Andijon Davlat
Universiteti
TALABA QIZLAR UCHUN “MOHIR QO’LLAR” TO’GARAGI TASHKIL ETILDI
2019-07-08    6659

Barchamizga ma'lumki, davlatimiz rahbari tomonidan ijtimoiy, ma'naviy-ma'rifiy sohalardagi ishlarni yo'lga qo'yish borasida 5 ta muhim tashabbus ilgari surildi. Universitetimizda 5 ta muhim tashabbus ijrosini ta’minlash bo’yicha ishlar yuqori saviyada olib borilmoqda.

Yoshlarni kitobxonlikka jalb qilish borasida uyushtirilgan kitob mutolasi tanlovi, musiqa va rasm chizish borasidagi tanlovlar, sport musobaqalari, qo'yinki tashabbusning barcha yo'nalishi borasida ko'plab ishlar amalga oshirildi va hozirda ham davom etmoqda. Pedagogika fakulteti Mehnat ta'limi yo'nalishining fidoiy o'qituvchilari tomonidan talaba qizlarni bo'sh vaqtini unumli o'tkazish maqsadida "Qo'l mehnati" to'garagi faoliyati yo'lga qo'yildi. To'garak faoliyatini kuzatar ekansiz oddiy keraksiz buyumlardan yaratilgan go'zalliklar kishini hayratga soladi. Ushbu to'garak a'zolari bo'lmish 305-BTSTI guruhi talabalarini suhbatga tortganimizda ulardan ushbu to'garakda to'garak rahbari G.Mamajonovadan foydali hunarni o'rganishayotgani va ushbu to'garak faoliyatida jonbozlik ko'rsatgan murabbiylaridan, shu bilan birga guruh rahbarlari A. Akbarovdan minnatdor ekanliklarini aytib o'tishdi.

Aytib o'tish lozimki, Pedagogika fakultetida ko'plab mana shunday to'garaklar o'z faoliyatini boshladi. Universitetimizning barcha ilmga chanqoq talabalarini bo'sh vaqtlarini unumli va mazmunli o'tkazishlari uchun mana shunday to'garaklarga a'zo bo'lishga chaqiramiz. To'garaklar faoliyatiga esa rivoj tilab qolamiz.

Gulchehra Zohidova
Pedagogika fakulteti talabasi
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.