Andijon Davlat
Universiteti
ANDIJONDA YOSHLAR BAYRAMI
2019-07-01    4686

O‘zbekistonda ikkinchi bora o‘tkazilayotgan “Yoshlar kuni” Andijon viloyatida ham keng nishonlandi. Viloyatning barcha tumanlarida ushbu sana munosabati bilan 1 hafta davomida turli madaniy-ma'rifiy kechalar, sport musobaqalari, davra suhbatlari va sayillar tashkil etildi. 

“Besh tashabbus bilan kelajak sari” shiori ostida oʻtkazilgan yoshlar festivalining yakuni Andijon shahridagi yozgi amfiteatrda o‘tkazildi.

Festivalni Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ochib, yigʻilganlarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston yoshlariga yoʻllagan bayram tabrigini yetkazdi. Dastlab ''Mard o‘g‘lon'' mukofoti o‘z egalariga topshirildi. Shuningdek, viloyat hokimi tomonidan turli sohalarda tengdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan 16 nafar yoshlar alohida eʼtirof etilib, ular munosib taqdirlandi. Taqdirlanganlar orasida universitetimiz talabalari - o‘tgan yili ''Mard o‘g‘lon'' mukofotini qo‘lga kiritgan taniqli bokschimiz, Jahon chempionati sovrindori, Osiyo chempioni va Osiya o‘yinlari g‘olibi Iqboljon Xoldorov, dzyudo va sambo sport turlari bo‘yicha 6 karra Osiya chempioni, Jahon chempionati sovrindori Jasurbek Sodiqovlarning borligi bizda iftixor tuyg‘ularini uyg‘otdi.

Shundan soʻng, festivalning badiiy qismi boshlandi. Viloyat va mamlakatimizning taniqli  san'at ustalari tomonidan konsert dasturi namoyish qilindi.

Yoshlar festivali koʻtarinki ruhda oʻtdi. Buni yoshlarni koʻzlaridagi sevinch va mamnunlikdan ilgʻash mumkin. Ayniqsa, elimiz ardogʻidagi sanʼatkorlar Ozodbek Nazarbekov, Malika Egamberdiyeva, Mashhurbek Rayimjonov kabi estradamizning yorqin vakillari tomonidan kuylangan kuy-qoʻshiqlar festivalga alohida joziba baxsh etdi.

Tadbirdan olingan fotoreportajni e'tiboringizga havola qilamiz.   

Furqatbek Nodirbekov, Dostonbek Qodirov, Hilola Yuldasheva, Muhlisa Omonboyeva, Guljahon Sattorova
www.adu.uz muxbirlari
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.