Andijon Davlat
Universiteti
26 IYUN – "XALQARO GIYOHVNDLIKKA QARSHI KURASHISH KUNI"
2019-06-27    7830

26 iyun – “Xalqaro giyohvndlikka qarshi kurashish kuni” munosabati bilan Xonobod shahrida viloyat tadbiri o’tkazildi. Tadbir Yoshlar oyligi doirasida, "Beshta tashabbus bilan kelajak sari" shiori ostida bo'lib o'tdi. Tadbirlarda Andijon davlat universiteti vakillari ham faol ishtirok etdilar.

Insoniyat taraqqiyotning yangi-yangi cho‘qqilarini zabt etmoqda. Biroq jahonda xalqlar, millatlar kelajagiga tahdid tug‘diruvchi bir qancha omillar hamon saqlanib qolmoqda. Ana shunday xatarlardan biri giyohvandlik balosidir. Global muammoga aylangan ushbu illatga qarshi kurashishda davlatlararo hamkorlik muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirgi kunda giyohvandlik global muammolardan biridir. Asr vabosi deb baholanayotgan “oq ajal” qanchadan-qancha insonlarning baxtiga zomin bo‘layotgani, giyohvand moddalarni iste’mol qilishga odatlanish oqibatida nogiron, jismoniy va aqliy nuqsoni bor bolalar dunyoga kelayotgani haqida o‘ylasak, yanada sergak tortamiz. Og‘uning quliga aylanib qolayotgan zamondoshlarimizni to‘g‘ri yo‘lga qaytarish barchamiz uchun foydalidir. Shunday ekan, oilalarimiz tinchligi, farzandlarimiz kelajagiga rahna solayotgan, jiddiy xavfga aylangan giyohvandlikka qarshi birgalikda kurashishimiz shart.

Ushbu kurashni keng targ‘ib etish maqsadida joriy yilning 26 – iyun sanasida viloyatimizning so‘lim maskanlaridan biri bo‘lgan Xonobod shahrida turli tadbirlar tashkil etildi. Tadbirda velomarafon, yugurish marafoni, piyoda yurish, shaxmat kabi sport o‘yinlari o‘tkazildi. Har bir o‘ziga ishongan, sog‘lom turmush tarafdori bo‘lgan xavaskorlar musobaqalarda ishtirok etdilar. Shuningdek, tadbirda “Biz yoshlar giyohvandlikka qarshimiz” shiori ostida rasmlar tanlovi, ko‘rgazmalar tashkil etildi. Ushbu ko‘rgazmalarda universitetimizning pedagogika fakulteti tasviriy san’at yo‘nalishi talabalari ham faol ishtirok etdilar.

Bunday tadbirlar inson ma’naviyatini yuksaltiradi, xayotga teran nazar bilan boqishga o‘rgatadi. O‘tkazilayotgan tashviqot ishlari esa jamiyatimizni, yosh avlodni sog‘lom bo‘lishiga undaydi. 

 

Omonboyeva Muxlisa
www.adu.uz muxbiri
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.