Andijon davlat universitetida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlarni olib borish O‘zbekiston Respublikasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni va Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘risidagi Nizom talablariga asosan olib boriladi.
Joriy yilning yanvar-iyun oylari davomida Andijon davlat universitetiga jami 104 ta murojaat kelib tushgan. Shundan bevosita universitetga 98 ta, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi orqali 6 ta murojaat kelib tushgan. Barcha murojaatlar Qonun va Nizom talablariga rioya etilgan holda o‘z muddatlarida ko‘rib chiqilgan.
Kelib tushgan murojaatlarning mazmuni muntazam ravishda tahlil qilib boriladi.
Hududiy tahlillar shuni ko‘rsatadiki, kelib tushgan murojaatlarning aksariyat qismi, ya’ni 91 tasi (92,8 %) Andijon viloyatiga to‘g‘ri keladi. Namangandan va Farg‘ona viloyatlaridan 7 nafardan jismoniy shaxs murojaat qilgan.
Murojaatlarning mazmuni bo‘yicha tahlil qiladigan bo‘lsak, shaxsiy masalada 30 nafar jismoniy shaxs murojaat qilgan bo‘lib, bu jami murojaatlarning 30,6% ni tashkil qiladi. Keyingi o‘rinda o‘qishni ko‘chirish va tiklashga oid murojaatlar joy olgan – 32 ta murojaat (32,6%).
Qolgan murojaatlarning 20 tasi (20,4%) pedagogik qayta tayyorlash kurslarida o‘qish masalasida, 7 tasi (7,3%) ADUga maxsus sirtqi yo‘nalishiga o‘qishga kirish masalasida, 2 tasi (2,0%) ilmiy ishlari, ilmiy jurnal va kitoblar chiqarish bo‘yicha, 2 tasi (2,0%) farzandining stipendiyasini olish masalasida va 5 tasi (5,1%) turli xil masalalarda bo‘lib ularning barchasi ijro etilgan va murojaatchilarga javob berilgan. Ijro muddati buzilgan yoki ijro etilmagan murojaatlar yo‘q.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 28-dekabrda qabul qilingan «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni, O‘zbekiston Respublikasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni, ”Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida» 2017-yil 11-sentabrdagi 445-Qonuni, 2019-yil 19-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari faoliyati bilan bog‘liq nizomlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-4197-sonli Qarori, Vazirlar Maxkamasining 2018-yil 7-maydagi “Davlat organlarida, davlat muassalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi Namunaviy nizomni tasdiqlash haqida”gi 341-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 31 maydagi 475-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomlar bugungi kunda oliy ta’lim tizimida jismoniy va yuridik shaxslar bilan ishlashni samarali tashkil qilish uchun yetarli asos bo‘lib xizmat qiladi deb hisoblaymiz.
Ma’lumot uchun aytish lozimki, universitetda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish bo‘yicha mas’ul etib yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor A.Hamraqulov tayinlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi bilan ishlash uchun mas’ul etib rektorning 2018 yilning 14 fevraldagi 01-4/5–sonli buyrug‘i bilan devonxona bo‘limi boshlig‘i B.Yunusov tayinlangan.
Universitetga kelib tushgan murojaatlarning hisobini yuritish va ko‘rib chiqilishini nazorat qilish maqsadida 2018 yil 20 sentabrdagi 01-4/20-son buyruq bilan 4 nafar xodimdan iborat doimiy ishlovchi ishchi guruh tuzilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-sonli qarori va Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligining 2018-yil
31-maydagi 475-sonli buyrug‘iga asosan universitetning “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘risida”gi Nizomi ishlab chiqilgan va 2018-yil 17-sentyabr kuni tasdiqlangan.
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash holati muntazam ravishda rektor huzuridagi apparat yig‘ilishlarida muhokama etib boriladi. Maqsadli tekshirish natijalari universitet Kengashida ko‘rib chiqiladi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI