon viloyat hokimining diniy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Ravshanbek Mamadaliev, Islom madaniyati markazi rahbari Shoazim Munavarov, O‘zbekiston Respublikasi “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi boshqaruv raisi Isfandiyor Latipov, Toshkent islom universiteti rektori Ravshanbek Abdullaev, universitet rektori Akramjon Yuldashev, Andijon, Farg‘ona, Namangan viloyatlari va shahar, tuman Bosh imom-xatiblari, Qirg‘iziston Respublikasi delegatsiyasi, universitet professor-o‘qituvchilari hamda talabalari ishtirok etdi.


Unda bugungi kunda Islom madaniyatini rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Prezidenti Sh.M.Mirziyoev tomonidan yaratilayotgan shart-sharoitlar, bu borada olib borilayotgan isloxotlar, qabul qilinayotgan Qaror va Qonunlarning mazmun moxiyati, O‘zbekistonning ko‘p millatli halqi, dinlararo bag‘rikenglik, ular orasidagi do‘stlik, tinchlik, totuvlik haqida to‘xtalib o‘tildi.

Azaldan O‘zbek, Qozoq va Qirg‘iz xalqlarining bir daryodan suv ichadigan, bir tog‘dan gul teradigan, dini va madaniyati bir hil bo‘lgan, tilida tarjimon kerak bo‘lmaydigan darajadagi qardosh xalqlar ekanligi to‘g‘risida alohida takidlanib, kelajakda ajdodlardan me’ros bo‘lib kelayotgan qardoshlik, qarindosh-urug‘lik, quda-andalik an’analariga sodiq qolish va davom ettirish haqida so‘z yuritildi.

Abdulaziz G’OFUROV
O’zbekiston yoshlar ittifoqining tabiiy fanlar fakulteti matbuot yo’nalishi sardori
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.