Andijon Davlat
Universiteti
BITIRUVCHILARGA DIPLOMLAR TOPSHIRILDI
2019-07-24    3569

23-iyul kuni Andijon davlat universitetida 2018/2019 o’quv yilida universitetni tamomlayotgan bakalvriat va magistratura bosqichini tamomlayotgan talabalarning bitiruv kechasi tashkil etildi.

Tadbirni universitet rektori Akramjon Yuldashev kirish so’zi bilan ochib berdi. A.Yuldashev, - “…bu yil Andijon davlat universitetini 30 ta bakalavr ta’lim yo‘nalishini 1531 nafar talaba, 18 ta magistratura mutxassisliklarini 78 nafar magistrlar tamomlaydi. Shuni alohida ishonch bilan aytish kerakki, universitetni bitirayotgan ushbu talabalar va magistrlar ustozlaridan mukammal ilm o‘rgandilar. O‘z sohasining barcha sir-asrorlarini puxta egalladilar. Farzandlarimdek bo’lib qolgan siz yoshlarga qarata shuni aytmoqchimanki, hech qachon ilm olishdan to’xtamang, doimo izlanishda bo’ling, qayerda faoliyat ko’rsatishingizdan qat’i nazar o’z kasbingizga sidqidildan yondoshing va astoydil mehnat qiling, zero, eng katta vatanparvarlik ham aslida shudir. Sizlarning kelajakdagi faoliyatingizga zafarlar tilayman,” – deya bitiruvchilarga oq yo’l tiladi.

Shundan so’ng, bitiruvchi talabalarning ota-onalari so’zga chiqib, farzandlariga ta’lim va tarbiya bergan universitetga, professor-o’qituvchilarga o’z minnatdorchiliklarini bildirib o’tdilar.

O’z navbatida bayram kechasiga tashrif buyurgan Respublika ma'naviyat-ma'rifat markazi Andijon viloyati bo'limi mudiri Murodjon G'ofurov,  universitetning bir qator professor-o’qituvchilari talabalar va magistrlarga o’z bilim va tajribalarini o’rgatganlaridan baxtiyor ekanliklarini, bitiruvchilarning keyingi hayot yo‘llarida, ish faoliyatlarida universitetda olgan bilimlar asqotishi,  juda katta yordam berishiga ishonishlarini, ezgu fikrlarini bildirib, kelajakdagi mehnat faoliyatida yuksalishlar yor bo’lishini tiladilar.

Tadbir davomida universitetning Musiqa ta’limi kafedrasi o’qituvchilari tomonidan talabalikni, do’stlikni, vatanni va muhabbatni tarannum etuvchi kuy-u qo’shiqlar bilan barcha ishtirokchilarga xush kayfiyat baxsh etdilar.

Bayram kechasi so’nggida Andijon davlat universiteti rektori Akramjon Yuldashev dastlab bakalavriat bosqichi bitiruvchilariga, so’ngra magistrlarga diplomlarini topshirdi.   

 

 

Dostonbek Qodirov
www.adu.uz muxbiri
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.